S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

 “
Dendrologiya”.,
 
Toshkent - «Fan va texnologiya» - 2012


44 
o‘tin sifatida foydalaniladi. U ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi, chunki chiroyli daraxt. 
O‘rmon ihota qatorlarida ham ekiladi. O‘zbekistonda ikkita qayin turi tarqalgan.
Tur. 
Oq qayin, sōgalli qayin (Betula verrucosa Ehrh
).
Qayin turkumiga kiruvchi 10-20 m 
balandlikdagi daraxt. Barglari oddiy deyarli rombik shaklda. Meva yong‘oqdir. Aprel oyida 
gullaydi, oktabrda meva beradi. U Toshkent viloyatidagi tog‘ vodiylarida va tog‘ 
yonbag‘irlarida o‘sadi. 
Oq qayin, sōgalli qayin –Betula verrucosa
Ehrhю
Dorivorlik xususiyati
: Dorivor maqsadlarda kurtagi, bargi, smolasi (quruq distillash orqali 
yog‘ochdan olinadi), qayin ko‘miri va sharbatidan ishlatiladi. Qayinning o‘simlik preparatlari 
(infuziya, damlamasi) xalq tabobatida diuretik sifatida ishlatiladi, shuningdek oshqozon va 
ichaklardagi og‘rig‘ida, shamollashda, angina kasalliklari uchun ishlatiladi. Shu maqsadda, 
asosan, daraxtdan olinadigan qayin sharbatidan keng foydalaniladi. Qayin barglaridan o‘simlik 
preparatlarining farmakologik ta’siri ular tarkibidagi efir moyi, qatronlar, flavonoidlar bilan 
belgilanadi. Ular xoleretik, diuretik, yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta’sirga ega. Qayin 
sharbati siydik toshlarini eksperimental sharoitda yo‘q qiladi. Bundan tashqari, organizmning 
kasalliklarga chidamliligini yaxshilaydigan xususiyat eksperimental ravishda o‘rnatildi. Ilmiy 
tibbiyotda qayin kurtaklaridan barglarning damlamalari buyrak kasalliklari uchun diuretik, jigar 
va o‘t pufagi kasalliklari uchun xoleretik vosita sifatida tavsiya etiladi.
Qandag‘och (Alnus) turkumi
. Turkumning vakillari daraxt yoki buta o‘simliklaridir. Barglari 
oddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi. Kurtaklari 2-3 ta tangacha bilan o‘ralgan bo‘lib, 
bandchali. Ular barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli ayrim jinsli, bir uyli, yig‘ilib to‘pgul 


45 
hosil qiladi. Changchi gullari silindrsimon kuchala hosil qiladi, ular kuzda novdaning yuqori 
qismida rivojlanadi. Urug‘chi gullari boshoq hosil qilib, kuzda novdaning tubida rivojlanadi. 
Shamol vositasida changlanadi. Urug‘chi gulining boshog‘i kuzda, yetilish oldidan qubbacha 
shakliga kiradi va shu holatda yetilgan mevalari bilan bahorgacha saqlanadi. Mart-aprel oyi 
boshlarida qubbachalar yorilib mevasi to‘kilib ketadi va ular shamol vositasida tarqaladi. Daryo 
bo‘ylarida o‘sadigan turlarning mevasi suv toshqini vaqtida suvga tushib tarqalishi mumkin. 
Mevasi mayda, bo‘yi 2-3 mm li, bir urug‘li yassi yong‘oqcha, qanotcha va uchki tomonida 
qurib qolgan ustunchaning qoldig‘i bor. Yong‘og‘i to‘kilib ketsa-da, qubbachalari daraxtda 
ko‘p vaqt saqlanib turadi, to‘kilgan urug‘lari qulay sharoitda unib chiqadi. Daraxt tez o‘sadi, 
birinchi yil o‘q ildiz, so‘ngra yon ildizlar chiqaradi. Ildizda tuganaklar hosil bo‘lib, ularda 
atmosfera azotini to‘plovchi bakteriyalar rivojlanadi. Bu tuganaklar dukkakli o‘simliklar 
ildizidagiga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. Ulardagi mikroorganizmlar yerni strukturasini 
yaxshilashda katta ahamiyatga ega. Daraxtlari to‘nkasidan ko‘karadi, ildizidan bachkilaydi. 
Yog‘ochi oq rangli, arralab qo‘yilgan yog‘ochi bir qancha vaqtdan so‘ng qizil-qo‘ng‘ir rangga 
kiradi. Uning yog‘ochidan faner, mebel va turli idish-asboblar ishlab chiqariladi. Po‘stlog‘idan 
esa bo‘yoq va oshlovchi moddalar olinadi. Bu turkumning 30 ta turi bor, ular shimoliy yarim 
sharda tarqalgan. MDH da yovvoyi holda 12 turi uchraydi. Qora qandag‘och (Alnus glutinosa 
Gaertn.) bo‘yi 30 m ga yetadigan daraxt, tanasining po‘stlog‘i to‘q-qo‘ng‘ir rangda, katta 
yoshida po‘stlog‘i yoriladi. Shox-shabbasi tuxumsimon. Yosh novdasi yelimli, silliq, ba’zan 
qirrali va tukli. Kurtagining bo‘yi 8 mm, yelimli, bandchali. Barglari yumaloq yoki teskari 
tuxumsimon, uchki tomoni to‘mtoq yoki kesik, cheti yirik tishchali. Novda barglari yaltirab 
turadi, mallarang so‘gallari bor. Qora qandag‘och aprel oyining boshlarida barg yozish bilan bir 
vaqtda gullaydi, mevasi kuzda-oktabr oyida yetiladi. Qubbalari 3-5 tadan zich bo‘lib, uzun 
bandchalarda joylashadi. Yong‘oqchasi mayda, qo‘ng‘ir-qizil rangda bo‘ladi. Urug‘ tayyorlash 
uchun uning qubbalari ochilib ketmasdan - oktabr-noyabr oylaridan mart oyigacha yig‘ib olish 
zarur. Urug‘i tez unib chiqadi. U to‘nkasidan ko‘karadi va ildizidan bachkilaydi, 130 yilgacha 
yashaydi. MDH ning shimoliy hududlarida, G‘arbiy Sibirda, janubiy dasht mintaqasida daryo 
qirg‘oqlarida o‘sadi. Qrim va Kavkazda uchraydi, Kichik Osiyoda va Shimoliy Afrikada ham 
o‘sadi. Qora qandag‘och nam va serunum tuproqli yerlarda yaxshi o‘sadi. U daryo sohillarida 
o‘rmonzorlar hosil qiladi. Suv toshqiniga chidamli, soyasevar daraxt. Yog‘ochi duradgorlikda 
katta ahamiyatga ega. Po‘stlog‘ida oshlovchi va bo‘yoq moddalar bor.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə