Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Mimika. O’z fikri, hissiyoti, ruhiy holatini ifodalash san’atiga - mimika



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə364/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

Mimika. O’z fikri, hissiyoti, ruhiy holatini ifodalash san’atiga - mimika deyiladi. Ba’zan o’qituvchi yuz ifodasi u aytmoqchi bo’lgan so’zdan ham ko’ra kuchli ta’sirga ega. Imo-ishora va mimika axborotning emosional ta’sir kuchini oshirib yaxshi qabul qilishiga sabab bo’ladi.

O’quvchilar o’qituvchining fikrini uning yuz ifodasidanoq bilib oladilar. Shuning uchun ham o’qituvchi o’z kechinmalarini yashira olish ham lozim. Yuz harakatlari faqatgina o’quv tarbiya maqsadida qo’llanilishi lozim.

Yuz ifodasi butun qiyofa kabi o’zga ishonch, xayrixohlik, hukm, norozilik, xursandlik, faxrlanish, loqaydlik, qiziquvchanlik, xafalik kabilarni ifodalay olishi lozim. Insonning barcha hissiyotlari uning tabassumida mujassamlashgan bo’ladi, u kishining ma’naviy sog’lomligi va axloqiy qudratini o’zida ifodalaydi. Mimikani ifodalovchi detallar - qosh va ko’zdir. Qoshning yuqoriga ko’tarilishi hayratlanishni, chimirilishi - diqqatni to’plashni, qimirlatmasdan turish-xotirjamlikni, loqaydlikni, tez harakatga kelishim - tang qolishni ifodalaydi.

Ko’z kishining eng ta’sirchan organidir. O’qituvchi o’z yuz tuzilishining imkoniyatlarini yaxshilab o’rganib chiqishi lozim. U har bir xodisaga nisbatan o’z ko’z qarashlari bilan o’zining ijobiy, salbiy, betaraf munosabatini ifodalay bilishi lozim. Uning ko’zi “olma-kesak” termasligi, yoki “baliq ko’z” bo’lmasligi lozim.

Mana masalan, quvonchli holatni ifodalovchi belgilar: tabassum, ko’z yashnaydi, haddan tashqari imo-ishoralar, so’zamollik, boshqalarga yordam berish istagi ko’zga tashlanadi.

Qo’rquv belgilari: ko’zlar katta-katta ochilgan, gavda shalpaygan, qoshlar biroz ko’tarilgan, ovoz titraydi, ko’z olma-kesak teradi, harakatlar shiddatli, gavda titraydi.

O’qituvchining nazari o’quvchilarda bo’lishi lozim. Ular orasidagi ko’z aloqasi mashg’ulotlar davomida mustahkamlanib borishi kerak. Biroq shuni ham unutmaslik lozimki, katta yig’in, mitinglarda so’zga chiqqanda bunday aloqadan voz kechish lozim. Chunki ko’pchilik tomonidan hosil bo’ladigan biomaydon notiqqa salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham olomonga xuddi devor yoki gulzorni kuzatgan kabi nazar tashlagan maqsadga muvofiq bo’ladi: olamon biomaydoni notiqqa salbiy ta’sir ko’rsata olmaydi.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə