Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Nazorat qilishning reyting tizimi. «



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə54/121
tarix31.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#121155
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Nazorat qilishning reyting tizimi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlarida ta’limning har bir bosqichida o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bolaning intellektual imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa, yuqori samaradorlik ta’minlanadi.
Ma’naviy - intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usullarda aniqlash tarbiya jarayoniga samarali o’zgartirishlar kiritadi. O’quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy - intellektual shakllanish sifatlardagi yutuq va kamchiliklarni rag’batlantirish, tuzatish tarbiya mazmuni usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim bo’ladi.
Qo’yilayotgan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning pedagogik sharoitlarining mufassal emasligi orasida tafovut yaratadi. Ayniqsa, mutaxassis tayyorlashda maktabdan boshlab oliy o’quv yurtlarini bitirib chiqqunlarigacha nazorat shaklining to’liq bo’lmaganligi ta’lim - tarbiya jarayonining asosiy muammolarini tashkil etadi. Masalani muhim tomoni shundaki, mutaxassislar ommaviy tusda tayyorlanganda tarbiyachilarning har bir talaba bilan yetarli darajada yakkama - yakka muloqot qilishga vaqti yetmaydi. Muloqot tezkor savol - javob tarzida o’tsa, tabiatan bunday muloqot talabani ham tarbiyachini ham qanoatlantirmaydi. O’quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o’quv yili davomida har doim muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy qilinib, u ba’zan o’tkaziladigan tasodifiy tekshirishlarni oldini oladi va tartibli doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O’zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat mafkura. Islom Karimov.
2.O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho‘rolarning so‘nggi talvasasi. Islom Karimov so’zlagan nutqi, 1991.
3.O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqqiyot yo‘li. Karimov I.A. T, 1992y, 13 bet.
4.O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisodiyot, siyosat mafkura. T. 1996y, 82-bet.
5.O’zbekistonda ta’lim statistikasi. 2015y.
6.mfa.uz, dtm.uz



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə