Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

«Другой вариант»
bandini tanlash kerak. 
7-rasm.
Tizim tarkibidagi dastur, ilova va yangilanishlarni 
o‗rnatish parametrlarini tanlash oynasi
Shu bilan birga, bu oynada diskni qo‗lda bo‗lish bilan ovora 
bo‗lishni xohlamasdan, o‗rnatish dasturi yordamida qattiq diskni 
avtomatik ravishda bo‗limlarga ajrataish imkoniyatini beruvchi 
«Стереть диск и установить Ubuntu»
(Diskni o‗chiring va Ubuntuni 
o‗rnating) variantini xam tanlash mumkin.
Agar kompyuterda allaqachon o‗rnatilgan tizim bo‗lsa, o‗rnatuvchi 
dastur yana bir nechta variantlarni taklif qilishi mumkin, masalan:
«Переустановить систему»(Tizimni qayta o‗rnatish), «Удалить 
систему и совершить переустановку»(Tizimni olib tashlash va qayta 
o‗rnatish) va «Установить Ubuntu рядом с уже установленной 
системой»(Ubuntuni o‗rnatilgan tizim yonida o‗rnatish-bunda 
kompyuter yoqilganda, qaysi tizimni yuklashni tanlash mumkin). 


31 
Tizimni o‗rnatish
 
«Другой вариант»
bandini tanlab,
«Продолжить»
tugmasini bosish bilan davom ettiriladi. 
Odatda bo‗sh qattiq diskda bo‗limlar bo‗lmaydi, shuning uchun 
ularni yaratish kerak. Buning uchun keying oynada 
«Новая таблица 
разделов»
(Yangi bo‗lim jadvali) tugmasi bosiladi. 
8-rasm. Qattiq diskda bo‗limlarni yaratish oynasi 
O‗rnatish dasturi yangi bo‗lim yaratilishini va bu diskdagi mavjud 
barcha bo‗limlar o‗chirilishini ogohlantiradi, bo‗sh qattiq disk holatida 
bo‗limlar bo‗lmaydi, shuning uchun keying oynada 
«Продолжить»
tugmasi bosiladi(9-rasm). 
9-rasm. Qattiq diskda bo‗limlarni yaratish oynasi
Keyingi oynada yangi bo‗lim yaratish uchun «Свободное место» 
bo‗limini tanlab 
+
belgisi bosiladi(10-rasm).. 


32 
10-rasm. Bo‗lim ro‗yxatini ko‗rish va ularni yaratish oynasi 
Birinchidan, tizimning o‗zi uchun tizim bo‗limi (ildiz bo‗limi) 
yaratilishi kerak. Buning uchun keyingi ochiladigan oynada(11-rasm) 
quyidagi ma'lumotlarni ko‗rsatamiz: 
Размер(Hajmi)
- ildiz bo‗limi uchun kamida 10-15 Gigabayt hajm 
ko‗rsatish kerak, lekin ko‗proq, masalan, 50 Gigabaytni ko‗rsatish 
yanada yaxshiroq; 
Тип нового раздела
(Yangi bo‗lim turi) - "Первичный" varianti 
tanlanadi; 
Местоположение нового раздела
(Yangi bo‗limning joylashuvi) - 
"Начало этого пространства" varianti tanlanadi; 
Использовать как(
Qo‗llash) - Ext4 jurnalli fayl tizimini tanlash 
tavsiya etiladi, chunki bu fayl tizimi ildiz bo‗limiga eng mos keladi;
Точка монтирования
(O‗rnatish nuqtasi) - ildiz bo‗limi uchun "/" 
belgisini qo‗ying va "OK" tugmasi bosiladi. 
11-rasm. Yangi bo‗lim yaratish oynasi 
Tizim bo‗limi yaratiladi, endi foydalanuvchi ma'lumotlari saqlab 
turish uchun alohida bo‗lim yaratilishi kerak. Bu bo‗lim tizimni qayta 
o‗rnatishda yoki hatto Linux distributivi o‗zgartirilayotganda, 
foydalanuvchining barcha shaxsiy ma'lumotlarini (hujjatlar, rasmlar, 
videolar) o‗z joyida saqlab qolish uchun kerak bo‗ladi.Buning uchun, 
10-rasmdagi oynada «Свободное место» bo‗limini tanlab yana + 
belgisi bosiladi va ochiladigan oynada(11-rasm) quyidagi ma‘lumotlar 
kiritiladi. 
Размер(Hajmi)
- iloji boricha ko‗proq, boshqacha qilib aytganda, 
qolgan hamma bo‗sh joyni ko‗rsatish mumkin;; 


33 
Тип нового раздела
(Yangi bo‗lim turi) - "
Логический" varianti 
tanlanadi; 
Местоположение нового раздела
(Yangi bo‗limning joylashuvi) - 
"Начало этого пространства" varianti tanlanadi; 
Использовать как(
Qo‗llash) - Ext4 jurnalli fayl tizimi tanlanadi;
Точка монтирования
(O‗rnatish nuqtasi) - bo‗limi uchun "
/home

yozuvi kiritiladi va "OK" tugmasi bosiladi(12-rasm). 
12-rasm.Diskda yangi bo‗lim yaratish oynasi 
Shu yo‗l bilan qattiq diskda Tizim fayllari va foydalanuvchi 
ma‘lumotlari uchun ikkita bo‗laklar yaratiladi, endi distributivni 
o‗rnatishni boshlash mumkin. Buning uchun «Установить сейчас»(13-
rasm) tugmasini bosing. 
13-rasm.Yaratilgan bo‗limlarni oynasi 
Shundan 
keyin, 
Ubuntu 
o‗rnatuvchisi diskdagi barcha 
o‗zgarishlarni saqlashni so‗raydi(14-rasm), aynan shu joygacha oldin 


34 
qilingan barcha ammalarni bekor qilish mumkin, tizimni o‗rnatishni 
davom ettirish uchun 
«Продолжить»
tugmasini bosish kerak(14-rasm). 
14-rasm.Qattiq diskda qilingan o‗zgarishlarni saqlash oynasi 
Shundan so‗ng, vaqt mintaqasini tanlash taklif etiladi(15-rasm),kerakli 
mintaqa tanlanib, 
«Продолжить»
tugmasi bosiladi. 
15-rasm.Vaqt bo‗yicha mintaqani tanlash oynasi 
Keyingi qadamda tizim foydalanuvchilari yaratilishi kerak. 
Ochiladigan oynada(16-rasm) foydalanuvchi ma‘lumotlari: 
Ismi, 
kompyuter nomi, login, parol
kiritiladi va tasdiqlanadi. Xavfsizlik 
nuqtai nazaridan «Требовать пароль для входа в систему»(Kirish 
uchun parolni talab qilish) bayroqchasi-parametrini yoqilgan holda 
qoldirish tavsiya qilinadi. Agar har safar tizimga kirilganda parolni 
kiritish 
ehtiyoji 
bo‗lmasa, 
«Входить 
в 
систему 
автоматически»(tizimga avtomatik kirish) bandini tanlash mumkin 
(kompyuterdan aniq faqat bitta foydalanuvchi foydalangan holda tavsiya 
etiladi). 


35 
16-rasm.Tizim foydalanuvchisi ma‘lumotlarini kiritish oynasi 
Ma'lumotni kiriting va 
«Продолжить»
tugmasini bosing. Linux 
Ubuntuni o‗rnatish jarayoni boshlanadi va taxminan 10-15 daqiqa 
davom etadi. 
17-rasm.Tizim foydalanuvchisi ma‘lumotlarini kiritish oynasi 
Tizimni o‗rnatish quyidagi xabar oynasi paydo bo‗lganda 
tugallanadi(18-rasm).
18-rasm.Tizim foydalanuvchisi ma‘lumotlarini kiritish oynasi 


36 
«Перезагрузить»(Qayta ishga tushirish) tugmasini bosish bilan 
yangi o‗rnatilgan tizimni qaytadan yuklash mumkin.Yangi o‗rnatilgan 
tizim ish stoli quyidagi ko‗rinishga ega(19-rasm): 
19-rasm.Ubuntu ish stoli 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə