S. Y. Is kamov



Yüklə 64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/135
tarix30.12.2023
ölçüsü64 Kb.
#166969
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135
kitob 00617a84a6c9428

Din va Stark apparati:
1
-yumaloq tagli kolba; 2-sovutgich; 3-qabul qilgich.
Jihoz va materiallar: 
Din va Stark apparati, toluol, ksilol, suv, 
muzlatgich, kalkulyator.
0 ‘zlashtirish uchun savollar
1. Olimlar - Din va Stark to‘g ‘risida nimalami bilasiz?
2. Din va Stark apparati qanday prinsipda ishlaydi?
3. Standart talabi bo‘yicha moy namligi necha foizgacha 
boiishiga luxsat etiladi?
4. Nima uchun tekshirilayotgan modda namligi kam bolsa 
namuna ko'proq olinadi?
52-ish. 0 ‘simlik moyi sifatini baholash
Darsning maqsadi: 
o‘simlik moyi sifatini belgilovchi ko‘r- 
satkichlar bilan tanishish. Talabalarga laboratoriya sharoitida. o'simlik 
moyi sifatini baholashni o'rgatish.
Ishlash tartibi: 
o‘simlik moyimng sifati uning tashqi ko'rinishi, 
fizik xossalari va kimyoviy tarkibi bo'yicha baholanadi. Moy sifatini 
baliolash uchun uning ishlab chiqarish turkumi miqdoriga qarab 
standartga ko‘ra, yaxshilab aralashtiriladigan va tahlillar uchun 0,5 1


ajratib olinadigan o'rtacha namunasi tanlab olinadi.
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan o'simlik moyi tiniq shaffof va 
och sariq rangga ega bo‘lishi kerak. Standartga muvofiq hid, rang va 
shaffoflik moyning harorati 20°S bo‘lganda aniqlanadi.
Moy hidini belgilash uchun uning yupqa qatlami shisha plas- 
tinkaga yoki qo'lning orqa tomoniga surtiladi. Ranggini aniqlash 
uchun uni kamida 50 mm qalinlikda stakanga quyiladi va oq fonda 
undan o‘tadigan hamda aks etadigan nurga tutib ko'riladi. Shaffof- 
ligini aniqlash uchun 
100
ml moy shisha silindrga quyiladi va bir kun 
20°S haroratda tinch qo'yiladi. Tingan moy oq fonda undan o'tadigan 
va aks etadigan nurga tutib ko‘riladi. Agar moy unsimon yoki unda 
har xil zarralar bo‘lmasa, u shaffof hisoblanadi. Paxta moyining faqat 
silindming yuqori ustunida moy. unsimon yoki muallaq zarralar 
bo'lmasa, u shaffof hisoblanadi.
Moydagi namlik va uchuvchi moddalar tarkibini aniqlash uchun 5 
gr moyni 105°S haroratda doimiy massaga aylanguniga qadar 
quritiladi.
Moy sifatini qoldiq (moysiz aralashmalar) miqdori kabi belgi ham 
tavsiflaydi. Standartga ko‘ra nazarda tutilgan usulga binoan moydagi 
qoldiqni vaznli va hajmli usullar bilan aniqlanadi. Vaznli usul bilan 
petroley efirda yoki yengil benzinda aniqlanadi. Vaznli usul bilan 
petroley efirda yoki yengil benzinda erimaydigan moy tarkibidagi 
mexanik aralashmalar (g'ijimlar, qobiqlar, kletchatka zarrachalar va 
shu kabilar) miqdori aniqlanadi. Hajmli usul bilan silindrga quyilgan 
va bir kun davomida 15-20°S da tinch qo‘yilgan moy qoldig‘i 
aniqlanadi. Qoldiq millilitrlari soni qoldiqning hajmga ko‘ra foizini 
ko‘rsatadi.
Moy sifatini baholashda sovunlanish miqdori va yodlar soni kabi 
belgilar ham ko‘rsatiladi.
Moyning ovqatga yaroqliligini tavsiflaydigan eng muhim 
belgilardan biri kislotalar soni hisoblanadi. Kislotalar sonining 
ortiqligi xom ashyo sifati pastligi, uning saqlanishi yoki moy uzoq 
vaqt davomida saqlanishida buzilganidan dalolat beradi. Kislotalar 
soni standartda nazarda tutilgan uslub bo'yicha aniqlanadi.
Jixoz va m ateriallar: quritish javoni, shisha plastinka, stakanlar 
va moy namunalari, moy standartlari.



Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə