Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


 Ilmiy-tadqiqotlarni samaradorligini oshirish, moliyalashtirish tizimini takomillashtirish borasida



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə58/103
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114555
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

2. Ilmiy-tadqiqotlarni samaradorligini oshirish, moliyalashtirish tizimini takomillashtirish borasida
Ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish, ilmiy loyihalarning moliyalashtirilishi va natijadorligini oshirish maqsadida davlat buyurtmasi asosida tijoratlashtirish imkoniyati yuqori, aniq natija yoki mahsulotga yo’naltirilgan loyihalarning muntazam tanlovlari joriy qilindi. Shuningdek, ilmiy loyihalarni Ilmiy-texnik kengashlar tomonidan ekspertiza qilish jarayonlari ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida “Ilmiy-texnik kengashlarni ochiq muhokamasi” tashkil etildi.
Vazirlik qoshida 18 ta fan yo’nalishi bo’yicha 450 dan ortiq akademik, professor va fan doktorlarini jamlagan, tarkibi davriy yangilanib boriladigan yangi ilmiy-texnik kengashlar tashkil qilinib, ilmiy loyihalar tanlovlari va ilmiy-texnik ekspertizaning yangi mexanizmlari joriy etildi.
Ilg’or xorijiy tajribalar asosida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi mexanizmi joriy etildi. Yangi tartib sifatida, yakuniy mahsulot va moliyalashtirish hajmi aniq bo’lgan tematik loyihalarga davlat buyurtmasi muntazam ravishda e’lon qilinmoqda. Hisobot davrida tanlovlarga kelib tushgan 478 ta ilmiy loyihadan 98 ta loyihani moliyalashtirish uchun 140 mlrd. so’m mablag’ ajratildi.
Natijada raqobat muhiti shakllandi, doimiy grant mablag’larini olish imkoni yaratildi, bir loyihani moliyalashtirish 3,5 barobarga oshdi hamda mablag’larning kamida 40 foizi (37 mlrd.so’m) zarur asbob-uskunalar, reagent va materiallar sotib olishga yo’naltirildi.
Ilmiy startaplar platformasi “CAT Science Accelerator” joriy yildagi saralashi natijasida 29 ta startaplar jamoasi, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining Toshkent shahri4 ta viloyatidan va Markaziy Osiyoning 1 ta davlatidan (Qirg’iziston) akselerasiya dasturi ishtiroki amalga oshirilmoqda. CAT Science akseleratorining xalqaro hamjamiyatiga qo’shilish uchun GIST Startup Network global tarmog’iga kirdi, shuningdek I-Create, DVEX (Hindiston) va “Skolkovo” (Rossiya) xorijiy akseleratorlari bilan hamkorlik o’rnatildi. “Skolkovo” innovasion markazi bilan hamkorlik doirasida o’zbekistonlik 25 ta startap “Softlending” dasturida ishtirok etdi.
2020 yil C.A.T. Science Accelerator 2.0 dasturiga tanlovlar e’lon qilindi. Respublikamiz hududlari, shuningdek, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikistondan jami 253 ta ariza kelib tushdi. 29 ta jamoa tanlovdan o’tdi, ulardan 8 tasi mintaqaviy loyihalar. 14 ta jamoa mahsulot ishlab, finalga chiqdi, finalda 5 ta g’olib jamoa aniqlandi.
Xalqaro ilmiy hamkorlik doirasida Germaniya, Rossiya va Belarus Respublikalari bilan jami 7.2 mlrd. so’mlik 21 ta qo’shma ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, “O’zbekiston – Turkiya” qo’shma loyihasi bo’yicha 3,8 mlrd.so’m miqdoridagi 4 ta loyiha moliyalashtirishga tavsiya etildi. O’zbekiston – Xitoy 55,9 mlrd so’mlik ilmiy loyihalar tanlovi o’tkazilmoqda. O’zbekiston-Xitoy qo’shma komissiyasi o’rtasidagi kelishuvga asosan yuqori ball olgan 20 ta loyiha tanlanmoqda.
Yevrosiyo ilmiy-tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash (YeAPI) 45,5 mlrd so’mlik ilmiy loyihalar tanlovi o’tkazilmoqda (38 ta loyiha ekspertizadan o’tdi). O’zbekiston–Hindiston 147,2 mlrd so’mlik ilmiy-texnik loyihlar tanloviga o’tkazilmoqda (137 ta loyiha ekspertizadan o’tdi). Hindiston tomonidan hozirda 38 ta loyiha bo’yicha ijobiy xulosa olindi.
Respublikadagi ilmiy tashkilotlarni ilmiy faoliyatini reyting baholash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy tashkilotlar reytingini aniqlash tartibini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2020 yil 11 maydagi 274-son qarori bilan ilmiy tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini reyting asosida baholash tizimi joriy qilindi. Qaror bilan tasdiqlangan mezonlar asosida 26 ta vazirlik va idoralar huzuridagi 107 ta ilmiy tashkilotlarning reytingini aniqlash metodikasi ishlab chiqildi.
Vazirlik Jamg’armasi tomonidan 2020 yilning 9 oyiligida 92,9 mlrd. so’m mablag’larni innovasion va ilmiy faoliyatni qo’llab-quvvatlashga, ilmiy laboratoriyalar tashkil etishga, xalqaro elektron ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish maqolalar chop etishga, yosh olimlarni stajirovkalarga yuborishga, xorijiy maslahatchilarni ish haqlariga, noyob asarlarni xarid qilishga, startap loyihalarni moliyalashtirishga, vazirlik xodimlarini moddiy rag’batlantirishga va tizim tashkilotlarini moliyalashtirishga, xorijiy safarlarga va boshqa harajatlarga yo’naltirildi.
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 133-son qaroriga binoan maqsadli dastur asosida moliyalashtirish hisobidan amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalarni monitoring qilish maqsadida ekspert xulosalarining maxsus shakllari ishlab chiqildi. Shuningdek, ilm-fanning turli sohalaridagi 1168 ta olimdan iborat mahalliy ilmiy ekspertlarning ma’lumotlar bazasi shakllantirildi.
2017-2020 yillarda mahalliy olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot loyihalarining natijadorligini o’rganish, tijoriy jihatdan jozibador ilmiy ishlanmalarni aniqlash va baholash yuzasidan xo’jalik shartnomasi bajarilmoqda. Bugungi kunga qadar 276 ta tugallangan va 300 ta tugallanmagan ilmiy-tadqiqot loyihalari tahlil qilindi va 74 ta tijoriy jozibador loyihalar tanlab olindi.
“Yashil texnologiyalar”, “Davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovlarida qatnashish uchun arizalarni shakllantirish va rasmiylashtirish qoidalari va tartibi” mavzusida va COVID-19 mavzularida Dayjestlar chop etib borilmoqda.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə