Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Pedagogik faoliyat va mahorat



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə353/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Pedagogik faoliyat va mahorat

Pedagogik faoliyat - yoshlarni hayotga, mehnatga, Vatan mudofaasiga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat va jamiyat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish ishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan kishilarning mehnat faoliyatidir.

Maktab o’qituvchilarining faoliyati respublikamizda buyuk davlat-jamiyatni quruvchi va unda yashab mehnat qiluvchi yetuk, erkin fikrlovchi inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. O’qituvchining barkamol avlodni tarbiyalash va unda yangi insonga xos sifatlarni tarkib toptirish vazifasi eng oliyjanob, yuksak va shu bilan birga eng sharafli va murakkab vazifadir. Har bir tarbiyalanuvchi o’z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Ularni o’qitish va tarbiyalashda ularning ana shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish nihoyatda murakkabdir. Bunga insonlar o’rtasida ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o’zida akz ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim.

O’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogrammasida o’z ifodasini topadi: 1) O’qituvchining shaxsiy xususiyatlari; 2) O’qituvchining pedagogik-psixologik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar; 3) Maxsus tayyorgarlikning hajmi va tarkibi: 4) Ixtisosga oid metodik tayyorgarlik mazmuni.

Pedagogik mahoratning asosiy poydevorini kasbga doir bilimlar tashkil etadi. Bunday bilimlar mazmuni esa o’qitilayotgan fan mazmuni, metodikasi, pedagogikasi va psixologiyasiga doir bilimlarni o’z ichiga oladi.

Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida (44-modda): “Tegishli ma’lumot, kasb tayyorgarligi, boy va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega”, deb ta’kidlangan.

“Ta’lim to’g’rida”gi Qonun talablarini bajarish pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishni, demak, bo’lajak o’qituvchilarda pedagogik mahoratni shakllantirishni talab etadi.




Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə