Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig”



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə356/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig” asarida o’g’il-qizga ta’lim-tarbiya beruvchining shaxsi haqida quyidagilarni yozadi:

Murabbiyni yaxshi kishilardan olgin,

O’g’il-qiz pok o’sadi (nomatlub ishlardan) forig’ turadi.

O’g’il-qizga bilim va odob o’rgat,

Ikki olam uniki, uning manfaati yetarli bo’ladi.

O’g’ilga barcha san’at-hunarlarni tugal o’rgat,

Bu san’at-hunarlar bilan u mol-dunyo yig’a beradi (164-b).

Burhoniddin Zarnudjiy (1150 y) “O’quvchiga ta’lim yo’lida qo’llanma” asarida bilimlarni tez va puxta o’zlashtirish uslublarini ishlab chiqdi, uningcha: “O’rganuvchilar zimmasida barcha fanlar orasidan eng muhimlarini tanlash vazifasi turadi. ... Bilimlarga bo’lgan qiziqish shuni talab etadiki, u o’qituvchisiga va o’rganayotgan faniga, kitobiga nisbatan to’la qanoatli bo’lsin, toki muvaffaqiyasizlikni o’zidan yiroqlashtirish, bilimning maxsus bo’limiga nisbatan ham shunday ish tutmoq kerak.



Bilimlarni chuqur o’zlashtirishning 6 sharti mavjud: aql-farosat, kucnli istak, chidam, oziq-ovqat, o’qituvchi ta’limi va bilim olish uchun yetarli vaqt. Mashg’ulotlar davomida o’qituvchilar muallimdan “bir o’q-yoy”masofada o’tirishsin, shunda o’quvchining o’z o’qituvchisiga hurmati namoyon bo’ladi. ... O’qib-o’rganish uchun eng yaxshi vaqt - yoshlik davri, erta tong va qosh qoraygan payt. Bilim oluvchi ana shu vaqtni samarali tashkil etishga odatlantirilsin, bordiyu unga bir fan zerikarli bo’lsa, boshqasi bilan mashg’ul bo’lsin.

Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   352   353   354   355   356   357   358   359   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə