Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə7/37
tarix12.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#116815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
СОХИБ

1.2.2-jadval
Xulq-atvor yondashuvi asosida raqobatning mohiyatini yoritishga qaratilgan turli mualliflik tariflari

Muallif

Ta’rif

G. Azoyev

Alohida yuridik va jismoniy shaxslarning o‘zaro manffatlari to‘qnashadigan maqsad uchun bellashuvi

D. Borisov

Iqtisodiyot subyektlari o‘rtasida yuqori foyda va boshqa manfaatlarga erishish maqsadida tovar bozorlari uchun kurashishidir

V. Shkardun15

Ishlab chiqaruvchilarning foydani maksimallashtirish yoki boshqa aniq maqsadlarga erishish uchun bozor ulushi uchun kurashishi

A. Yudanov

Firmalarning barcha uchun ommabop hisoblangan bozor segmentlarida iste‘molchilarning cheklangan to‘lovga qodir talabiga ega bo‘lish maqsadida o‘zaro kurashishi



1.3. Raqobatga nisbatan funksional yondashuv – bozorga tartibga soluvchi mexanizm sifatida
Funksional yondashuvga muvofiq, tadqiqot predmeti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro raqobatlashuvi natijasida iqtisodiyot yoki muayyan bozorning erishgan samarasi (mamlakat iqtisodyotining o‘sishi, iqtisodiy nochor va samarasiz korxonalardan ―tozalash‖, tarmoqda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, innovasiyalarni yaratish va joriy etish, xarajatlarni kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish va boshqalar) hisoblanadi.
Funksional yondashuvga ko‘ra raqobat bozorning tartibga solish, motivasiya, taqsimot va nazorat kabi iqtisodiy funksiyalarini amalga oshiruvchi mexanizmidir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati quyidagi funksiyalarida namoyon bo‘ladi: Tartibga solish funksiyasi. Kurashda yutib chiqish uchun ishlab chiqaruvchilar iste‘molchi afzal ko‘radigan mahsulot ishlab chiqarishi zarur.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish omillari va narxeng ko‘p talab etiladigan tarmoqlarga qarab yo‘naltiriladi.
Motivasiya funksiyasi. Tadbirkorlar uchun raqobat bir vaqtning o‘zida xavf- xatar va imkoniyatdir. Ya‘ni tadbirkor sifatli mahsulotni eng kam xarajatlar hisobiga taklif etadi va daromad ko‘rinishdagi imkoniyatga ega bo‘ladi va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantiradi; Tadbiror mijozlar talabini e‘tiborga olmaydi yoki raqobat qoidalarini buzadi.
Natijada u zarar ko‘radi yoki davlat tomonidan ma‘lum cheklovlar va jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
Taqsimot funksiyasi. Raqobat samarali faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilar daromadini oshiradi. Ishlab chiqaruvchilar va uy xo‘jaliklari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishini amalga oshiradi.
Nazorat funksiyasi. Raqobat har bir bozor ishtirokchilarining kuchini cheklaydi va nazorat qilib turadi. Misol uchun monopolist narxni belgilashi mumkin. Ammo raqobat iste‘molchiga bir necha sotuvchilarning mahsulotini sotib olishni taklif etadi. Raqobat qanchalik mukammal bo‘lsa narx shunchalik adolatli o‘rnatiladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə