Samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Kadrlar tizimining ishlashi: innovatsion rivojlanish, progress, regress, stagnatsiya, inqiroz, stabilizatsiya



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə11/103
tarix31.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#114555
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103
8caae491ae8b03f91106ef1868d0e785 KADRLARNI INNOVATSION BOSHQARISH

1.5. Kadrlar tizimining ishlashi: innovatsion rivojlanish, progress, regress, stagnatsiya, inqiroz, stabilizatsiya
Kadrlar va kadrlar tizimini rivojlantirish - bu ularning miqdoriy va sifat jihatidan qaytarib bo‘lmaydigan olg‘a intiladigan o‘zgarishi/qayta shakllanishi (darajani oshirishi, yangilanishi), yangi maqsadlar, funksiyalar, kasbiy-malaka va aloqa parametrlari, tuzilishi, o‘zaro munosabatlari, sub’ekti va boshqarish usullari bilan yangi holatga o‘tish. Kadrlar tizimining rivojlanishi kadrlarning o‘zlarini, xodimlarni boshqarish sub’ektlarini (bo‘limlarini, xizmatlarini) qayta shakllantirishni, xodimlar bilan ishlashning shakllari va usullarini o‘z ichiga oladi, bunday qayta shakllantirish ham progressiv (masalan, yangi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash) ham regressiv (masalan, qayta tayyorlanishga moyil bo‘lmagan eskirgan kasblar bo‘yicha kadrlarni ishdan bo‘shatish) tomonni o‘z ichiga oladi.
Kadrlar tizimini rivojlantirishning bir necha turlari ajratiladi:
1. Kadrlar va kadrlar tizimining evolyusion rivojlanishi - evolyusion tipdagi mahalliy va standart kadrlar yangiliklari orqali ularni bosqichma-bosqich o‘zgartirish va yangilashdir. Pensiya yoshidagi ishchilarning ko‘p miqdorini kam sonli yangi, yanada samarali va malakali ishchilar bilan bosqichma-bosqich almashtirilishini misol tariqasida keltirish mumkin.
2. Kadrlar va kadrlar tizimining tubdan intensiv rivojlanishi va yangilanishi - kadrlarni radikal yangilash (shu jumladan, kadrlar islohotlari) orqali ularni nisbatan qisqa vaqt ichida tubdan qayta shakllantirish (yangilanish, darajani oshirish). Ushbu jarayonlar kadrlar tizimining darajasi, ijodiy salohiyati, kasbiy va malakaviy tuzilmasi, maqsadlari, funksiyalari va usullarining chuqur sifatli progressiv o‘zgarishlari bilan tavsiflanadi.
Kadrlar yangiliklari va kadrlar tizimini rivojlantirish o‘z-o‘zidan maqsad hisoblanmaydi, balki zamonaviy ishlab chiqarishning fan sig‘imi, intellektual sig‘imi va innovatsionligi o‘sishi sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalarni yangilashning ob’ektiv ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
Xodimlar menedjmenti tizimidagi kadrlar innovatsiyasining umumiy masalalarini ko‘rib chiqib, rivojlanishni boshqarish kadrlar va kadrlar tizimining normal ishlashi boshqaruvidan qanday farq qilishini aniqlash kerak.
Kadrlar tizimining ishlashi - mavjud (o‘zgarmas) me’yor va qoidalarga muvofiq mavjud miqdor va tuzilmadagi, kadrlar tarkibining oddiy takrorlanishi yoki takror ishlab chiqarilishi, shu sifatdagi xodimlarni boshqarish maqsadlari va usullari bilan tavsiflanadigan kadrlarning barqaror, takrorlanadigan faoliyati.
SHunday aytganda, kadrlar tizimining ishlashi va uni ta’minlaydigan usullar kadrlar rivojlanishining ikkinchi darajali vazifasi deb o‘ylamaslik kerak. Xodimlarning normal ishlashini ta’minlash butun tashkilotning normal (barqaror) ishlashi uchun eng muhim shart hisoblanadi. Kadrlarning normal ishlashini ta’minlaydigan usullarga quyidagilarni kiritish mumkin: mavjud kadrlar salohiyatidan oqilona foydalanish usullari, uning barqarorligi va mutanosibligini ta’minlash, kadrlarni tashkilot ishi maqsadlari bilan mutanosib bog‘lash, kadrlar sohasida regresssiz va mojarolarsiz ta’minlash.
SHunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy va kadrlar tizimining normal ishlaydigan qonuniyatlari bu ularning barqarorligi, o‘zgarmas sifati, tuzilmasi, funksiyalari, shakllari va usullarida takrorlanuvchanligi, regresssizligi, barqarorligi, ritmliligi, zaif to‘qnashuvchanligi, oson bashorat qilish imkoniyati hisoblanadi.
SHubhasiz, ishlashdan farqli o‘laroq, kadrlar va kadrlar tizimining rivojlanishi ularning jiddiy o‘zgarishini, yangilanishini, innovatsion-kadrlar menedjmenti usullaridan foydalangan holda yangi darajaga va sifatga o‘tishni anglatadi.
2. “Progress” tushunchasini Dal V. oldinga intellektual va axloqiy harakat sifatida belgilaydi; ta’lim, ma’rifat kuchi [15].
Ilmiy-texnika progressi (Scientific-technological progress) - sovet iqtisodiy fanlarida ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligi va sifatini oshirish, odamlar ehtiyojini yaxshiroq qondirish maqsadida fan va texnika, texnologiyaning ilg‘or yutuqlaridan iqtisodiyotda, ishlab chiqarishda foydalanish sifatida qaraladi. Tashkiliy darajada ilmiy-texnik progress innovatsiyalar shaklida amalga oshiriladi.
Ushbu tushuncha bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan ilmiy-texnik inqilob – ITI - (Scientific-technical revolution) tushunchasi - yirik ilmiy yutuqlar va kashfiyotlar ta’siri ostida yuzaga keladigan va ijtimoiy hayotning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadigan texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil qilishdagi sifatli o‘zgarishlarning majmuini anglatadi. ITI fanni jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchiga aylantirishni nazarda tutadi.
Ilmiy-texnik progress korxona ishlashining barcha jihatlarini belgilaydi. SHu sababli, ilmiy-texnikaviy siyosatni ishlab chiqish asosiy vazifalardan biri bo‘lib, bu ilmiy-texnik progressni belgilaydigan barcha tuzilmaviy bog‘lanishlarni qamrab oladigan murakkab jarayondir. Korxonani rivojlantirishning hal qiluvchi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-texnik siyosatni muvaffaqiyatli amalga oshirish faqat innovatsiyalarni joriy qilish orqali mumkin [7].

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə