Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Toʼgarakalarda oʼquvchilarni tarbiyalashning ahamiyati



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə42/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61
2 5339481197535828357

2. Toʼgarakalarda oʼquvchilarni tarbiyalashning ahamiyati.
Bugun informatika fanidan dars berayotgan har bir o’qituvchini qiynayotgan muammo bir xil: o’rgatilishi zarur bo’lgan ma’lumot ko’p, vaqt esa oz. Tez rivojlanayotgan axborot asrida bu tabiiy hol. Bugun yaratilgan yangilikni o’quvchingizga yetkazib ulgurmasangiz, ertaga u ikki barobar ko’payib ketishi tayin. Nima qilmoq kerak?! Albatta, har bir fanda bo’lgani kabi Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanidan ham sinfdan tashqari ishlar, xususan to’garak faoliyatini yo’lga qo’yish zarur.
Bugun axborot olami juda keng. Uning sarhadlari bepoyon. Bu olam darchasidan bir mo’ralagan har qanday kishini (ayniqsa, yoshlarni) rang barang va jozibador makonlar o’ziga tortishi tayin. Informatika darslari orqali bu olam haqida so’z yuritiladi-yu hammasi boshlang’ich tushunchalardagina to’xtab qoladi.
Natijada virtual dunyo haqidagi tasavvurlari endigina hakllanayotgan yoshlar axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun internet kafe, kompyuter o’yinlari markazi yoki turli klublarga murojaat qiladilar. U yerda esa “Hamma narsa bor!”. Ayniqsa, bugun yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan ijtimoiy tarmoqlar “beminnat xizmat”ga tayyor. Informatika fanidan to’garak faoliyatini yo’lga qo’yish orqali o’quvchilarning informatika bo’yicha bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda ularning axborotga bo’lgan ehtiyojlarini ham qisman bo’lsada qondirish mumkin. Ya’ni o’quvchilar axborot, axborot texnologiyalari, kompyuter haqidagi tushunchalarining bir qismini dars vaqtida olsalar, to’garak mashg’ulotlari davomida ularning atrofiga qo’shimcha ma’lumotlar qo’shilib, “safi to’lib” boradi. Informatika fanidan to’ggarak mashg’ulotlari bugungi kunda har bir maktabda tashkil etilishi zarur bo’lgan tadbir hisoblanadi.
To’garak orqali o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlari oshiriladi, kompyuterning imkoniyatlari o’rgatilib, xalq xo’jaligida foydalanish uchun mo’ljallangan har xil dasturlar yaqindan tanishtiriladi. Informatika to’garagiga asosan fanga qiziquvchi o’quvchilar kiritiladi, lekin umumiy dars samaradorligidan kelib chiqib, past o’zlashtiruvchi o’quvchilardan ham alohida guruh shakllantirilishi mumkin (shunday guruh haqida o’quvhcilarga gapirish shart emas).
To’garak a’zolari soni maktabdagi kompyuterlar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ularning soni 10-12 kishidan iborat bo’lishi tavsiya etiladi. Maktab kompyuter sinfi bilan ta’minlanmagani holda to’garak qatnashchilarining sonini 15 nafargacha oshirish mumkin. To’garakka yuqori va o’rta sinf o’quvchilari birdek qabul qilinaveradi. Mashg’ulotlar haftasiga 2 marta, 1 soatdan kam, 2 soatdan ko’p bo’lmagan vaqt davomida olib boriladi.
Bu to’garaklar o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini o’stirish va informatikaning asosiy tushunchalarini chuqur o’rganishlarini ta’minlaydi. O’quvchilar dunyoqarashini ilg’or zamonaviy va amaliy dasturiy vositalar yo’nalishida shakllantiradi, mustaqil fikrlash qobiliyatini oshiradi. To’garakning asosiy yo’nalishi – o’quvchilarni yangi kompyuter texnologiyasi bilan tanishtirish, ularga hozirgi paytda foydalanilayotgan zamonaviy dasturiy vositalar haqida ma’lumotlar berish, keng tarqalgan dasturlash tillaridan birida ishlashni o’rgatishdan iboratdir. Aslida, informatika to’garagi rejasi har bir o’qituvchi tomonidan individual tarzda ishlab chiqilaqi va bunda o’qituvchining shaxsiy potensiali, o’quvchilarning istak-hoxishlari, fan bo’yicha umumiy bilim samaradorligi hisobga olinadi. Shu bulan bir qatorda barcha rejalar quyidagi uch yo’nalishdan kelib chiqqan holda tuzilishi shart:
Axborot texnologiyalari bo’yicha fan va texnikaning so’nggi yutuqlariga oid mavzular.
Ta’kidlash kerakki, birinchi yo’nalishdagi mavzular to’garak rejasiga kiritilgan taqdirda, mavzular o’quv rejasi bilan parallel taqsimlanishiga erishish zarur. Quyida informatika to’garagi rejasidan namunalar keltirilmoqda. Namunaviy rejalarga kiritilgan mavzular hamda ular uchun mo’ljallangan soatlar taqsimoti taxminiy keltirilgan bo’lib, har bir informatika fani o’qituvchisi to’garak rejasini shakllantirish jarayonida o’quvchilarning potensiali hamda to’garam mashg’ulotlarini o’tkazishga sarflanadigan vaqtdan kelib chiqqan holda ularga keraklicha o’zgaritirhskiritishi mumkin. Shuningdek, o’quv yili davomida o’quvchilarning o’zlashtirishlaridagi o’zgarishlarni inobatga olib, maktab direktorining o’rinbosari bilan kelishgan holda to’garak rejasiga zarur qo’shimcha yoki o’zgartirishlar kiritish ham mumkin. Bu orqali o’qituvchi nafaqat to’garak mashg’ulotlarining tizimli olib borilishini balki, informatika fani bo’yicha o’quvchilar bilim samaradorligining oshirilishiga ham erisha oladi.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə