Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə8/37
tarix12.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#116815
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
СОХИБ

1.3.1-jadval
Funksional yondashuv asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan turli mualliflik tariflari

Muallif

Ta’rif

A. Smit

Bozor ishtirokchilari faoliyatini tartibga solib turuvchi “Ko‘rinmas qo‘l”

Y. Shumpeter

Iqtisodiyotni eskilik sarqitlaridan holos etuvchi, yangi tovar(texnologiya) yaratilishga olib keluvchi dinamik jarayon

F. Xayek16

Bilimlar almashinadigan va olinadigan jarayon

A. Shastitko17

Bozor subyektlarining o‘zgarib borayotgan vaziyatga moslashish usuli

Raqobatni qo‘llab-quvvatlash siyosatini olib borish raqobatning o‘z funksiyalarini to‘laqonli amalga oshirishiga imkon yaratadi. Buning natijasida:


– raqobat ta‘sirida innovasiyalar kiritiladi;
– tovar va xizmatlarga nisbatan texnik taraqqiyot tez joriy etiladi;
– raqobat ta‘sirida adaptasiya vujudga keladi;
–korxonalar raqobat ta‘sirida bozor konyunkturasi va iste‘molchilar xulq-atvoriga moslashishga harakat qiladi.
Fridrix fon Xayek (1899—1992) neoliberalizmning yirik nazariyotchilaridan biri bo‘lib, iqtisodda maksimal erkinlik, raqobat, erkin tadbirkorlik, bozor mexanizmining ishiga davlatning mutlaqo aralashmasligi tamoyillarini ilgari surdi.
Bozor mexanizmiga nisbatan u “katallaktika” degan maxsus atamani qo‘lladi.
F.Xayekning fikricha, kishilik jamiyatida ilmiy bilimning o‘sishi erkin raqobat, fuqarolarning shaxsiy tashabbusi va ijodiy tavakkalchiligi asosida bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mutlaqo tengdir.
F. Xayekning fikricha raqobat kurashida kimning g‘olib chiqishi oldindan aniq bo‘lganda u mazmunsiz bo‘lgan bo‘lur edi. Raqobat shunisi bilan ahamiyatliki, uning natijasi va oqibati hyech kimga ma‘lum emas, unga har bir ishtirokchi ongli ravishda intiladi yoki intilishga harakat qiladi.
Bundan tashqari raqobatning oqibatlari samarali bo‘lsada, muayyan kutilish, sa‘yi-harakat va ko‘ngilsizliklarga ham sabab bo‘ladi. Raqobatni oldindan empirik kuzatish orqali bilish ham mumkin emas. Eng asosiysi shundan iboratki, raqobatga asoslangan jamiyatda oxir-oqibat ko‘zlangan maqsadlarga erishiladi. Buni insoniyat sivilizasiyasi ham tasdiqlab turibdi.
Xayek, bozorda sodir bo‘layotgan jarayonlarning natijasini namoyon etishi, qanday axborotlar eng zarur ekanligini ko‘rsatib bermog‘i lozim. Jamiyatning qondirilishi zarur bo‘lgan ehtiyojlari aniq belgilangan sosializmdan farqli ravishda bozor munosabatlarida barcha jamiyat a‘zolarining faolligi va bilimi talab etiladi.
Xayek mehnat taqsimoti mavjud bo‘lishi bilan jamiyatda axborot va bilimning taqsimlanishi sodir bo‘lishini, iqtisodiyotga davlat aralashiuvini zaruriy emas deb hisoblagan va markazlashgan rejalashtirish va boshqarishning samarasiz ekanligini ko‘rsatib bergan. Xayekning fikricha, markazlashgan tizim juda katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlash yoki ular uchun qaror qabul qilish imkoniyatiga ega emas. Chunki axborotlar muayyan makon va zamonda vujudga keladi va qisqa vaqt ichida o‘z ahamiyatini yo‘qotib, kelgusida foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi.
Olimni raqobatning axloqiy jihatlari ko‘proq qiziqtirgan. U ishonch bilan raqobatda erkinlik mavjud emas, biroq davlat tomonidan erkinliklarni cheklash sun‘iy to‘siqlar orqali emas, balki sosio-madaniyat evolyusiyasining o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan axloqiy qoidalari (o‘zga mulkini o‘zlashtirish, umumlashtirish, ishlab chiqarishni kollektivlashtirish, xususiy mulkni umumiy mulkka aylantirish) natijasida namoyon bo‘ladi. Agarda ushbu axloqiy qoidalar amal qilgudek bo‘lsa iqtisodiy raqobat - hamma uchun, lekin hyech kim uchun emas‖ tamoyiliga almashinadi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə