Samarqand davlat universiteti a. Babayarov, F. Meliyev, I. Ximmatov, M. Subharwall



Yüklə 3,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/60
tarix11.12.2023
ölçüsü3,76 Mb.
#145602
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
Linux OTda adminstratorlik O\'quv qo\'llanma

ReiserFS
– jurnallar bilan ishlay oladigan fayl tizimlaridan biri 
xisoblanadi. Bu fayl tizimi asosan kichik xajmdagi fayllar bilan 
ishlashda foydali. Bu fayl tizimining o‗ziga xos tomoni shundan 
iboratki, bir necha kichik xajmdagi fayllarni bir blokda saqlash mumkin. 
Misol uchun, blok o‗lchamingiz 4 Kbayt, siz bu blokga 1 Kbaytli 4 ta 
faylni joylashingiz mumkin. Shu tariqa siz diskdagi bo‗sh joylaringizni 
tejashingiz mumkin bo‗ladi. Katta fayllar bilan bu fayl tizimi juda sekin 
ishlaydi va bu tizim uzilishlarga(tok manbaining uzilib qolishi
kompyuterni o‗chib qolishi) bardoshli emas, shu sababli ReiserFS fayl 
tizimini tez-tez defragmentatstiyadan o‗tkazib turishingiz lozim. Agar 
siz ushbu fayl tizimidan foydalanmoqchi bo‗lsangiz, albatta doimiy tok 
manbaini saqlab turuvchi qurilmalardan foydalaning. 
XFS
–bu tizim dastlab Silicon Graphics(SGI) kompaniyasi 
tomonidan Irix operastion tizim uchun yaratilgan. Bu tizim ham jurnallar 
orqali ishlaydigan fayl tizimi hisoblanadi. Jurnallarga fayl tizimining 


47 
umumiy metama‘lumotlari yoziladi va buzilish sodir bo‗lganda 
jurnaldagi ma‘lumotlarning fayl tizimiga nusxasi olish orqali qayta 
tiklashni amalga oshirish mumkin bo‗ladi. Jurnal hajmi fayl tizimini 
hosil qilishda o‗rnatiladi, hajm 32 megabaytdan kam bo‗lmasligi lozim. 
Bu fayl tizimi ext3, ReiserFS va JFS fayl tizimlariga nisbatan tezroq 
ishlaydi, lekin ext4 fayl tizimidan sekinroq. XFS fayl tizimiga katta 
hajmdagi bloklarni(64 Kbayt gacha) o‗rnatish mumkin. Shuning uchun 
bu fayl tizimida video fayllarni qayta ishlash kabi grafikaga aloqador 
vazifalarda ishlatish tavsiya etiladi. 
JFS
– dastlab bu tizim IBM kompaniyasi tomonidan AIX 
operastion tizim uchun ishlab chiqilgan, keyinroq esa OS/2 uchun va 
nihoyat Linux operastion tizim uchun ishlatilmoqda. Bu ham jurnallar 
orqali ishlaydigan fayl tizimi. Jurnalning hajmi taxminan umumiy fayl 
tizimining 40% tashkil etadi. JFS tizimi jurnal va ma‘lumotlardan iborat 
bo‗lgan bir necha segmentlardan tashkil etilishi mumkin. Bu segmentlar 
agregatlar deyiladi va bu agregatlarni alohida montirovka qilish 
mumkin. 
Linux fayl tizimining eng asosiy tomonlaridan biri foydalanuvchi 
ehtiyojiga qarab adaptatsiyalanish xususiyatga egaligi. Siz bu 
imkoniyatdan foydalanib sizga qulay hamda foydali holda fayllarni 
strukturalashtirishingiz mumkin. 

Yüklə 3,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə