Samarqand davlat universiteti


Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə35/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari. Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ijtimoiy rivojlanishning muhim shartidir. SHundan kelib chiqqan holda, bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga javob berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va xushmuomalalilik kabi hislatlarni tarbiyalamoq zarur. Kattalar (ota-onalar, pedagoglar) shuni tushunishlari lozimki, qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron-bir harakatga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini ko‘rsatishdan «aynitadi», himoya mexanizmlari – o‘zi bilan insoniy olam o‘rtasidagi «devor», atrofdagi olamni «ko‘rmaslik» paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin: bola odamlar haqidagi savollarga javob bermaydi, suratlarda odamlarni «ko‘rmaydi», odamlar va hayvonlarni tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi.
Muloqotdan faol bosh tortayotgan bolaning dunyosiga qo‘pol aralashish salbiy oqibatlarga va tajovuzga olib keladi. Salbiy kechinmalar cho‘qqisida o‘ziga nisbatan tajovuz tug‘iladi.
Bolaga oilada va maktabgacha ta’lim muassasasida psixologik jihatdan qulay bo‘lishi, uning kattalar va tengdoshlari o‘rtasida emotsional jihatdan qulay muhit yaratish, ular bilan o‘zaro munosabatlardan quvonch va zavq olishlari uchun quyidagilar zarur:
 bolaga kattalar va tengdoshlarining turli emotsional holatdagi hissiyotlari va kechinmalari olamini ochib berish;
 bolaning boshqa bolalar bilan ishongan holatda muloqot qilishi uchun sharoit yaratish;
 quvonchli, qayg‘uli, xotirjam, emotsional holatini ko‘rish va tushunishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;
 o‘zini tutib turish va g‘azab, qo‘rquv, jahl hislarini ijtimoiy
jihatdan maqbul shaklda namoyon qilishni rivojlantirish (boshqa bolani turtmaslik, urmaslik, o‘yinchoqni qo‘ldan tortib olmaslik va h.k.);
 jamiyatda qabul qilingan muloqot usullaridan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalash: ochiq chehra bilan salomlashish va xayrlashish, o‘z iltimos va takliflarini xushmuomalalik bilan bildirish; yordam berganlik, mehmon qilganlik uchun, o‘yinchoqni berib turganlik uchun minnatdorchilik izhor qilish; o‘rtog‘ining iltimosiga xushmuomalalilik bilan javob qaytarish; javobini xotirjamlik bilan tinglash; o‘rtog‘ini xafa qilmaydigan ohangda o‘z noroziligini izhor qilish.
Pedagogik ishlar to‘g‘ri tashkil qilinganida maktabgacha yoshdagi bola besh yoshga kelib ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:
 insoniy munosabatlarni tushunadi, atrofdagilarning unga nisbatan yaxshi va yomon munosabatlarini his qiladi va anglaydi; ota-onasining, tengdoshining emotsional ahvolidagi o‘zgarishlarni payqaydi; diqqat-e’tibor, hamdardlik izhor qiladi;
 «men xohlayman!» vaziyatga oid bevosita istagini to‘xtatib turishga qodir. Empatiya (hamdardlik) va emotsional ekspressiya (quvonch, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash) xususiyatidagi kechinmalar bola xulq-atvori va muloqotining tartibga soluvchisiga aylanadi;
 bolalar barqaror o‘yin birlashmalariga kirishi mumkin, muloqotda va birgalikdagi faoliyatda quvonch, zavqlanish, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash uchun emotsional ekspressiv nutqiy va nonutqiy vositalardan foydalanadi.
3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmalilik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə