Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə184/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Sinf-dars tizimi. O`rta asrning oxiriga kelib aloqalar kuchaydi, savdo va sanoat jadal sur`atlar bilan o`sdi. Natijada turli fanlar rivojlandi, dunyoviy bilimlarga ehtiyoj oshdi. Bu, o`z navbatida, maktab ta`limini yanada takomillashtirishni taqozo qilardi. Ana shunday tarixiy sharoitda buyuk chex pedagogi Y.A.Komenskiy slavyan maktablari tajribasini o`rganib, sinf-dars tizimini asosladi.

Sinf-dars tizimi jamoa asosida o`qitishga asoslangan bo`lib, unda yoshlari teng, bir xil tayyorgarlikka ega o`quvchilar bir sinfga doimiy birlashtirilgan. Har bir sinf o`ziga xos dastur darsliklar bilan ishlagan. Ta`limning yyetakchi tashkiliy shakli sifatida darsdan foydalanilgan. Har bir darsda ma`lum o`quv predmetiga oid o`quv materiallari o`rganilgan.

Y.A.Komenskiyning fikricha, sinf-dars tizimi quyidagi qoidalar asosida tashkil etilishi zarur: 1) mashg`ulotlarni qat`iy tartib asosida o`tkazish (eng yaxshi mashg`ulot ertalabki o`qishdir); 2) har bir o`quv predmetiga oid alohida mashg`ulotlarni tashkil etish (maktabda qat`i tartib-intizom bo`lishi shart; sinf o`quvchilarining barchasi bir paytda faqat bir o`quv predmetini o`rganishi zarur); 3) bolalarga oldin umumiy ma`lumot berish kerak (o`quv materiallarini shunday taqsimlash lozimki, unda oldingi mashg`ulotda o`rganilgan bilim, keyingi mashg`ulotda yana rivojlansin); 4) sinf mashg`ulotlari oldindan aniq belgilanishi kerak (vaqt, shu vaqt ichida bajariladigan ishlar shunday taqsimlansinki, unda biror narsa e`tibordan chetda qolmasin); 5) bolalar o`z sinflariga mo`ljallangan (kitoblarni mashg`ulotga olib kelishsin, kitoblar bolalar uchun donishmandlik manbai sifatida xizmat qilsin); 6) ma`lumot berish yoshlikdan boshlansin (har bir o`quv predmeti uchun alohida o`qituvchi bo`lsin); 7) bolalarda o`qishga, bilimlarga qizkish havasni uyg`otish asosiy shartlardan biri (ta`lim metodlari o`qish jarayonidagi qiyinchiliklarini kamaytirsin); 8) har bir fan qisqartirilgan, tushunarli qoidalar asosida o`rganilsin (qoidalar juda ko`p misollar vositasida isbotlansin); 9) o`qituvchi va o`quvchilar bir tilda so`zlashishsin (isbotlar, tushuntirishlar, izohlar bolalar tushunadigan tilda olib borilsin); 10) o`quvchilarga ularning yoshiga mos o`quv predmetlari o`rgatilsin (bolaning aqliy taraqqiyotiga mos kelmaydigan bilimlar o`rgatilmasin).

Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, yangi ijtimoiy munosabatlarning paydo bo`lishi va ijtimoiy-gumanitar bilimlarga ehtiyojni o`z paytida payqagan Y.A.Komenskiy sinf-dars tizimini asosladi. Sinf-dars tizimi o`z vaqtida yaratilgan bo`lsa-da, u maktablar amaliyotidan juda syokinlik bilan o`rin ola boshladi. Eski o`zbek maktabi tarixining yetuk tadqiqotchisi Y.A.Abdullayevning uqtirishicha, sinf-dars tizimi O`rta Osiyo maktablariga XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida rus-tuzem maktablari orqali kirib kela boshladi.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə