Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə32/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Tayanch tushunchalar: ma’nodosh, uyadosh, xususiyat, shaxsiy qobiliyat, jarayon, shaxsiy hayot, tevarak-atrof, rivojlantirish, texnologiya.

Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish.


Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni yuksak ma’naviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy ma’naviyatni takomillashtirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.
Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o‘z davrining ilmiy yutuqlarini o‘zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg‘or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O‘zbekistonda demokratik jamiyatning to‘laqonli quruvchilari bo‘la olishlari tarbiyachiga bog‘liqdir. Bolalarga nutqni o‘rgatish uchun bo‘lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi va ushbu sohaning fanga ma’lum bo‘lgan metodlarini o‘zlashtirishi, bolaning ona tilini o‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib etishi lozim. Nutqni
rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta’limdagi boshqa xususiy metodikalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi, chunki nutq – bola shaxsini to‘la-to‘kis rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nutqini tushunish va bolaning o‘z faol nutqi har qanday pedagogik jarayonda zarurdir. Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‘ldosh bo‘ladi.
Intellekt, ya’ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayolot, fikrlash,
shuningdek, nutq yordamida anglash qobiliyati – bu insonni hayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo‘ladi, hamda u o‘smirda va yosh yigitda faqatgina uning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ushbu odam nutqni ham o‘zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhit bilan tanishtirish orqali ular tomonidan har tomonlama bilimlarni egallashi, psixik jarayonlarning rivojlanishi, kobiliyatlarini o‘sishi, dunyoqarashini shakllanishi, ahloqiy sifatlar, ijobiy xulq-atvor odatlarini o‘zlashtirilishi rivojlanishiga erishiladi. Bolani o‘rab turgan atrof-olam haqidagi tushunchalar bolalarda ona Vatanga muxabbat, ularni tariximiz va Sharqning buyuk allomalari, ularning hayoti va ijodi bilan tanishtirish, mashhur sarkardalar, bayramlar, xalq amaliy san’ati haqidagi shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar nutqini rivojlantirish uchun ma’lum bir tizimda ish olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘lanishli nutqni o‘stirish dasturini takomillashtirish va uni bir butun, yaxlit jarayon sifatida tarbiya tizimiga kiritish hamda mazmunini belgilash zarur. «Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti», «Samarqand – qadimiy shahar», «Vatanimiz ramzlari», «Maktabga sayohat», «Bozorlar va ularning turlari», buyuk siymolar, mashhur sarkardalar, bayramlar, xalq amaliy san’ati: «Kim bo‘lsam ekan?», «Kashtachilik», «Zardo‘zlik», «SHifokor», «Oshpaz» kasblari va hokazo. Bu mavzulardagi suhbatlar bolalarga tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatlarni mushohada qilib eshitib, tushunchalarini bayon etish qobiliyatlari, ijodiy tafakkurini qay darajada rivojlanganligini namoyon etadi. Tevarak atrof, buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga ya’ni analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. Masalan, issiq-sovuq, g‘adir-budur va hokazo. Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Hayvonot va o‘simliklar dunyosi
Inson mehnatiga oid ish qurollari va texnika vositalari
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari(binolar, inshootlar)
Tevarak-atrofda kechadigan voqea-hodisalar
Tevarak-atrofdagi predmetlar bilan tanishtirish
O‘yinchoqlar, suratlar badiiy asarlar bilan tanishtirish
Nutqni rivojlantirishga oid manbalar
«Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti», «Samarqand – qadimiy shahar»,«Vatanimiz ramzlari», «Maktabga sayohat», «Bozorlar va ularning turlari», buyuk siymolar, mashhur sarkardalar, bayramlar, xalq amaliy san’ati: «Kim bo‘lsam ekan?», «Kashtachilik», «Zardo‘zlik», «SHifokor», «Oshpaz» kasblari va hokazo. Bu mavzulardagi suhbatlar bolalarga tevarak- atrofga bo‘lgan munosabatlarni mushohada qilib eshitib, tushungalarini bayon etish qobiliyatlari, ijodiy tafakkurini qay darajada rivojlanganligini namoyon etadi. Tevarak- atrof, buyum va narsalar bolaning sezgi organlariga ya’ni analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil bo‘ladi. Sezgi bolalarda ayrim xossalarni bilib olishga yordam beradi. Masalan, issiq-sovuq, g‘adir-budur va hokazo. Sezgi atrof-muhitni bilishning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Biz hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab chiqiladi hamda eng yangi talablar darajasida uni amalga oshirish metodlari, shakllari va vositalari texnologiyasini ishlab chiqish lozim bo‘ladi.
Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti-harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish – dialogik nutq, asosan, kattalar yordamida amalga oshiriladi va u, ayniqsa, tevarak-atrofni bilish

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə