Samadova muxlisaning yosh fiziologiyasi va gigiyena fanidan


NEVROZ KASALLIGINI DAVOLASH



Yüklə 16,13 Kb.
səhifə5/7
tarix21.04.2022
ölçüsü16,13 Kb.
#85794
1   2   3   4   5   6   7
Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish-www.hozir.org

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • SQUSI

NEVROZ KASALLIGINI DAVOLASH Nevrozlarni davolashning ko’p usullari va nazariyalari mavjud. Nevrozni davosi antidepressantlar va trankvilizatorlar yordamida psixoterapiya va medikamentoz terapiyaga asoslanadi. Nevroz va nevrotik reaktsiyalarni davolashning asosiy usuli psixoterapiya hisoblanadi. Hozirgi vaqtda psixoterapevtik yordamning ko’plab yo’nalishlari va usullari mavjud. Ular patogenik (nevrozning sabablari va uni shaxsda ushlanib turishi jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan) va simptomatik yoki yordamchi (ular faqat patogenik uslublar bilan birgalikdagina samarali bo’lib, o’zlari faqat alomatlarni yengillashtiruvchi vaqtinchalik ta’sir ko’rsatadi) turlarga bo’linadi. Patogenetik uslubi psixodinamik, ekzistentsial, interpersonal, kognitiv, tizimli, integrativ, geshtalt-terapiyani o’z ichiga oladi. Simptomatik usublarga esa xulq-atvor, gipnoz, tana-yo’naltirilgan, ekspozitsion terapiya, nafas olish mashqlari, art-terapiya, musiqa terapiyasi va boshqalar kiradi. Nevroz insonning tiklanadigan holati bo’lib, psixoterapevtik davolanishiga yaxshi bo’ysunadi. Dori-darmonli terapiya faqat psixoterapevtik jarayon uchun katalizator bo’lib, hech qanday holatda nevrozni davolashning asosiy shakli sifatida qaralmaydi. Kamdan-kam hollarda, inson shaxsiyatining o’sishi, nizoli vaziyat ahamiyatining yo’qolishi, avvalgi turmush tarziga qaytish va hokazolar tufayli nizoning hal bo’lishi natijasida nevrozdan mustaqil qutilish hollari ham qayd qilinadi. Obsessiv-kompulsiv buzilishda birinchi o’rindagi davolash sifatida kognitiv-xulq terapiyasi (KXT) va SQUSI (serotonin qayta ushlanishining selektiv ingibitorlari) yoki klomipramin guruhi antidepressantlarini qo’llash tavsiya etiladi. Kognitiv-xulq terapiyasidan tashqari, psixodinamik terapiya yoki psixoanaliz ham ishlatiladi, lekin ularning samaradorligi, KXT samaradorligidan farqli o’laroq, kam isbotlangan. KXT — bu obssesiv-kompulsiv buzilishda samaradorligi nazorat ostida o’tkazilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlangan psixoterapiyaning yagona turidir. Obsessiv-kompulsiv buzilishni kognitiv davolashda adapitvlikka o’rgatish qo’llaniladi — bu texnikada terapevt bemorda qayta-qayta o’rnashib qolgan fikrlarni chaqirishga harakat qiladi, natijada bunday fikrlar bemor uchun xavflilik ahamiyatini yo’qotadi va xavotirning pasayishiga sabab bo’ladi deb taxmin qilinadi. Shuningdek javobni oldini olishning yashirin texnikasi ham ishlatiladi: terapevtlar bemorlarni adaptiv o’qitish davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan o’rnashib qolgan fikrlardan chalg’ish yoki saqlanishga o’rgatadi. Kognitiv nazariya tarafdorlari fikrlariga ko’ra, bunday buzilish insonning yoqimsiz, keraksiz o’ylari mavjudligi xususiyatlaridan kelib chiqadi: ba’zi odamlar uchun yoqimsiz fikrlar shu darajada jirkanch va zo’riqtiradigan ta’sir ko’rsatadiki, ular bunday fikrlardan qochish yoki ularni bartaraf qilishga urinishadi. Bu sa’y-harakatlar fikrlarning o’rnashib qolishiga olib keladi, ular noqulaylikni bir muddat pasaytiradi va qayta-qayta takrorlanaveradi, qutilishga harakat qilish esa ular bilan bog’liq tashvishlarni yanada kuchayishiga sabab bo’ladi.


Yüklə 16,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə