Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Xorijiy pedagoglar pedagogik mahorat to’g’risida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə354/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Xorijiy pedagoglar pedagogik mahorat to’g’risida

“Tarbiya san’ati shunday xususiyatga egaki, - degan edi K.Ushinskiy, - deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi - odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga shunchalik tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni ko’nikma kerak deb aytadilar: lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qiladi”.

V.Suxomlinskiy, A.Makarenko, A.Disterverg, L.Tolstoylar ham insonga bilim, ko’nikma va malakalarni singdirishda pedagogik mahoratning roli buyuk ekanligini ta’kidlaganlar.

Masalan, L.Tolstoy haqiqiy o’qituvchi shaxsiga klassik tavsif berib, quyidagilarni yozgan edi: “Agar o’qituvchi faqat o’z ishiga havas qo’ygan bo’lsa, u yaxshi o’qituvchi bo’ladi. Agar o’qituvchiga faqat otasi, onasi kabi havas qo’ygan bo’lsa, u oldingi o’qituvchidan yaxshiroq bo’ladi. Bordi-yu, mujassamlashtirsa, u holda u mukammal o’qituvchi bo’ladi”. Kasbiy tayyorgarlikning ahamiyatini yaxshi tushungan A.Disterverg esa: “O’zing bilmagan narsalarni birovlarga o’rgata olmaysan”, - degan edi.

Pedagogik mahoratni shakllantirishda o’qish san’atining roli haqida Emil Tage shunday degan edi: “O’qish san’ati o’zganing ko’magi yordamida fikr yuritish san’atidir. O’qish o’zga bilan birgalikda fikrlash, o’zganing fikrini mulohaza qilib ko’rish, o’zimizning fikrlarimizni o’lchash va unga zid fikrlarni xayoldan o’tkazish demakdir”.

Andrey Morua esa, A.Navoiy kabi, kasbni kamolga yetkazish haqida gapirib: “Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi” deb yozgan edi. Bu haqda A.Navoiy shunday yozgan edi:

Kamol et kasbkim olam uyidan,

Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.

Jahondin notamom o’tmak biaynih,

Erur hammomdin nopok chiqmoq.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə