Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Kuzatuvchanlik qobiliyati



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə347/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Kuzatuvchanlik qobiliyati. - o`quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog’lik bo`lgan psixologik kuzatuvchanlik. Bunday o`qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo`lmagan tashqi belgilar asosida o`quvchining ruhiyatidagi ko`z ilg’amas o`zgarishlarni ham faxmlab oladi. O`quvchilar bunday o`qituvchi haqida: «Qaramayotganga o`xshaydiyu, hamma narsani ko`rib turadi!», «O`quvchining xafa bo`lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko`zidan biladi!» - deydilar.

  • Nutq qobiliyati-nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o`z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati.

    O`qituvchining nutqi darsda hamisha o`quvchilarga qaratilgan bo`ladi. O`qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o`quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki qoralayotgan bo`lsa ham, uning nutqi hamisha o`zining ichki kuchi, ishonchi, o`zi gapirayotgan narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.

    O`qituvchining bayoni o`quvchilar fikri va diqatini maksimal darajada faollashtirishga qaratiladi, savollar qo`yib, ularni asta-sekin to`g’ri javob berishga undaydi, o`quvchining diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. («Mana bu yerga alohida e`tibor bering!», «o`ylab ko`ring!» kabi). Shuningdek, o`rinli qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va uni o`quvchilar tez o`zlashtiradilar.

    O`qituvchining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuz jihatdan erkin, ifodali, emotsional bo`lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Ayrim o`quvchilar tez gapirishga, boshqalari sekin gapirishga moyil bo`ladilar. Biroq o`quvchilarning o`zlashtirishlari uchun o`rtacha, jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. Shoshqaloqlik materialni o`zlashtirishga halaqit beradi va bolalarni tez charchatib qo`yadi. Haddan tashqari sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo`ladi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o`quvchilarning asabini buzadi, tez toliqtirib qo`yadi. O`qituvchining zaif ovozi yomon eshitiladi. Nihoyatda ko`p takrorlanadigan bir xildagi imo-ishoralar va harakatlar kishining g’ashini keltiradi.



    1. Yüklə 3,27 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   381




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə