Sahnalashtirish faolyati jarayyonida bolalarda ijodkorlik rivojlanish usullari


Sahnalashtirish faoliyati rivojlantirish vositasi sifatida



Yüklə 125 Kb.
səhifə5/5
tarix24.03.2023
ölçüsü125 Kb.
#103044
1   2   3   4   5
12.SAHNALASHTIRISH FAOLYATI JARAYYONIDA BOLALARDA IJODKORLIK RIVOJLANISH MAZMUNI

Sahnalashtirish faoliyati rivojlantirish vositasi sifatida.
Bolalar faoliyatidagi syujetli rolli o’yinlarning ahamiyati.
Syujetli-rolli o’yin o’z xususiyatiga ko’ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak –atrfdagi kattalar va tengdoshlarini hayoti va faoliyati bu o’yin mazmuniga manba bo’lib xizmat qiladi. O’yinning syujetli xarakati munosabatlari bilan bog’langan voqea hodisalar va ularning qatnashuvchilaridir.
Rol syujetli rolli o’yinning asosiy negizi hisoblanadi. O’yin bolada qanoatlantirish, xursandchilik hissi paydo bo’ladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uyg’otadi. Bola organizmidagi hayotiy faoliyatini yaxshilaydi. Bola o’ynayotganida har xil xarakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor maydon, ingichka taxtaning ustidan o’tadi, engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo.
Bu harakatlarnig hammasini bola bemalol, o’z xohishi bilan bajaradi. Natijada bolaning muskullari pishadi. U harakatini yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo’lib qoladi, jismoniy jihatdan chiniqa boradi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanish uchun ham o’yin katta ahamiyatga ega. O’yin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli o’yinlar bolaning kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini oshirib borish doirasini rivojlantiradi, boyitadi. Bola o’z o’yinida borliqni aks ettirayotib, olgan rolining mazmuni bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu xissiyotini boshdan kechiradi. Bolalar bog’chasi “maktab” kasbiy o’yinlar bolada do’stlik o’rtoqlik, burch xissi, jamoatchilik kabi hislarni tarbiyalaydi.

Musiqa mashg’ulotlarida “teatr”, “bayram” kabi o’yinlarda estetik tarbiya amalga oshiriladi. Estetik tarbiyani ahamiyati katta bo’ladi. Estetik tarbiya orqali bola zavqlanadi, yana ko’proq o’ynashga keladi. Rolli o’yinda har bir bola o’ziga olgan rolni bajaridi.


Masalan, ona shofyor, tarbiyachi, enaga, artist va hokazo.. rolli o’yinlarda didaktik, qoidali, harakatli o’yinlardagi singari qat’iy o’rnatilgan qoida bo’lmaydi. Bunda ko’pincha bolalar o’zlari hayol qilgan narsalari bo’yicha xarakat qiladilar.
Masalan, “Raketaga tushib oyga uchadilar”, “Poroxodda suzadilar”, “Kasalni davolaydilar”. Bolalar o’z o’yinlarida sekin asta murakkab bo’lmagan syujetli o’yinlarni o’ynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishda, uxlashga yotqizadilar, kasal bo’lib qolsa darrov uning oyoq, qo’li bog’lanadi, yolg’ondakam dori beriladi.
Katta maktabgacha yoshidagi ijodiy o’yin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu o’yinlarda bolalar o’zlari eshitgan, ko’rgan voqealar, kitoblar va boshqa manbalarda olgan bilim, malakalarni, his-hayajonlarni to’la qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yinlarida berilgan ta’lim-tarbiyaning natijasi yaqqol ko’rinib, sezilib turadi. Bolalar kim bilan o’ynashi to’g’risida va o’yinning qanday borishi to’g’risida kelishib oladilar. O’yinlar uzoqroq davom etadigan bo’lib boradi. Bitta o’yinni uzoq vaqt, xatto bir necha kun o’ynash mumkin, bunda har gal o’yinga yangilik kirib boriladi. Har bir bolaning yaxshi ko’rgan o’yini va yaxshi ko’rgan roli bo’ladi, shifokor bo’lishni xohlagan qiz mana shu rolni har xil o’yinda, bog’cha, kasalxona, poroxod va shu kabi o’yinlar o’ynashga intiladi.
Maktabgacha yoshining oxirida so’z yangi ahamiyat kasb etadi, bolalar so’z orqali butun bir o’yin epizotlarini yarata boshlaydilar. Bolalardagi bu xususiyat ularning tafakkurini va hayollari rivojlanganidan darak beradi. Maktabgacha yoshidagi bolalar o’yinlariga to’g’ri rahbarlik qilib borilsa ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib u o’z an’anasiga o’z qoidasiga ega bo’ladi. Bolalarga birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular o’rtoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikrga quloq tutadigan bo’lib boradi. Faol bolalar har doim o’yinning o’z rodini talab etadi. Ular ba’zan o’yin qoidasini buzishadi. O’rtoqlarini hafa qilishadi, ammo tarbiyachining ta’siriga tez berilishadi, ularning ijodiy xususiyatlari, sog’lom qiziqishlari bo’ladi, tarbiyachi mana shular asosida ularni ongi va xissiga ta’sir etadi. Tortinchoq uyatchan bolalarni sho’x bolalarga nisbatan tushunib olish ancha murakkab. Chunki tortinchoqligi, uyatchanligi orqasida ular o’zlarining bilim, malaka, hayollarini yaxshi namoyon eta olmaydilar.
Tarbiyachi ularga diqqat e’tibor bilan munosabatda bo’lsa, ular faollashib qoladi. Ko’pincha bolalarning uyatchan, passiv bo’lishi bolalar bog’chasi va oiladagi noto’g’ri tarbiyaning natijasidir. Bu xatoni tuzatish yaxshi natijalar beradi. O’yin mavzusi o’zgarish bilan o’yinda qatnashuvchilarning ham o’zaro munosabatlari o’zgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri o’z holicha o’ynasa keyinchalik 2-3 kishi maktabgacha yoshiga kelganda o’ynovchilar soni ko’payib, o’rtoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi. Bunday bolalarga munosabatlar o’yinga mavzu va mazmun tanlashda rollar va o’yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi. O’yinni tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan o’yinchoqning nom va unga talab ham o’zgarib boradi. Bolalar o’yinini ko’pincha o’yinchoq belgilaydi.
Bitta o’yinchoq bir necha vazifani bajarishi mumkin. O’rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’yin to’g’risidagi fikri avval tug’iladi, keyin o’yin boshlanadi. O’yinchoq o’yin mazmuniga qaratib tanlanadi. Bolalarni o’ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak.
Rolli o’yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar. Ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarni o’z harakatlari; o’yinchoq va boshqa materiallar. Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o’zlarini xarakatidir. Masalan, bola ikki oyog’ida sakrab quyoncha taqlid qilish mumkin, ikki qo’lini qimirlatib, pishillab paravoz bo’lishi mumkin va hokazo. Bolalarning ko’p harakatlarini qurish-yasash bilan bog’liq bo’ladi. Ular parvoz, daraxt, elektirovoz quradilar ularni o’zlariga o’xshatishga harakat qiladilar. Ko’pincha qurish o’yinlarining boshlanish bo’lib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga o’yinchoq ham kiradi.
O’yinchoq bola harakatiga to’ldiradi, o’ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi. Qo’liga qo’g’irchoq ko’tarib olgan qizaloq o’zini haqiqiy onadek sezadi va haqiqiy onalar bajaradigan ishni bajaradi. Qizni ovqatlantiradi, kiyintiradi, uxlashga yotqizadi va hokazo. Kiyimlar va ularning qismlari ham kiradi. Ular bolalarning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug’diradi. Ba’zan arzimagan detal ham o’yinga qiziqish uyg’onadi. Masalan, petirushka o’tdan qolpoq qilib, qizil shapkacha shlyapa bilan hayvonga dumcha yasab bolalar tasurotlarini to’laroq ifodalaydilar.
Bolalar o’yin davomida ba’zi bir narsalarni xohlagan narsalarni nomi bilan atab ham jiddiy o’zi xohlagan narsalarni faraz qilib juda yaxshi o’ynaydilar. Masalan, tomiri “konfet” qo’lini “shakar” stulni “mashina” deb atashlari mumkin. So’z yordamida bolalar qanday o’yin o’ynashlarini va boshqalarni kelishib oladilar.
O’z yordamida bir-biri bilan muomalada bo’lib, o’z fikrlarini isxor etiladi. So’z xar xil tasurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar bu xona vositalaridan ko’pincha vaqtida foydalanadilar. Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko’p bo’lsa o’yin mazmuni shunchalik boyroq bo’ladi, hamda tevarak atrofdagi voqealardan olingan tasurot shunchalik to’laroq aks ettiriladi. O’yindagi umumiy qiziqishlar bolalarni bir-biriga yaqinlashtiradi, do’stlik aloqalarini o’rnatishga xizmat qiladi. Bunda ayniqsa uzoq davom etadigan o’yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bir necha bolalar dengiz sayohati o’yini bilan qiziqib bir necha kungacha shu o’yinni o’ynashlari mumkin. Ular kemada xoli; “shimoliy qutbga”, xoli issiq mamlakatlarga sayohatga borishadi. Uzoq o’ynaladigan o’yinlar bolalarda birgalikda oshiriladigan ishlarni maslahatlashib olishni, rollarni bo’lishishini, bunda har bir bolaning qiziqishini, e’tiborga olishni, fikri bilan kelishishni, kerak bo’lgan har bir daqiqada yordamga kelishini talab etadi, bu bilan bolalarda umumiy ish uchun javobgarlik hissi rivojlanadi.
Uzoq vaqt dengizchi rolini bajaraish natijasida bolalarda odamiylik, o’rtoqlik, insonparvarlik, jasurlik o’zaro yordam kabi ijobiy axloqiy sifatlar shakllana boshlaydi. Bolalarni o’zaro munosabatlari borgan sari kamol topa boradi. Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o’ynayotgan bolalar jamoasiga kira olish, u yerda o’z o’rinini topa bilishi va shu jamoada o’rnashib olishi lozim. Busiz bolalar hayoti ham bo’lmaydi. Yaxshi qovishgan o’yin ham bo’lmaydi. Shu tariqa, o’yindagi umumiy maqsadlar, umumiy qiziqishlar, birgalikdagi kechirmalar, intilishlar, ijodiy izlanishlar bolalarni birlashtiradi.
Yüklə 125 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə