Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasi


O’qituvchi munosabatlarida xushmuomalalik



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə374/381
tarix03.03.2022
ölçüsü3,27 Mb.
#84301
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   381
7cd24b2e3dfc14533e311a0b5103aa9f UMUMIY PEDAGOGIKA (5)

O’qituvchi munosabatlarida xushmuomalalik

Takt so’zma-so’z tarjima qilinganida dahldorlik, aloqadorlik, taalluqlilik ma’nosini bildiradi. Xushmuomalalik ishtirokchilar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik munosabatlarini tartibga solishga yordam beruvchi axloqiy mezon.

Xushmuomala xulq-atvorli pedagog insonparvarlik prinsipiga asoslanib, eng murakkab vaziyatlarda ham insonni hurmat qilish asosida ish tutadi. Bu to’g’risida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida “ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” ta’kidlangan.

Pedagogik xushmuomalalik pedagogning kasb sifati ya’ni mahoratining bir bo’lagidir. Pedagogik nazorat umumiy nazoratdan farqlanib, o’qituvchi shaxsining asosiy sifati bo’lib balki o’quvchiga to’g’ri malakali yondoshishni nazarda tutadi. Shunday qilib, pedagogik xushmuomalalik - o’qituvchining maqsadga muvofiq o’quvchiga ta’sir ko’rsatish mahoratini belgilab beradigan, samarali uslubiy aloqasidir.

K.D.UshinskiyMaktabda hazilga yo’l qo’yishni jiddiy hukm surishi lozim, ammo hamma ish hazilga, ermakka, sertakalluflikka, adolat tirnoq ostidan kir izlashga, yaxshilik, muloyimlikka, tartib bachkanalikka aylanib ketmasligi, eng muhimi doimo aqliy faoliyat hukmron bo’lishi kerak”, - deb ta’kidlagan edi.

O’qituvchining o’quvchilarga qo’yadigan talablari me’yoridan ortiq bo’lsa, teskari natijalarni me’yoridan ortiq ko’ngilsizlik esa salbiy natijalarni keltirib chiqarishi mumkin. O’qituvchi o’quvchini hurmatlab buni o’quvchilarga ko’rsata olish zarur. Hurmat qilish ochiq ko’ngillikni, erkalatishni, talabchanlikni inkor etmaydi, aksincha uni kuchaytiradi. Talabchanlik o’quvchi yoshining o’rtiq bo’lishi bilan orttirib boriladi.


Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   381




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə