Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


GLOSSARIY AKKULTURATSIYA



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə119/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127
GLOSSARIY
AKKULTURATSIYA – madaniyatlarning o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, u biron bir xalq yoki biron bir xalq vakili tomonidan boshqa xalq madaniyatining to‘liq yoki qisman qabul qilinishini ifodalaydi. Akkulturatsiya boshlang‘ich, ko‘nikish, moslashuv, osoyishtalik, uyga ketish arafasidagi moslashuv va so‘nggi bosqichlarga ajraladi.
ANTROPOSENTRIK PARADIGMA – tadqiqotchilar qiziqishlarining obyektdan subyektga o‘zgarishi, yo‘naltirilishi, ya’ni insonning tilda, tilning esa insonda tahlil qilinishi. Bunda asosiy e’tibor nutqiy faoliyat bajaruvchisi, ya’ni nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi til egasiga qaratiladi. Antroposentrik paradigma nuqtayi nazaridan inson dunyoni o‘zini bilish, o‘zining nazariy va amaliy faoliyati orqali taniydi. Zamonaviy tilshunoslikda til tizimini antroposentrik nuqtayi nazardan o‘rganish, asosan, lingvistik semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, pragmalingvistika hamda lingvokulturologiyaga oid tadqiqotlarda amalga oshiriladi.
ARXETIP – individlar ongida paydo bo‘ladigan va madaniyatda tarqaladigan turg‘un obraz. Arxetiplarda shaxsiy tajriba oqibatida emas, balki ajdodlardan meros qilib olingan “kollektiv g‘ayriixtiyoriylik” ifodalanadi.
DISFEMIZM – so‘zlovchining tinglovchiga yoki biror predmetga nisbatan masxara, istehzoli, iltifotsiz qarashini bildiradi. Disfemizm ifodaga salbiy yondashuvni yuzaga keltirish maqsadi bilan amalga oshiriladi.
GESHTALT – nemischa so‘z bo‘lib, u “obraz, tuzilma, yaxlit shakl” ma’nolarini anglatadi. Geshtalt yaxlit obraz hisoblanadi, ya’ni biron bir obyektni butunicha idrok qilinishi geshtalt, deb tushuniladi. Geshtaltlar konseptual bog‘lanishlar bo‘lib, ular inson psixikasining botiniga tegishli bo‘lgan va tabiiy tilning kategoriyalari doirasidan tashqarida yotgan universal tasavvurlar mohiyatidir.
KONSEPT – lotin tilidagi conceptus «tushuncha» so‘zining kalkasidir. Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinchi choragida faylasuf S. Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. Ushbu termin tilshunoslikda o‘tgan asrning 80-yillariga qadar tushuncha so‘ziga sinonim sifatida ishlatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib uning izohi tushuncha terminiga nisbatan kengayganini ko‘rish mumkin. Konsept ikki tomonli xususiyatga egadir. Bir tomondan, madaniyat konsept ko‘rinishida insonning mental dunyosiga kirsa, boshqa tomondan, inson konsept yordamida madaniyatga kiradi va ba’zan unga ta’sir ko‘rsatadi. Konseptning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi o‘zaro farqlanadi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini ifodalaydi.
LAKUNA (lot. lacuna “bo‘shliq, chuqurlik, cho‘nqir joy”; frans. lacune “bo‘shliq, bo‘sh joy”) – biron xalqning maishiy, madaniy, ijtimoiy va tarixiy hayoti uchun xarakterli va boshqa xalq uchun begona bo‘lgan, boshqa tilda aniq muqobili bo‘lmagan so‘z va so‘z birikmalari. Lakunalar qiyoslanayotgan tillarda o‘xshashi bo‘lmagan so‘zlar bo‘lib, ular, asosan, tillarning qiyosida seziladi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə