Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə185/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Bell-Lankaster tizimi. Sinf-dars tizimiga ko`ra, har bir sinfda 50-60 o`quvchi o`qirdi. Bunda yoshlarni o`qitish ancha qimmatga tushurdi. Bolalarga umumiy elementar ma`lumot berish (ularni o`qiy oladigan, yoza biladigan, hisoblay oladigan qilish) va bir o`qituvchi rahbarligida imkoniyati yetguncha ko`proq o`quvchini to`plash ehtiyoji tug`ilda. Shu ehtiyojga ko`ra XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida Anglyada Bell-Lankaster tizimi paydo bo`ldi. Uning asoschisi ruhoniy A.Bell, o`qituvchi D.Lankasterlar edi.

Bell-Lankaster tizimiga ko`ra, katta xonada (zalda) 600 tagacha o`quvchi to`planardi. Barcha o`quvchiga bitta o`qituvchi dars berardi. Kichik o`quvchilarni o`qish, yozish, hisoblashga o`rgatish katta yoshli, puxta tayyorgarlikka ega bolalarga topshiriladi. Monitorlar-o`qituvchi tayyorlagan katta yoshli ilg`or o`quvchilar o`zlaridan yosh bolalarga rahbarlik qilar edi: ularning o`qishi, yozishi, hisoblashi, matnlarni yodlashi ustidan nazorat qilishardi.

Bell-Lankaster tizimi manifaktura faoliyatiga o`xshab tashkil etilardi: uch harfni tanigan o`quvchi bilganlarini kichikroq o`quvchilarga o`rgatardi. Bunday maktablar oz xarj etib, elementar bilimlarnigina bolalarga bera olardi. Bell-Lankaster tizimining eng zaif tomoni o`quvchilarda mustaqil aqliy faoliyatning juda bo`sh rivojlanishida edi. Shu tafayli u o`zini pedagogik amaliyotda oqlay olmadi.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə