Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Informatikada toʻʼgarak tashkil etishda yoshni,qiziqishni hisobga olgan holda samaradorlikka erishish



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə17/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
2 5339481197535828357

Informatikada toʻʼgarak tashkil etishda yoshni,qiziqishni hisobga olgan holda samaradorlikka erishish.

Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga yo’naltirish yoshlarning kasbni erkin va mustahkam tanlashlari uchun mustaqil zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu shaxsning ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni birga ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayoni uzviylikda amalga oshiriladi.
Kasb tanlashga yo’llash –yo’naltirish, ajrata bilish, belgilash xayotda to’g’ri yo’lni tanlash degan ma’noni bildiradi.
Kasb tanlashga yo’llash tushunchasi – o’quvchi yoshlarni ongli to’g’ri va erkin kasb tanlashga, kasblar, hunarlarning mehnat yo’lini to’g’ri belgilashga qaratilgan muayyan pedagogik ishni ifoda etadi.
Kasb so’zining ma’nosi – Insonlarning hunari, faoliyat turi va hayot kechirishlari uchun manba xizmatini o’taydigan mashg’ulotni bildiradi.
To’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish ishlarini moxiyati : Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashda uni har tomonlama va barkamol rivojlantirishning shart-sharoitlarini yaratishdir.
To’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish – O’quvchining o’z ehtiyojini oqilona cheklaydigan shaxs sifatida kamolotga yetishining pedagogik jarayoni bo’lib, pedagogik tashqi ijtimoiy bog’liq bo’lgan tafakkuri va hatti – harakatlarini ongli ravishda o’z-o’zini boshqaruvchisidir. Ushbu vositalar kasb va hunarga yo’naltirish mazmunining asosini tashkil etadi. Kasb va to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirishning nazariy shart – sharoitlari deganda, kasb va hunarga yo’naltirish faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan turli xil qarashlar majmuasi, g’oyalari va tasavvurlar yig’indisi ko’riladi. Bu yoshlarning shaxsiy qiziqishlari, layoqati va qobiliyatlariga mos keladigan, jamiyat uchun zarur kasblarga yo’llashdir.
Muammoning muhimligi, yoshlarni to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirishga oid bir qancha amaliy masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi vaqtda ko’plab mutaxassislar: pedagoglar, psixologlar, shiforkorlar, iqtisodchilar, sotsiologlar va g’oyat xilma – xil sohalarda ishlovchi amaliyotchi xodimlarning e’tiborini o’ziga jalb etadi. Bu borada ko’plab mutaxassislarning ishtirok etishi va ish olib borishi muammoni to’g’ri va kompleks tarzda hal etish uchun zamin va sharoitlar yaratib beradi, albatta. Kasb va kasbga yunaltirish ishlari quyidagi asosiy yunalishlarini uz ichiga oladi:
Kasbiy axborot o’quvchi-yoshlarni zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblari, xo’jalik majmuasining malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojlari kasb bozorining kelajakdagi rivojlanishi, kasblarni o’zlashtirishning shakllari va sharoitlari mehnat faoliyati jarayonida kasbiy malakaviy o’sish va o’z -o’zini takomillashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirish;
Kasbiy maslahat Yoshlarning pedagogik psixologik xususiyatlari va imkoniyatlari xamda jamiyatning ehtiyojlarini hisobga olgan holda kasbiy yo’lini tanlash bo’yicha ongli ravishda qaror qabul qilish maqsadida kasbiy o’zligini aniqlashda yordam ko’rsatish;
Kasbiy tanlash- pedagogik – psixologik psixofiziologik, tibbiy tashxis asosida o’zining psixologik - fiziologik xususiyatlarga ko’proq mos bo’lgan turli kasbiy yo’nalishlar to’g’risida tavsiyalar berish:
Kasbiy saralash- insonning ma’lum kasbga tegishli me’yoriy talablariga mos ravishda kasbiy loyiqlik darajasini aniqlash.
Mehnat va kasb-hunar ta’limida o’quvchilarni kasb va hunarga yo’naltirishning quyidagi usullarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
O’quvchilarni kasblar bilan tanishtirish.
Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni o’qishni tavsiya etish:
Har bir kasb haqida maxsus darslar o’tish:
Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
Mehnat ilg’orlari bilan, ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar o’tkazish:
Mehnat ta’limi yo’nalishi bo’yicha – mul’timedialar ko’rsatish:
O’quvchilarni turli xil to’garaklarga jalb etish:
Kasblar o’yinini tashkil etish
Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib berish.
To’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. O’quvchilarni to’garak ishlari orqali kasb tanlashga yo’naltirishning asosiy yosh bosqichlari mazmuni:
1.1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi - I-bosqich
1.2. Boshlangich kichik yoshdagi (1-4 sinflar) – II – bosqich
1.3. O’rta yoshdagi (5-7 sinflar) - III - bosqich
1.4. Katta yoshdagi (8-9 sinflar) – IV – bosqich
2. O’quvchilar kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni (besh ballik) ko’rsatkich va o’lchovlari.
Birinchi bosqich – Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda (katta gurux) mehnat bilan band bo’ladigan insonlarga, ularning mashg’ulotlariga, shuningdek qo’llaridan keladigan faoliyat turlari bo’yicha dastlabki mehnat ko’nikmalarini ijobiy, xissiy ta’sirchan shakllantirish:
Ikkinchi bosqich – Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni bilishga oid va o’yin ko’rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amalga tadbiq qilish orqali, mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yo’nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga bo’lgan qiziqishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich – O’quvchilarni to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish mazmuni ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o’z o’rnini topishdagi hamda ma’naviy- moddiy qadriyatning izlanuvchan – sinchkov ko’rinishlarini shakllantirish:
To’rtinchi bosqich – O’quvchilarda kasbiy o’zlikni anglashni shakllantirish davri ya’ni o’quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchi javobgarlik xislatlarini shakllantirish. Shu sababdan ham mutaxassislarning har biri to’la aniq to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish sohasidagi o’z faoliyatida o’zlariga ma’lum bo’lgan metodlarga, muammoga yondoshuv usullariga hamda idrok qilish uslubi va shu kabilarga tayanadi hamda to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish metodologiyasini ishlab chiqish, to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirish sohasidagi bundan buyon muvaffaqiyatli ish olib borishning muhim shartidir.
Hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida o’quvchi-yoshlarni jamiyat barpo etishda faol qatnashishga tayyorlash lozim bo’lgan umumta’lim maktabining o’rni har qachongidan ko’ra o’sdi. Shu munosabat bilan o’quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash ta’lim va tarbiyaning hamma bosqichlarida hozirgi maktabning vazifalaridandir.

Pedagoglarning oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:


- o’quvchilarda aniq bo’lgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish;
- uni to’garak ishlari orqali kasb tanlash darajasiga yetkazish;
- ko’p qirrali qiziqishga ega bo’lgan o’quvchilarda o’ziga ko’proq yoqqan sohani, to’garakni tanlashga amaliy yordam berish;
- o’quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmatni tarbiyalab borish;
- o’quvchilarning o’ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda ularni sekinasta jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;
- kasbiy ma’lumotlarni yetarlicha berib borish;
- inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har tomonlama tejash xislatlarini tarbiyalash;
- o’quvchilarning o’zi qiziqadigan mehnat ta’limi yo’nalishiga jalb qilish va egallangan iqtisodiy bilimlarni amalda qo’llashlariga erishish;
- o’quvchilarda mehnat va to’garak ishlari orqali kasb tanlash darslariga qiziqish uyg’otish va uni oshirishda hal qiluvchi ta’sirni yuksak mahorat bilan amalga oshirish. Bu jarayon to’g’ri tashkil etilganda shaxsning bo’lg’usi kasbiy faoliyat sube’kti sifatida shakllanishini ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o’quvchilarini kasb va to’garak ishlari orqali kasbga yo’naltirishning muhimligi ancha oshdi.
O’quvchilarni to’g’ri va erkin kasb tanlashga yo’naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalardan biridir. To’garak ishlari orqali kasb tanlash insonning kelajagini hayot tarzini belgilashda katta ahamiyatga ega. Har bir shaxs kasbni o’z qiziqishi, qobiliyati nuqtai nazaridan tanlaydi.
Kasbni to’g’ri tanlash – inson turmushida muhim qadamdir, o’quvchi yoshlarni butun hayotidagi muvaffaqqiyati, ko’p jihatdan kasbning qanchalik to’g’ri tanlanishiga bog’liq.
Kasb tanlashda o’quvchilarga bir qator omillar ta’sir etadi.
Qiziqish – bu voqelikdagi predmetlar va hodisalarning bilish yo’nalishini belgilaydigan, biror narsaga berilish, qoniqish tuyg’usi orqali uyg’onadigan faoliyati tushuniladi.
Qobiliyat – Qaysi bir faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga ta’lluqli bo’lgan va bilimlar, malakalarni egallashning tezkorligini yengilligini izohlab beradigan xususiyatdir.
Idrok – Mazkur muddatda sezgi organlarining yoki bir butun xodisalarning inson ongida aks etishidir.
Xarakter – xatti harakatlarning sifat jihatlarining o’ziga xosligini, mustahkamligini ko’rsatib turadigan, maxsus munosabatlarni paydo bo’lish jarayonida o’zining izini qoldiradigan xususiyatlari majmuasidir.
Tafakkur - bilish, anglashning yuqori shakli bo’lib o’zida ob’yektiv dunyodagi xodisalar bilan narsalar o’rtasidagi munosabatlarni namoyon etishdir.
Bilish - dunyo haqidagi yangi bilimlar hisoblanadigan sub’ekt va ob’ektning o’zaro ta’sirini, voqelikning ruhiyatida qayta ta’sir etilishi hamda aks ettirish jarayonidir.
Erk - o’z oldiga maqsadlarni qo’yish va qabul qilish bilan ularni hal etish, amalga oshirish yo’lida ichki va tashqi to’sqinliklarni yengib o’tishdir. Hozirda o’quvchilarni kasb tanlashga yo’llashda pedagogik-psixologik, umumtexnik va kasb ta’limi mutaxassislari olib borayotgan togarak ishlar salmoqli o’ringa ega. Darhaqiqat, o’quvchi yoshlarning kasbiy bilimlarini va ko’nikmalarini shakllantirish, ularga to’g’ri yo’nalish berish kasb hunarga yo’naltiruvchi mutaxassislar, pedagogpsixolog tomonidan boshqarilib kelinmoqda. Quyida pedagogik-psixologik va umumkasbiy tayyorgarligiga to’xtalib o’tmoqchimiz. Jumladan:
Birinchidan - o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltiruvchi va pedagog psixologlarni hamda umumtexnik va kasbiy ta’lim mutaxassislarni malakasini va saviyasini oshirib borsak, ularga qayta tayyorlov, o’quv semenarlar tashkil qilib amaliy yordam berib, ularning moddiy ehtiyojlarini qondirilishi;
Ikkinchidan–o’quvchilarni kasb-hunarga qiziqishlarini, moyilliklarini kuchaytirish maqsadida har xil kasb hunar novatorlari bilan davra suhbatlari, baxsmunozaralar, hunarmandlar maydoniga sayohatdan foydalanganda ham mahorat bilan foydalanishi;
Uchinchidan - o’quvchilarni kasb - hunarga yo’naltirishda mahalla va otaonalarning roli juda kattadir. Buning uchun sinf rahbarlari bilan ota-onalar
hamkorlikda har oyda bir marta “Kasbiy maslahatlar kuni” ni tashkil etib, ular bilan turli kasb-hunarlarga tayyorlashda muammo va yechimlar davra suhbatlarini o’tkazish.
To’rtinchidan – bir necha yillar davomida halol mehnat bilan elga tanilgan xalq hunarmandlari va mehnat faxriylari bilan “Mehnat, mehnatning tagi rohat”,
“Mehnat-baxt keltiruvchi omil”, “Kasb-u kamol xusn-u jamol” kabi mavzularda uchrashuvlarni tashkil etish.
O’quvchi 9-sinfga borganidan yakuniy psixolog-pedagog va kasbiy tashxisidan o’tkazilib, uning ‘Tashxis xaritasi’ asosida aniqlangan qiziqishi, moyillik va layoqadlar tizimi tahlil etilib, o’quvchining eng so’nggi kasbiy yo’nalishi aniqlanadi va umumta’lim maktabida tashkil etilgan tavsiyanomalar berish bo’yicha hududiy komissiya qaroriga asosan o’quvchiga akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlariga yo’naltiruvchi tavsiyanoma beriladi. Maktabda tashkil etilgan hududiy komissiyaning raisi maktab direktorii hisoblanadi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda maktab, kasb-hunar kollejlari, mahalla fuqarolari yig’inlarining o’zaro hamjihatligi juda katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinflarda maktab ma’muriyati bilan birgalikda noan’anaviy sayohat darslarini tashkil etib o’quvchilarni har xil sohaviy kollej, korxona, faoliyati, yo’nalishi va hayoti bilan tanishtirishi, u yerda ilg’or ishchilar bilan har-xil mavzularda uchrashuvlar o’tkazishlari lozim.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi psixolog va fan o’qituvchilari uzviy muloqotda ish olib borishlari talabga muvofiqdir. Masalan: mehnat ta’limi darsida o’quvchi o’zi qiziqadigan yoki layoqati bor kasbini to’la namoyon eta oladi, hamda u dars davomida ‘Duradgorlik’, ‘Pazandachilik va oshpazlik’, ‘Tikuvchilik va bichuvchilik’ shuningdek, matematika darsidan hisobchi, ona tili va odobnoma darsida ‘tarbiyachi-muallim pedagog’ kasbiga moyilligi borligini ko’ramiz. Ayni vaqtda shu dars muallimi sinf rahbari o’quvchiga kasb madaniyati bilan birga tashxis berib borishi kerak.
Maktab ota-onalar yig’ilishi kasb-hunar xodimlar bilan birgalikda olib borishlari maqsadga muvofiq. Chunki, o’quvchi ota-onasi hamkorligida kasblar haqida axborot oladi va uni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Oiladagi o’zaro hamkorlik to’la holda kasbni tanlash imkoniyatini yaratib bersagina shunda o’quvchida kasb-hunarga moyilligi paydo bo’ladi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish uzviyligi mamlakatimizdagi yangi ta’lim tizimini isloh etishda o’z samarasini beradi. Shu bilan birga biz kelajak avlodni hayotda o’z o’rnini topishga, vatanimizning ravnaqini yanada oshirishga hissa qo’shgan bo’lamiz.
3. Sinfdan tashqari ishlar orqali o’smir-yoshlarni bilishga bo’lgan qiziqishlarini ta’minlash va unga qo’yilgan pedagogik talablar
Ko’pincha mustaqil hamdo’stlik mamlakatlari hamda Respublikamiz olimlari o’tkazgan ilmiy – tadqiqotlarida bolajonlarning rayiga, hoxish – istagiga qarab, ularning intilishini uch bosqichda tajriba – sinov ishlarini umumlashtirib tahlil qilmoqdalar. Diagnostik suhbatlar – yakka tartibda yoki jamoa tarzda o’tkazilishi mumkin. Psixolog olim K.M.Gurevich 3-4 yoshli bolalarda motivlarning birlamchi tobeligi va dastlabki irodaviy harakatning paydo bo’lishini tatbiq etib, bolaga o’yinchoqni olishdan – oldin o’zi yoqtirmagan ishni bajarish topshirig’ini bergan.
Olingan ma’lumotlardan quyidagilar ma’lum bo’ldi:
a) – maktabgacha yosh davrida ezgu orzular yo’lida harakat qilish imkoniyati tug’iladi;
b) – ushbu orzularning bevosita bog’liq sabablari bevosita sabablarga qaraganda ertaroq paydo bo’ladi;
v) – bevosita idrok qilinadigan narsalarga aloqador xohishni bajarishga qaraganda, narsaning o’ziga aloqador xohishni bajarishni muayyan muddatga kechiktirish osonroq.
Xulosa qilib buning zamirida bolaning muloyimligi, niyati, orzusi, kasbga qiziqishi, xohish – istagi va tilagining mazmuni hamda xususiyatidagi o’zgarishlar yotadi. Maktab o’quvchilarining tahminan 25-30% foizida tanlangan kasbga nisbatan kasbga barqaror qiziqishlar boshlang’ich kichik yoshlaridayoq shakllanar ekan.
O’qituvchining vazifasi: - o’quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashda va davlat, hokimiyat, mahalla, oila talab – ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarni rivojlantirishda, inson shaxsini har tomonlama uyg’un barkamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
O’quvchini mehnat qilishga o’rgatish, nafaqat mehnatni sevishga u bilan shunday uyg’unlashishiga ko’niktirish kerakki, mehnat uning vujudiga singib ketsin.
Ularni kasb hunarga yo’naltirish, orqali biror kasb egasi bo’lishida, o’quvchilar mehnatisiz biror – bir narsaga erisha olmasliklarini tushunib yetsinlari kerak.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida kasb tanlashga yo’llash va mehnat ta’limidan dars beradigan o’qituvchilar yuqori natijalarga, dars samaradorligini erishishi uchun albatta quyidagilarga e’tiborni qaratish kerak.
- zamonaviy ilmiy - texnikaviy taraqqiyotning va ma’naviy-moddiy qadriyatlarning mohiyatini chuqur tushuna bilish;
- pedagogik texnologiyani, innovatsiya asl mohiyati va uslublarini tushina bilishi, qo’llay olishi;
- o’quvchilarni mustaqil kasb hunar o’rganishga, erkin kasb tanlashga sharoit yaratish;
- pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, o’zi ham yangi yaratuvchi yangi xilma-xil (“Kasb darsi”,”Aqliy hujum”, “Zinama-zina”) uslublarni o’ylab topishi, amalda qo’llashi;
- an’anaviy darslar orqali o’qituvchilarning yakka tartibda (individual) ishlashga erishishi;
- test topshiriqlarni o’quvchi faoliyati darajalariga mos holda tuzish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi shart.
O’qituvchi uslubchilarimiz uchun bugungi kun talabi mana shulardan iborat. Xalqimizda ilmu - hunar ulug’lanib kelgan. “Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi”- degan edi Andre Maruo.
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasida tarbiyaviy tadbirlarni takomillashtirish zaruriyati, alohida ta`kidlangan: siyosiy tuzumning o’zgarganligi, yangicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanib borishi, tarbiyaviy ishni yaxshilashda davr talabiga javob beradigan yangicha tamoyillar, g`oyalar, ish uslubiyotlarini ishlab chiqish hamda o’qituvchining ijodkorlik faoliyatini qaytadan qurmoq lozimdir.
Tarbiyachining navbatdagi vazifasi bolalar jamoasini tashkil qilish, tarbiyalash va jipslashtirish borasidagi nazariy bilimlarni o’zlashtirib, ilg`or tajribalarga suyanib o’quvchilarni tarbiyaviy jarayonda o’rtoqlik-do’stlik, o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, o’z-o’zini tarbiyalash va boshqarish kabi jamoatchilik sifatlarini tarbiyalash mahoratini o’zlashtirishdan iborat. Ular:
- sinfning boshlang`ich jamoasini tarbiyalash va ularda o’zaro munosabat aloqalarini yaratish;
- o’quvchilar kundalik faoliyatlarining hamma qirralarida jamoaga jipslashtirish;
- shaxsiy manfaatdan jamoa manfaatini yuqori qo’yishga o’rgatish;
- jamoada bir-biriga mehr-oqibatli, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi.
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilari jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
1. O’qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning I sinfidan boshlab) moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g`ri qo’ya bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega bulish talab etiladi;
2. O’quvchilar jamoasidagi yetaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash;
3. Jamoa a`zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;
4. Jamoada yangi an`ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga amal qilish;
5. Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma -xil ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir.


  1. Yüklə 2,57 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə