Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Toʼgaraklarda guruh aʼzolari bilan ishlash va oʻqitish turlari



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə39/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
2 5339481197535828357

2. Toʼgaraklarda guruh aʼzolari bilan ishlash va oʻqitish turlari.
Axborot madaniyatini to’liq o’zlashtirish, axborot - kommunikatsiya texnologiyalari bo’yicha chuqur bilimlarga ega bo’lish xozirgi zamon talablaridan biridir. Informatika va AKT O’qituvchisining maqsadi – axborot jamiyatida yashay oladigan shaxsning shakllanishiga o’z xissasini qo’shish. Ushbu maqsadgaerishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
 o’quvchilarda axborot madaniyati elementlarini shakllantirish uchun sharoit yaratish;
 mustaqil bilim olish hamda o’z ustida ishlash malakalarini shakllantirish uchun sharoit yaratish;
 informatika va AKTni O’qitishda fanlararo bog’liqlik;
 iqtidorli o’quvchilarni aniqlash uchun shart-sharoit yaratish.
Informatika fanini o‘qitish shakllari.
O’qitishning umumiy shakllarini quyidagilarga ajratish mumkin:
 frontal O’qitish
 jamoa bo’lib o’qitish
 guruhlarga bo’lib o’qitish
 juftlikda ishlash
 individual o’qitish
O’qitishning umumiy shakllarini ajratishda O’qituvchi va o’quvchi, o’quvchi va o’quvchi orasidagi kommunikativ aloqa xususiyatlariga asoslanilgan.
Frontal o‘qitish - o‘qitishning an’anaviy turlaridan biri xisoblanib, O’qituvchi butun sinf bilan yagona mazmun, maqsad va vazifalar asosida ish olib boradi. Ushbu O’qitish shaklidan suhbat, ko’rgazmalilik, amaliy metodlarni qo„llashda hamda o’quvchilar bilimini nazorat qilish jarayonida foydalaniladi.
Jamoa bo‘lib ishlash - o‘qitishning frontal shaklidan shunisi bilan farq qiladiki, bunda sinf o’quvchilariga o’z liderlari va o’zaro aloqa qilish xususiyatlariga ega bir butun bir jamoa deb qaraladi.
Guruhlarga bo‘lib ishlash – o’quvchilar turli muddatga shakllanganguruhlarga bo’linadi. O’qitishning bu shaklidan yangi dasturiy vositalarni o„rganishda, loyihalar utida ishlashda, kompyuterlar soni yetarli bo’lmaganida foydalanish mumkin. Guruhlarga bo’linib ish olib borilganda, guruhlar ichida jadal axborot almashish amalga oshiriladi. Shuning uchun, guruhlar turli bilim darajasiga va qiziqishiga ega o’quvchilardan shakllantirilishi zarur. Turli bilim darajasidagi o’quvchilarning bir-biri bilan muloqot qilish natijasida bilim, ko„nikma, malakalarni o’zlashtirish samaradorligi oshadi.
Juftliklarda ishlash – o’quvchilar juftliklarga bo’linib, yagona bir vazifani hal qilish maqsadida o’zaro o’rganish, o’zaro nazoratni amalga oshiradilar. Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim hollarda o’quvchiga sinfdoshining yordami o’qituvchining yordamidan ko’proq samara berishi mumkin.
Individual ishlash – O’qituvchining bir o’quvchi bilan o’zaro aloqasi (repetitorlik, tyuterlik, konsultatsiyalar berish va boshqalar). Informatika darslarda har bir o’quvchining individual faoliyatini boshqarish murakkab jarayondir. o’qituvchi ushbu faoliyatni samarali boshqarishi uchun o’z pedagogik tajribasini yo’naltirib, o’rgatuvchi dasturlar, mavjud dasturiy vositalar hamda axborot resurslaridan dars jarayonida foydalanishi zarur.
Informatika individual O’qitishning yangi bir turi “o’quvchi va kompyuter”ni shakllantirdi. O’quvchi kompyuter bilan yakama yakka kolib, o’zi uchun o’quv materialini o’zlashtirishning individual rejasini ishlab chiqadi.
O’qituvchining asosiy vazifalaridan biri- o’quvchida mustaqil bilim olish malakalarini shakllantirish. Namoyish. O’qituvchi ekranda o’quvchilarga kurs mazmunining turli elementlarini namoyish etadi: interfeys, dasturlar, sxemalar, matnlar, rasmlar va boshqalar. O’qituvchi ekran yordamida kompyuterda turli vazifalar bajarilishini ko„rsatadi, o’quvchilar o’z kompyuterlarida bajaradilar. Namoyishning asosiy funksiyasi – o’quvchilarga yangi o’quv axborotni yetkazish.
Laboratoriya ishi (frontal)informatika kabinetida ishlashning asosiy shakllaridan biri. Barcha o’quvchilar o’z ish joylarida tegishli dasturiy vositalar bilan ish olib boradilar. Shuningdek o’quvchilar sinxron tarzda turli dasturiy vositalar bilan o’quv faoliyatini olib borishlari mumkin. Frontal laboratoriya ishi jarayonida o’qituvchining vazifasi o’quvchilarning ishlarini kuzatish (jumladan lokal tarmoq orqali) hamda ularga amaliy yordam berish.
Foydalanilayotgan dasturiy vositalarning didaktik vazifasi turli bo’lishi mumkin: yangi materialni o’zlashtirish (masalan, o’rgatuvchi dasturlar orqali), yangi mavzuni mustahkamlash (masalan, trenajer dasturlar yordamida), olingan bilim va ko’nikmalarni nazorat qilish (nazorat dasturlari yoki testlar orqali). guruhlarda ishlash o’quvchilarning darsda faolligini ta’minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan auditoriyada o’rganishga imkoni tug’ildi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi.
Qo’llanish usuli.
1. Faoliyatni tanlash. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada talabalar uni o’rganish (bajarish) uchun ijodiy faoliyat ko’rsatishlari zarur bo’ladi va vazifalar belgilab olinadi.
2. Zaruriy asos yaratish. Talabalar kichik guruh ishida qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat bo’yicha ba’zi bilim, ko’nikma va malakalarni oldindan egallagan bo’lishlari kerak.
3. Guruhni shakllantirish. Odatda xar bir guruhda 3-5 o’quvchi bo’ladi (ehtimol, kam yoki ko’p bo’lishi mumkin). Agar guruhda ishlash u yoki bu yozma xujjat tayyorlashni talab etsa, yaxshisi 2-3 kishili guruh tuzilgani ma’qul. Guruh o’lchovi masalaning muhimligi, auditoriyadagi talabalar soni, o’quvchilarning bir-biri bilan konstruktiv holatda o’zaro harakatiga bog’liq holda o’zgaradi. Eng yaxshisi, “getrogen” guruh tashkil etishidir (jinsi, o’zlashtirish darajasi va boshqa belgilar asosida). Guruhda ishlash o’quvchilar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi (misol uchun, bir talaba munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi spiker (sardor) rolini o’taydi va hokazo). Auditoriyani guruhlarga ajratish, hoxish bo’yicha yoki hisob bo’yicha amalga oshiriladi.

4. Aniq yo’l-yo’riqlar ko’rsatish. o’quvchilarga faoliyatni bajarish bo’yicha aniq va xajm jixatdan ko’p bo’lmagan tushuntirish beriladi. O’qituvchi guruhlarining ishlash tezligi turlicha bo’lishini inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli materiallar va axborotlar bilan ta’minlanadi.


Talabalar guruhda ishni boshlashlari uchun vazifalarini aniq tushunib etganligi tekshirib ko’riladi.
5. Qo’llab quvvatlash va yo’naltirish. o’qituvchi zarurat tug’ilsa guruhlar
yoniga navbatma-navbat kelib to’g’ri yo’nalishda ishlayotganligini qayd etadi yoki ularga yordam beradi, guruhlarga ta’zyiq o’tkazilmaydi.
6. Muhokama qilish va baholash. Guruhlarda ish yakunlangach, ular natijalari bo’yicha axborot beradilar. Buning uchun xar bir guruh o’z sardo -rini belgilaydi. Zarurat tug’ilsa, faoliyat natijalari bo’yicha bildirilgan fikrlar o’qituvchi tomonidan yozilib boriladi. Muhimi, guruhning echimining asoslanishini aniqlashtirib olishdi. Agar vaqt etarlicha bo’lsa, u yoki bu fikrni argumentlashda guruhlar bir-biriga savol ham berishlari mumkin. Kichik guruhlarda ishlash natijalari o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatni to’g’ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi.
Ushbu metod qo’llanilganda talaba kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo’lishga, bir-biridan o’rganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo’ladi.
Kichik guruhlarda ishlash metodi qo’llanilganda o’qituvchi boshqa noan’anaviy metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo’ladi.
Chunki o’qituvchi bir vaqtning o’zida barcha talabalarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi.



Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə