Samarqand davlat universiteti


Nutqiy muloqotni rivojlantirish



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə36/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Nutqiy muloqotni rivojlantirish. Bolalardagi ko‘plab nutqiy
muloqot va ko‘nikmalar mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. Maktabgacha talimda bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Mehnat jarayonida - xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi. O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi.
Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar jarayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladilar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar.
Mashg‘ulotning tahlili: Tarbiyachi dastur bo‘yicha kapalakning yangi turi «Baxmal kapalak» haqida bolalarga bilim berdi. Mashg‘ulotda solishtirish metodidan foydalanildi (YA’ni, oddiy kapalak baxmal kapalak bilan solishtirildi). Mashg‘ulot savol-javob tarzida boshlandi. YAngi bilim berish bilan tugatildi.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar bilan muloqot qay tarzda amalga
oshiriladi?
2. Maktabgacha kichik yoshdagi bola nutqning grammatik tizimi qanday shakllantiriladi?
3. Muloqotning qanday vositalarini bilasiz?
4. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar uchun qanday mashg‘ulotlar ishlanmasi tavsiya etilgan?
5. Muloqot, til, nutqning tahlili va rivojlanish asoslari haqida nimalarni bilasiz?



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə