Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Informatikadan to’garakning oʻquv dasturi (16-18 yoshlar uchun) oʻqtirish xati



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə26/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
2 5339481197535828357

Informatikadan to’garakning oʻquv dasturi (16-18 yoshlar uchun) oʻqtirish xati.

Informatika va axborot texnologiyalari (Informatika va AT) – oʻsib kelayotgan avlodga axborotlar bilan ishlash texnologiyalari va ulardan foydalanish jarayonlarini puxta oʻzlashtirishni ta’minlashdan iborat. Oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, oʻz-oʻzini anglash salohiyatini shakllanishi va oʻsishi koʻp jihatdan axborot texnologiyalariga bog‘liqdir.
Inson oʻz hayotida shaxsiy, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda oʻz oʻrnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi oʻz sohasi, kasbi boʻyicha raqobatbardosh boʻlishi uchun zarur boʻlgan tayanch kompetensiyalarga ega boʻlishi lozim.
Bundan tashqari, ta’limda har bir oʻquv fanini oʻzlashtirish jarayonida oʻquvchilarda, shu fanning oʻziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, sohaga tegishli fanga oid kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Fanning maqsadi oʻquvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish kompetensiyalarini shakllantirish orqali ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan shaxs etib tarbiyalashdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalari oʻquv fani oʻrta umumta’lim maktablarining 5-sinfidan boshlanadi va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida umumta’lim oʻquv fani sifatida uzviy davom etadi.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida oʻrganilgan oʻquv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida aynan takrorlanmasligi, oʻquvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, umumiy oʻrta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda informatikaga oid tushunchalarni asta-sekin oddiydan murakkabga shakllantirilishi e’tiborga olingan.
Ilg‘or milliy va xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda fanni oʻqitishda rivojlangan davlatlarda keng qoʻllanilayotgan STEM (science, technology, engeenering and mathematics - fan, texnologiya, muxandislik va matematika) oʻqitish konsepsiyasiga hamda dasturlashning tayanch tushunchalarini (mantiqiy amallar, algoritmlar, blok-sxemalar va x.k.) shakllantirish metodologiyasiga tayanish maqsadga muvofiq.
Informatika va axborot texnologiyalari oʻquv fanini oʻqitishning asosiy maqsadi:
oʻsib kelayotgan avlodni zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ishlash malakalari, mustaqil, mantiqiy va algoritmik fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan va olgan bilimlarini hayotda tatbiq etishga oʻrgatishdan iborat.
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limining asosiy vazifalari:

  • inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida informatika va axborot texnologiyalarining ahamiyatini anglash;

  • oʻquvchilarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularni amaliyotda qoʻllash haqida bilimlar berish;

  • kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari va asosiy bosqichlarini ketma-ketlikda toʻg‘ri bajarishga oʻrgatish;

  • algoritmik tuzilmalar, algoritmlash va dasturlash asoslari haqida bilim berish;

  • kompyuterning dasturiy ta’minoti va ularning imkoniyatlarini ajrata bilish hamda amaliyotda qoʻllay olishga oʻrgatish;

  • oʻquvchilarni aqliy rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini, mustaqil ta’lim olish koʻnikmalarini shakllantirish;

  • fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda oʻquvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish madaniyatini oʻrgatib borish;

  • ta’lim-­tarbiya olishning keyingi bosqichlarida davom ettirishlari, ongli ravishda kasb tanlashga zarur boʻlgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

8-9-sinflardagi amaliy mashg‘ulotlarda “Iqtisod va soliq saboqlari”, “Tejamkorlik saboqlari” oʻquv kurslariga bog‘liq boʻlgan masalalar yechilishi lozim.
Oʻqituvchi amaliy mashq darsida nazorat ishi natijalariga koʻra oʻquvchilarda aniqlangan boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida xatolarni tushuntiradi, oʻquvchilar esa nazorat ishida berilgan topshiriqlarga oʻxshash topshiriqlarni yechadi va hulosalar chiqaradi. Bunda oʻqituvchiga tabaqalashtirilgan ta’lim prinsipiga tayanishi tavsiya etiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmunidan kelib chiqqan holda oʻquvchilarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarning elementlari (A1(A1+); A2(A2+)) bosqichma - bosqich shakllantiriladi.
Darslar ikki guruhga boʻlib oʻtiladi.
Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi.
TK-tayanch kompetensiya
TK1-kommunikativ kompetensiya
TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi
TK3-oʻzini-oʻzi rivojlantirish kompetensiyasi
TK4- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
TK5- Milliy va umummadaniy kompetensiya
TK6- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor boʻlish hamda foydalanish kompetensiyasi
FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1-Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig‘ish kompetensiyasi
FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi
FK3-Axborotlarni elektron vositalar orqali uzatish kompetensiyasi.


  1. Yüklə 2,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə