Samarqand davlat universiteti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə34/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. O‘yin faoliyatiga ta’rif bering.
2. O‘yin turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
3. Bolalar o‘yinchoqlariga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
4. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yin texnologiyasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
5. Interfaol o‘yinlarning o‘ziga xos tomonlarini ayting?
6. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o‘yinlar va ularning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?
7. Lug‘atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy o‘yinlarning turlarini bilasizmi?
8. Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlarni aytib bering.
9. Qoidali-harakatli o‘yinlar asosini qanday harakatlar tizimi egallaydi.


8-MAVZU: MAKTABGACHA KICHIK, O’RTA VA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG’ULOTLARNI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH.
Reja:
1. Kichik yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ular nutqini o‘stirishning metodik masalalari va bolalarda nutqiy muloqotni rivojlantirish.
2. O‘rta yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ular nutqini o‘stirishning metodik masalalari va nutqiy muloqotni rivojlantirish.
3. Katta yoshdagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari, ular nutqini o‘stirishning metodik masalalari va nutqiy muloqotni rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar: psixolingvistik adabiyotlar, yarim tillilik, ijtimoiy kutish, kommunikativ yo‘naltirilganlik, ijtimoiy vaziyat, emotsional kechinmalar, ermak o‘yinlar, diksiya, emotsional ekspressiya, empatiya
Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib qoladilar; boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi.
Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi. Bola tengdoshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va tengdoshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlarining hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi. Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘z tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ qo‘nikma rivojlanadi: bola salomlashadi va xayrlashadi, do‘stini ismini aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib – sherigini u o‘ynayotgan rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning tagiga tushib ketdi»).
Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining «men»ini anglash imkonini
Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar:
 bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob berishi, o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlang;
 tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashi, o‘yin harakatlari, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantiring;
 bolangizning lug‘at zahirasini kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o‘yinchoqlar, narsa-buyum qismlari (ko‘ylak engi, cho‘ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va g‘ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib boring. Gapda so‘zlarni bir-biriga to‘g‘ri bog‘lashni (masalan, «Uyda ketdi» emas, «uyga ketdi», «Kecha boraman» emas, «Bugunboraman») o‘rgatishga alohida e’tibor bering;
 bolalarni unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga
o‘rgating.



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə