28
Agar Linux Ubuntuni o‗rnatmasdan ishlatib ko‗rish yoki uni sinab
ko‗rish kerak bo‗lsa,
«Запустить Ubuntu без установки»
bo‗limi
tanlanadi. Operatsion tizimni qattiq diskga o‗rnatishni
boshlash uchun
menyudan
«Установить Ubuntu»
bo‗limi tanlanadi va Linux Ubuntu
o‗rnatuvchisi
ishga
tushadi.
Birinchi
ochiladigan
oynadan,
o‗rnatilayotgan operatsion tizim tili tanlanishi kerak, bunda oldindan 4-
rasmda tanlangan til belilangan bo‗ladi.
4-rasm.Linux Ubuntu operatsion tizimi o‗rnatilishida tilni tanlash
oynasi.
«Продолжить»
tugmasi bosiladi va klaviatura raskladkalarini tanlashni
taklif etuvchi quyidagi oyna(5-rasm) ochiladi:
5-rasm.Klaviatura raskladkasini tanlash oynasi
29
Klaviatura raskladkalari oldingi oynalarda
tanlangan tillarga mos
ravishda tanlangan bo‗ladi.
«Продолжить»
tugmasi bosiladi va tizim
tarkibidagi dastur, ilova va yangilanishlarni o‗rnatish parametrlarini
tanlash imkoniyatini beruvchi oynaga o‗tiladi(6-rasm).
6-rasm.
Tizim tarkibidagi dastur, ilova va yangilanishlarni
o‗rnatish parametrlarini tanlash oynasi
Bu oynada o‗rnatmoqchi bo‗lgan tizim tarkibida o‗rnatilishi
mumkin bo‗lgan dastur va ilovalarni tanlash kerak. Buning uchun
dasturiy ta'minotlarni o‗rnatishning quyidagi rejimlari taklif qilinadi:
―Обычная установка‖(Oddiy o‗rnatish)
- bu standart ilovalar
to‗plamiga ega tizimni o‗rnatish. Oddiy
kompyuter foydalanuvchilari
uchun tavsiya etiladi, chunki bu holda ishlash uchun zarur bo‗lgan
barcha dasturlar avtomatik ravishda o‗rnatiladi;
―Минимальная установка‖(Minimal o‗rnatish)
- bu minimal
ilovalar to‗plamiga ega tizimni o‗rnatish. Agar faqat asosiy yordamchi
dasturlarga ega bo‗lgan toza tizimni o‗rnatish kerak bo‗lsa,
ushbu
rejimdan foydalanish mumkin, bunda boshqa barcha ilovalar alohida
o‗rnatilishi kerak bo‗ladi. Bu rejim tizimni o‗zi uchun sozlashni
yoqtiradiganlar uchun, ya'ni faqat uziga kerak bo‗lgan
ilovalarni
o‗rnatishni xoxlovchilar uchun tavsiya etiladi.
Ko‗p xollarda ―Обычная установка‖(Oddiy o‗rnatish) rejimini
tanlab, Internetga kirish imkoni bo‗lsa,
«Загрузить обновления во
30
время установки Ubuntu»
(Ubuntuni o‗rnatish paytida yangilanishlarni
yuklab olish) bayroqchasini belgilab,
«Продолжить»
tugmasi bosiladi.
Qattiq diskda tizim uchun bo‗limlar ajratish
Keyingi qadamda, kerakli bo‗limlar yaratilishi kerak. Ushbu
bo‗limda Linux Ubuntuni qattiq disk bo‗sh bo‗lganda, unda bo‗limlar
ajratib o‗rnatish ko‗rsatilgan. Barcha kerakli amallar qo‗lda bajariladi.
Ya‘ni tizimni o‗rnatuvchiga qattiq diskda bo‗limlar yaratish va ularning
hajmini belgilash imkoniyati beriladi. Buning uchun 7-rasmdagi
oynadan
Dostları ilə paylaş: