Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


Lingvokulturologiya fanning maqsadi va vazifalari



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə2/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Lingvokulturologiya fanning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi – magistrant-talabalarni etnik madaniyatning dunyoqarashi va shaklini ifodalovchi universal vosita bo‘lgan til bilan tanishtirish, ularda til va madaniyatning o‘zaro aloqasi va ta’siri bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qilish salohiyatini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.
Fanning vazifasi Antropotsentrik paradigmaning lingvistikada paydo bo‘lishida lingvo-kulturologiyaning ahamiyatini yoritib berish, magistrlarni “lingvokulturologiya” fanining “predmeti, vazifalari, metodlari va tushunchaviy-terminologik apparatidan xabardor qilish; ularning leksik birliklarda madaniyatning namoyon bo‘lishi haqidagi bilimlarini shakllantirish; magistrlarni o‘zbek tili leksikasini lingvokulturologik tahlil qilishga, shuningdek, o‘zbek tili leksikasini qiyosiy lingvokulturologik tadqiq qilishga o‘rgatishdan iborat.Ushbu fan bp`yicha dastur asosida 26 soat ma’ruza, 20 soat amaliy mashg‘ulot, 24 soat seminar ajratilgan.


Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar
“Lingvokulturologiya” fani bo‘yicha magistrant bilimlarning yangi antropotsentrik paradigmasi, lingvokulturologiya tarixi, lingvokulturo-logiya asosiy yo‘nalishlari, muqobilsiz leksika va lakunalar, mifologiya-lashtirilgan til birliklari, tilning paremiologik fondi, tilning frazeologik fondi, etalonlar, stereotiplar, ramzlar, tilning metafora-lari va obrazlari, tillarning stilistik qatlami, nutqiy muomala, nutq etiketi, lingvomadaniy paradigma, lingvokulturema, konsept, madaniy konsept, madaniy sema, madaniyat tili, madaniy matn, submadaniyat, madaniy universaliya, madaniy salohiyat, madaniy meros, madaniy an’analar, mentalitet va mentallik, o‘zbek mentaliteti, til va madaniyatning o‘zaro ta’siri, “til-madaniyat” haqidagi lingvistik ta’limotlar, olam manzarasi, olamning tildagi manzarasi, lisoniy shaxs haqida tasavvurga ega bo‘lishi, matnni uslubiy baholay olishni, tilning olam moddiy va ma’naviy tomoni, o‘zbek madaniyatining lisoniy kodda voqelanishi, etnomadaniy etikaning tamoyillari, madaniy matnlar bilan ishlash metodlari, muomalaning axloqiy me’yorlari, kommunikantlar orasida o‘zaro tushunishni ta’minlovchi omillar, mentalitetni tadqiq etishdagi o‘ziga xos usullar, madaniyatlararo muloqotda imo-ishoralar, madaniyatlararo to‘qnashuvlarni bartaraf etish yo‘llarini bilishi va ulardan foydalana olishi, til faktlarini tahlil qilishda integrativ metodlarni qo‘llash, madaniy matnlar bilan ishlash jarayonida sabr-toqatli bo‘lish, madaniy ma’nolar shakllanishining milliy o‘ziga xos mexanizmlari va ularni tilda faollashuv vositalarini aniqlash, nutqda madaniy ahamiyatga molik birliklarni topa olish, lingvokulturologik sharhlarga chegaradosh fanlardan ma’lumotlar kiritish, o‘zga til lingvomadaniy jamoasidagi qadriyatga molik o‘rinlarni belgilash, tillararo va madaniyatlararo yuz berishi mumkin bo‘lgan ssenariylar modelini ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə