Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


Madaniyat va uning o‘rganilishi



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə4/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Madaniyat va uning o‘rganilishi
“Madaniyat” tushunchasi. Madaniyat – jamiyat, inson ijodiy kuchi va qobiliyatlarining muayyan darajasi. Madaniyatshunoslikda madaniyatning o‘rganilishi. Madaniyatning o‘rganilishidagi turli nuqtai nazarlar: tasviriy, qadriyat, faoliyat, funksionistik, germenevtik, me’yoriy, ma’naviy, dialogik, informatsion, ramziy. Madaniyat va inson. Madaniyat – inson faoliyati, fikrlar dunyosi. Madaniyat va tamaddun.


Lingvokulturologiya tarixi va nazariy asoslari
Lingvokulturologiyaning vujudga kelishi. Lingvokulturologiyaning fan sifatida shakllanishi. Asosiy yo‘nalishlari: alohida ijtimoiy guruhlar lingvokulturologiyasi, diaxron, qiyosiy, chog‘ishtirma lingvo-kulturologiya va lingvokultura leksikografiyasi. Lingvokulturo-logiyaning dolzarb masalalari. O‘zbek tilshunosligidagi lingvokulturo-logik tadqiqotlar. Lingvokulturologiya maktablari.
Lingvokulturologiyaning tadqiqot ob’ekti, predmeti, maqsadi va vazifalari
Lingvokulturologiyaning tadqiqot ob’ekti va predmeti. Muqobilsiz leksika va lakunalar. Mifologiyalashtirilgan til birliklari. Tilning paremiologik fondi. Tilning frazeologik fondi. O‘xshatishlar, stereo-tiplar, ramzlar. Tilning metaforalari va obrazlari. Tillarning stilistik qatlami. Nutqiy muomala. Nutq etiketi. Lingvokulturologiyaning maqsadi va vazifalari.


Lingvokulturologiya metodologiyasi va metodlari
Fanlar metodologiyasi. Falsafiy metodologiya. Umumfan metodo-logiyasi. Xususiy metodologiya. Lingvokulturologiyaning metodlari. Lingvistik, kulturologik, sotsiologik, etnografik metodlar. J. Lakoff tomonidan taklif qilingan metaforani tahlil qilish apparati. Psixosotsiokulturologik eksperiment. Assotsiativ eksperiment. Matnlar-ning lingvokulturologik tahlili.
Lingvokulturologiyaning asosiy tushunchaviy-terminologik apparati
Lingvokulturologiya tushunchalarining talqini. Lingvomadaniy paradigma. Lingvokulturema. Madaniy sema. Madaniyat tili. Madaniy matn. Submadaniyat. Madaniy universaliya. Madaniy salohiyat. Madaniy meros. Madaniy an’analar. Madaniy jarayon. Madaniy makon. Madaniy konnotatsiya. Etnik mentallik. “Mentallik” va “mentalitet” tushunchalari. O‘zbek mentaliteti. Lingvomadaniy konsept.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə