|
Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi
|
səhifə | 152/381 | tarix | 03.03.2022 | ölçüsü | 3,27 Mb. | | #84301 |
| 7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)Hikoya qilish - o’qituvchi tomonidan yangi o’tilayotgan mavzuga doir hodisa va voqealarning yaxlit qismlarga bo’lib, izchil bayon qilinishidir. Hikoya qilish davomida o’quvchilar faolligini oshirish, diqqatini bir yerga to’plash, ularning voqea ustida fikr yuritish va almashinishlariga erishishi uchun ayrim savollar berib borish ko’rsatma materiallardan foydalanish kerak. Hikoya qilishning muvaffaqiyatli bo’lishi o’qituvchi nutqining ravonligi, tushunarli va emotsional bo’lishiga bog’liq. Hikoyaning bir necha xil turi mavjud: kirish hikoyasi- o`quv materialini o`rganishga bolalarni tayyorlash maqsadida o`tkaziladi. Kirish hikoyasi badiiy asarlar bilan tanishtirish, yangi mavzuga oid omillarni eslash, ularni dastlabki tahlil etish bilan daxldor metoddir; bayon shaklidagi hikoya- yangi o`quv materialini bevosita idrok etish bilan aloqador metodi sanaladi. Bayon shaklidagi hikoyada o`qituvchi o`quv materiali mazmunini turlicha aytadi, uning asosiy va ikkinchi darajali hususiyatlarini izohlaydi; yakunlovchi hikoya-undan darsning oxirida o`rganilgan mavzuga yakun yasash maqsadida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|