S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi


Bu oilaga mansub 8 ta tur Respublika Qizil  kitobiga kiritilgan



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/114
tarix26.10.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#132300
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi o`quv qo`llanma 2 (2)

 
Bu oilaga mansub 8 ta tur Respublika Qizil 
kitobiga kiritilgan. 
 
Sistematikasi 
Bo‘lim. 
Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki Angyospermae) 
- Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные
 
Ajdod (sinf). 
Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki Dicotyledones) - 
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfcha)- 
Chinnigulkabilar (Caryophyllidae) - Гвоздичные 
Qabila. 
Shamshodnamolar (Buxales)- Самшитовые
 
Oila. 
Sho‘radoshlar (Chenopodiaceae Vent.) - Маревые 
Turkum. 
Sho‘rak (Salsola L.) - Солянка .
Tur. Rixter cherkezi (Солянка Рихтера) - Salsola richteri Karelin. 
Cherkez Sho‘radoshlar- 
Chenopodiaceae 
oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 2-3 ba’zan 5 m bo‘ladigan galofit buta yoki 
kichik daraxt. Yo‘g‘on shoxlarining po‘stlog‘i och kulrang, yosh, bir yillik novdalariniki oq 
rangli bo‘ladi. Barglari silindrsimon yoki ipsimon, tukli, sersuv bo‘lib, poyasi bilan shoxlarida 
ketma-ket o‘rnashgan. May oylarida barglari sarg‘ayib to‘kila boshlaydi va kuzga kelib 
o‘simlikning barglari qolmaydi. Qo‘ng‘ir rangli, besh bo‘lakli barg qo‘ltig‘ida joylashgan 
gullari poyasi bilan shoxlari uchida boshoqsimon gul to‘plamini hosil qiladi. Mevasi
gulqo‘rg‘oni bilan birlashgan bir urug‘li yong‘oqcha. Cherkez may oyining oxiridan boshlab 
noyabrgacha gullaydi, mevasi iyuldan pisha boshlaydi. Markaziy Osiyoning Qizilqum va 
Qoraqum cho‘llarida, ko‘chma qumlar harakatini to‘xtatishda muhim ahamiyatga ega, temiryo‘l 
yoqalarida ko‘plab o‘stiriladi.
Dorivorlik xususiyati:
Cherkezning mevasi tibbiyotda ishlatiladi. Sentabr-noyabr oylarida, 
mevalarning asosiy qismi qizarganda ularni o‘simlikdan sidirib (brezent qo‘lqop yordamidA. 
olinadi, tozalanadi va ochiq havoda quritiladi. Mevalari tarkibida 1,6% gacha (salsolin, 


49 
salsolidin va hokazo) alkaloidlar bor. Salsolin alkaloidining gidroxlorid tuzi tabletka va eritma 
holida qon bosimi oshganda, bosh og‘riganda qo‘llanilgan. Xalq tabobatida cherkez og‘riq 
qoldiruvchi, gijja haydovchi dori sifatida va yurak kasalliklarini davolash uchun qo`llaniladi. 
Yer ustki qismi damlamasi qon bosimini pasaytirish va bosh og‘rig‘ini qoldirish maqsadida 
bemorlarga ichishga beriladi. 

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə