Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə3/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va
uslubiy jihatdan uzviyligi
“Lingvokulturologiya” fani lingvistikaning tarkibiy qismi hisoblanib, u “Amaliy xorijiy til”, “Nutq madaniyati” va “Psixologiya” fanlari bilan bog‘liq.
“Lingvokulturologiya” fani “Matn tilshunosligi”, “Psixoling-vistika”, “Nazariy tilshunoslik masalalari” va “Pragmalingvistika” fanlari bilan uzviy ketma-ket bog‘langan bo‘lib, u fanlarning integra-siyalashuvi jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
“Lingvokulturologiya” fanining nazariy masalalarini amaliyotda qo‘llay olish, xususan, lingvokulturologik modellarni ishlab chiqish, ularni til materiallarining tahliliga tatbiq qilish, lingvokulturologik birliklarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan til faktlarini tahlil qilishda integrativ metodlarni qo‘llash, til va madaniyatning o‘zaro aloqasini o‘rganishda foydalanadigan tahliliy amallar va tadbirlar, tilda mavjud muqobilsiz leksika va lakunalar o‘rnini to‘ldirish mazkur fanning ishlab chiqarishdagi o‘rnini belgilaydi.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
“Lingvokulturologiya” fanini o‘rganish quyidagi an’anaviy, ilg‘or va zamonaviy usullarni, jumladan, dasturiy ta’lim “davra suhbatlari”, “klaster”, “matbuot konferensiyasi”, “baliq skeleti”ni qo‘llash, pedagogik texnologiyalardan “keys-stadi”, “bumerang” va h.k. qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Lingvomadaniy birliklar “assotsiativ eksperiment” asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy majmua, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalar, slaydlar, multimedia namoyishlaridan foydalaniladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Til, madaniyat va inson
Tilshunoslikda “paradigma” tushunchasi. Tilshunoslikda paradigmalarning o‘zgarishi masalasi. Paradigmalarning qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur va antropotsentrik turlari. Bilimlarning yangi antro-potsentrik paradigmasi va uning lingvokulturologiyadagi o‘rni. Lingvokulturologiyaning boshqa fanlar orasidagi maqomi. Lingvokultu-rologiyaning etnolingvistika, sotsiolingvistika va etnopsixolingvistika bilan chambarchas bog‘liqligi.



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə