Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti


Raqobat nazariyasi va raqobatga nisbatan ilmiy yondashuvlar



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə6/37
tarix12.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#116815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
СОХИБ

1.2. Raqobat nazariyasi va raqobatga nisbatan ilmiy yondashuvlar
O‘zbekiston sharoitida raqobat muhiti tadrijiy yo‘l bilan emas balki xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini institusional tartibga solish asosida shakllangan.
Zamonaviy iqtisodiyot globallashuv, iqtisodiy munosabatlarning transformasiyalashuvi, jahon iqtisodiyotiga intgrasiyalashuv bilan xarakterlanadi.
Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyotda raqobat va monopoliya shu qadar bir-biriga bog‘lanib ketganki, raqobatning mohiyatini ko‘proq monopolistik raqobat atamasini kiritish bilan ochib berish odatiy tusga kirmoqda. Iqtisodchi olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqilgan ilmiy faraz va xulosalar asosida bugungi kunda raqobat mohiyatini ochib beruvchi quyidagi yondashuvlarni keltirishimiz mumkin: xulq-atvor, funksional va tuzilmaviy va dinamik.
Iqtisodiy nazariyada raqobat tushunchasini ifodalashga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, raqobatga tuzilmaviy yondashuvga ko‘ra raqobat bozordagi shunday vaziyatki, bu vaziyat bozorda aynan bir tovarni ishlab chiqaruvchi va xarid qiluvchi ko‘plab ishlab chiqaruvchi va xaridorlarning mavjud, bozorga kirish va chiqishda to‘siqlarning mavjud emasligi bilan izohlanadi. Bunda raqobat o‘zgarmas bozor sharoitida xaridor va sotuvchilarning tovarlar narxiga ta‘sir ko‘rsatmasdan o‘zaro aloqasi sifatida olib qaraladi.
1.2.1-jadval
Tuzilmaviy yondashuv asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan turli mualliflik tariflari

Muallif

Ta’rifi

A. Kurno13

Ikki yoki undan ortiq firmalarning o‘zaro kurashi bo‘lib, har bir firma raqibining ishlab chiqarish imkoniyatlari o‘zgarmasdan qolishiga harakat qiladi

F. Nayt

Ko‘p sonli mustaqil xo‘jalik birliklarining muhitning noniq sharoitlaridagi o‘zaro aloqalari

L. Kachalina14

Monopoliyadan holi sharoitda subyektlarning o‘zaro bellashuvi

Dinamik yondashuvga ko‘ra raqobat doimiy mavjud bo‘lgan va amal qiladigan mexanizm bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eng yuqori natijaga erishishlari uchun bellashuvidir.


Aynan ushbu yondashuvlarni umumlashtirgan holda o‘rganish raqobat mohiyatini yanada kengroq va yaxlit holda yoritishga imkon beradi.
Xulq-atvor yondashuviga ko‘ra raqobat xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro bellashuv, kurashish bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro munosabatida aks etadi. Raqobat munosabatlari o‘z navbatida tomonlarning obyekt, subyekt va maqsadlarga ega ekanligidan dalolat beradi. 1.2.2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, mualliflar raqobatning mohiyatini yoritishda turli maqsadlar, ya‘ni bozor ulushi, iste‘molchilarning cheklangan to‘lovga qodir talabi, yuqori daromad yoki foyda olishni nazarda tutadi. Raqobat munosabatlarining maqsadi eng avval firmalarning iqtisodiy faoliyatini yaxshilashga qaratilganligiga guvoh bo‘lamiz. Shu bois xulq-atvor yondashuvi raqobatni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning takror ishlab chiqarish jarayonida ko‘zda tutilgan natijaga erishish maqsadida o‘zaro bellashuvi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ushbu yondashuvga ko‘ra tadqiqot predmeti raqobat munosabatlarining shakli, usullari, raqobat strategiyalari, raqobat ustunligi va subyektlarning raqobatbardoshligi bo‘lishi mumkin.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə