Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə186/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Dalton-reja tizimi. Dalton-reja tizimi (uni dalton-laboratoriya rejasi ham deb atashadi) mashhur pedagoglar D.Dyui, E. Dyui xayrixohligi, qo`llab quvvatlashi oqibatida AQSHda Yelena Parkxerst tomonidan asoslangan edi. Dalton-shaharning nomi.

Dalton-reja tizimiga ko`ra har bir o`quvchi o`zining imkoniyatiga yarasha individual o`qirdi. Darslarda har bir o`quvchining kuchi etadigan mustaqil ish asosida bolalarning o`quv ishlari tashkil etilardi. O`quvchilarning o`zlashtirishini nazorat etish uch xil kartochka asosida olib borilgan: instruktorning laboratoriya kartochkasi; o`quvchining shaxsiy individual hisob-kitob kartochkasi; sinfning hisob-kitob kartochkasi.

Instruktorning laboratoriya kartochkasida o`rganiladigan o`quv predmeti, sinf o`quvchilarining ismi familiyasi, o`quv haftalariga bo`lingan ish dasturi qayd etilgan. Individual kartochkada bola u yoki bu o`quv predmeti bo`yicha o`zi bajargan ishlarni qayd etgan. Sinf kartochkasida esa barcha o`quvchilar o`quv predmetlari bo`yicha erishgan yutuqlar hisobga olingan.

Dalton-reja tizimi sovet pedagogikasida 20-yillarda ma`lum o`zgartirishlar bilan brigada-laboratoriya metodi termini bilan qo`llana boshlandi. “Brigada” termini orqali ta`limning jamoa xarakteri, ”Laboratoriya” termini vositasida esa o`quvchilarning ta`lim jarayonidagi mustaqilligi e`tirof etildi.

Brigada-laboratoriya metodi o`quv-tarbiya ishlarini jamoa asosida tashkil etish hamda bolalarning mustaqilligini ta`minlash g`oyalariga asoslangan bo`lib, u quyidagicha tashkil etilardi: 1) sinf o`quvchilarining umumiy ishlashi bolalar o`qituvchi topshiriqlari bilan tanishadi; 2) jamoa bo`lib guruhlar brigada, zvenolarda topshiriqlarni bajarish; 3) mavzu yoki berilgan topshiriqlar ustida o`quvchilarning individual ishlari; 4) umumsinf, guruh brigada, zveno individual ishlar bo`yicha hisob berish; 5) bundan keyin qilinadigan ishlar bo`yicha ko`rsatmalar olish.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə