Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə59/103
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114555
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

3. Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish sohasida
Hisobot davrida 28 ta yangi innovasion ishlanmani tijoratlashtirish amalga oshirildi va hozirda umumiy tijoratlashtirilayotgan innovasion ishlanmalar soni 132 taga yetdi. Bugungi kunda umumiy qiymati 34,4 mlrd. so’m miqdorida mahsulot ishlab chiqarildi va 24,1 mlrd. so’mlik mahsulot sotildi. Olimlar va tadbirkorlar o’rtasida 5 ta yangi lisenzion shartnoma tuzildi va lisenzion shartnomalar umumiy soni 16 taga yetdi.
Ilmiy-tadqiqot muassasalarini iste’molchi tashkilotlarga biriktirish natijasida 17 ta ilmiy-tadqiqot muassasalariga biriktirilgan 15 ta vazirlik, idora va xo’jalik birlashmalari ilmiy tadqiqot muassasasi mas’ullari bilan uchrashuv o’tkazildi, ilmiy-texnologik taraqqiyotni qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Yo’l xarita”lari ishlab chiqildi. “Yo’l xarita”siga asosan ilmiy tashkilotlarga tarmoqlar tomonidan jami 147 mlrd. so’m mablag’lar ajratilishi bo’yicha kelishuvlarga erishildi. Joriy yilning 20 sentyabr holatiga 21,1 mlrd. so’m mablag’ tegishli ilmiy tashkilotlarga o’tkazilishi ta’minlandi.
Sog’liqni saqlash vazirligi va Farmasevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda “mahalliy korxonalarga tijoratlashtirish va original farmasevtika mahsulotlari sonini 2020-2024 yillarda 10 taga ko’paytirish”ga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Innovasion hassa”, “elektron ko’ng’iroq” innovasion loyihalari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi.
Klinik biokimyoviy tahlil uchun reaktiv to’plamlarni ishlab chiqaradigan «BioTesLab» korxonasi tashkil etildi. «Antigen Kardiolipin» to’plami ishlab chiqarilishi boshlandi, 3 to’plam - glyukoza, ALT, gemoglobin ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda.
2020 yil 16-18 sentyabrda qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi ilmiy tashkilotlarning fan va ishlab chiqarish o’rtasida integrasiyasini ta’minlash maqsadida tijoratlashtirishga taklif etilayotgan innovasion ishlanmalar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda jami 300 dan ortiq tashrif buyuruvchilar11 ta OTM, 12 ta Fanlar akademiyasi va 18 ta tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ilmiy markazlar ixtirochilari tomonidan 203 ta innovasion ishlanmalarning taqdimoti o’tkazildi. Shuningdek, tadbirda 17 ta fermer xo’jaligi va 4 ta tarmoq korxonalari vakillari ishtirok etib, hamkorlikda ish olib borish bo’yicha dastlabki 20 ta kelishuv doirasida 1,7 mlrd. so’mlik mahsulotni sotib olish bo’yicha shartnomalar imzolandi. Shu bilan birga, ko’rgazma doirasida 31 ta ilmiy ishlanma bo’yicha lisenziya shartnomalarini tuzish va 8 ta ishlanmaga patent arizalari topshirish bo’yicha yuridik maslahatlar berildi.
2020 yil 17-19 iyun kunlari Buxoro shahrida “Ilmiy innovasion g’oyalar va ishlanmalar yarmarkasi” o’tkazildi. Yarmaka doirasida 80 dan ortiq loyihalar namoyishi o’tkazilib, shundan 55 ta fundamental, amaliy va innovasion loyihalar tanlab olindi.
Patentlash va lisenziyalash masalalari bo’yicha
Ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining horijda patentlashga tanlab olingan jami 15 ta ilmiy ishlanmadan ustuvorlik davri talabi bo’yicha 1 ta ishlanmani horijiy patent bo’yicha talabnomasi yangidan Intellektual mulk agentligiga topshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan yaratilgan intellektual mulk obyektlari bo’yicha patentlar bazasini shakllantirish yo’lga qo’yildi. 2018 yil 1 oktyabrdan 2020 yil 1 mayga qadar jami 217 ta ixtiro va 98 ta foydali model haqida ma’lumotlar to’plandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi
PQ-3855-son qaroriga asosan patentlangan intellektual mulk obyektlari mualliflariga muassasaning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan eng kam ish haqining o’n baravari miqdorida qo’shimcha bir martalik mukofotlar berish topshirig’i ijrosi bo’yicha monitoring o’tkazildi va 47 ta patent mualliflariga 118 mln. so’m mukofot pullari to’lab berishi ta’minlandi.
4. Yangi innovasion loyihalarni joriy qilish va texnologiyalar transferini amalga oshirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida innovasion texnologiyalarni jadal joriy etish bo’yicha
6 ta yo’nalish (Robototexnika va mexatronika, Uchuvchisiz parvoz etuvchi qurilmalar, 3D prototiplashtirish, Aerokosmik, Sanoat sohasidagi internet buyumlari va 5G yangi avlod tarmoqlari laboratoriyalari) bo’yicha ilg’or texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar tashkil etildi.
Laboratoriyalar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida markaz xodimlari qisqa muddatli malaka oshirishga “Natiaonal Instruments”ning Rossiyadagi laboratoriyasiga yuborildi.
Isroilning “Maya International” kompaniyasi bilan hamkorlikda uy-joy kommunal sohasida texnologiyalar transferi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Shahar magistral tizimlarini ta’mirlash yuzasidan kompaniya sun’iy yo’ldosh yordamida, suv quvurlarida yoriqlarning o’rni aniqlandi, ularni raqamlashtirilgan xaritasi yaratildi.
Natijada Toshkent shahrida 940 ta quvur teshilishi va suvning sirqishi holatlari qayd etilib, 500 yaqini bartaraf etildi.
Innovasion rivojlanish vazirligi va “NOVOL ASIA” MChJ QK o’rtasida investisiya miqdori 1,5 mln. AQSh dollari bo’lgan texnologiyalar transferi amalga oshirildi. Imzolangan Memorandum doirasida 2 ta texnologiya poliefir shpatlyovka va poliefir yelim (marmar, granit va boshqa toshlar uchun maxsus yelim) ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 2020 yilning o’tgan davrida 73 tonna mahsulot ishlab chiqarildi.
Slovakiyaning «Chirana Stara Turu.» kompaniyasi va Rossiyaning «Shimco group» xolding kompaniyasi bilan birgalikda o’pkaning sun’iy ventilyasiyasi apparatlari (IVL) ishlab chiqarish bo’yicha texnologiyalar transferi amalga oshirildi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning birinchi bosqichida 3 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish va 30 ta ish o’rni yaratish, ikkinchi bosqichida esa 6 mln. AQSh dollargacha investisiyalar va 100 tagacha ish o’rinlari yaratilishi kutilmoqda. Shuningdek, mazkur loyiha doirasida O’zbekistonga 1000 dona nafas olish konturlari, 500 dona namlik kollektori bilan nafas olish konturlari va 1000 dona bir martalik bakterial-virusli filtrlar beg’araz topshirildi.
Hozirda O’zbekistonda ilk marotaba ishlab chiqarilgan birinchi o’pkaning sun’iy ventilyasiyasi apparatlari (IVL) va narkoz-nafas olish apparati (NDA) “Made in Uzbekistan” yorlig’i ostida ishlab chiqarildi va klinik-tadqiqod sinovidan o’tkazishga topshirildi.
Ilg’or texnologiyalar Markazida mavjud infratuzilma, xonalar, laboratoriya va asbob-uskunalar bilan ta’minlagan holda yuqori texnologiyali, kichik kompaniyalar uchun startap-akselerator va startap-inkubator yaratildi. Hozirgi paytda 11 ta kompaniya innovasion inkubatorning rezidenti maqomiga ega bo’ldi.
“Yashnobod” innovasion texnoparki rezidentlari soni 32 tani tashkil etdi va rezidentlar tomonidan 947.97 ming AQSh dollar miqdorida mahsulotlar eksport qilindi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə