Samarqand davlat universiteti


O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. -Toshkent, “Sharq”, 1997



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə51/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Qo‘shimcha adabiyotlar
  1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. -Toshkent, “Sharq”, 1997.

  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. -Toshkent, “Sharq”, 1997.

  3. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. -Toshkent, “Sharq”, 2004.


Mustaqil ish topshiriqlari





Mavzular nomi

Soat


Nutq o`stirish metodikasi fanining nazariy asoslari.

2


Nutq o`stirish metodikasi pedagogik fan, fanning predmeti, maqsadi vazifalari.

2


Nutq o`stirish metodikasining ilmiy tadqiqot metodlari va boshqa fanlar bilan munosabati.

2


Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o`stirishning mazmuni, dastur talablari.

2


Nutq o`stirish metodlari va usullari.

2


Nutq o`stirish mashg`ulotlari, ularning qurilishi.

2


Boglanishli nutq o`stirishning maqsadi, vazifalari, bog`lanishli nutq turlari.

2


Suhbat diologik nutq o`stirishning asosiy metodidir.

2


Maktabgacha ta'limda monologik nutq-hikoya qilishga o`rgatish metodikasi.

2


Maktabgacha ta'limda bolalar so`z boyligini oshirishning maqsadi, vazifalari.

2


Maktabgacha ta'limda bolalar so`z boyligini oshirish metodlari.

2


Maktabgacha ta'limda nutqning grammatik tomonini shakllantirish metodikasi.

2


Maktabgacha ta'limda nutqning tovush tomonini tarbiyalashning maqsad-vazifalari.

2


Badiiy asarlarni o`rgatish metodikasi.

2


Maktabgacha ta'limda monologik nutq-hikoya qilishga o`rgatish metodikasi.

2


Maktabgacha ta’lim tizimida bolalar nutqini o’stirish dasturini o’rganish va tahlil qilish

2


Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga qo’yilgan davlat talablarini o’rganish

2


Nutq o’stirish metodikasi fanining ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa fanlar bilan aloqasi

2


Hikoya qilishga o`rgatish metodlari.

2


Turli yosh guruhda hikoya namunalari

2


So`z va uning xususiyatlari.

2


Bolalar lug`atini boyitish va uning vazifalari.

2


So`z boyligini oshirish talablari

2


Talabalarni nutq o’stirish mashg’ulotlarini rejalashtirishga o’rgatish

2


Nutq o’stirish mashg’ulotlarini tashkil qilish

2


Pedagogika kollejlarida nutq o`stirish metodikasi fanining o`qitilishi

4


Nutq o`stirish mashg`ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilish

2


Nutq o`stirish mashg`ulotlarini kuzatish va tahlil qilish.

2


Bolalarni savod o’rganishga tayyorlash.

2


Bolalarda nutqni rivojlantirishga doir ishlarni rejalashtirish va hisobotini yuritish.

4


Bolalarda nutqni rivojlantirishga doir ishlarga uslubiy rahbarlik qilish

2


«O’zbekiston Respublikasida maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishning dolzarb muammolari» mavzusida pedagogik kengashni tayyorlash va o’tkazish.

2


Bolalarda nutqni rivojlantirish metodikasining pretmeti va nazariy asoslari

2


Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda ona tilining roli

4


Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishning fiziologik asoslari

2


Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishning psixologik –pedagogik asoslari

4


Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi rivojlanishning ingvestik asoslari

2


Nutqni rivojlantirish metodikasiing fan sifatida tarkib topishi

4


Sharq mutafakkirlari o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda ona tilining roli haqida

2


Nutqiy muloqotni rivojlantirish

4


Maktabgacha ta'limda nutq o`stirishning bosqichlari, bolalar yosh hususiyatlari

4


Nutq o`stirish mazmuni, shakllari

2


Mashg`ulot-maktabgacha ta'limda nutq o`stirishning asosiy shakli

2


Turli yosh guruxda suhbat uchun mavzu tanlash va unga qo`yilgan talablar

2




Jami

88

NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI” FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI




  1. “O‘quv qurollari” nomli mashg‘ulot ishlanmasini tuzing va mashg‘ulotga mos tarzda rasmlar jamlanmasini yarating.

  2. “Bizning bog‘chamiz” nomli mashg‘ulot ishlanmasini hamda rasmlar jamlanmasini yarating.

  3. Tayyorlov guruhi bolalariga maktabni tanishtirish uchun “Maktab” mashg‘ulot ishlanmasi va ko‘rgazmali qurollarni tuzing.

  4. “Onajonim bayrami” nomli bayram senariysi hamda rasmlar yig‘indisi tuzing.

  5. “Bog‘da bahor” nomli rasmlar yig‘indisi va mashg‘ulot ishlanmasini tuzing.

  6. “Nima yaxshi-yu, nima yomon” mavzusida mashg‘ulot ishlanmasi hamda ko‘rgazmali qurollar tuzing.

  7. S, f. g‘, g, q, k tovushlarini bir-biridan farqlashga yordam beruvchi suratlar jamlanmasini yarating.

  8. “Ozoda, orasta va tartibli bo‘laylik” mavzusida mashg‘ulot ishlanmasi va rasmlar jamlanmasini yarating.

  9. “Mening oilam” nomli mashg‘ulot ishlanmasi hamda rasmlar jamlanmasini yarating.

  10. “Qo‘lim ikkita, barmoqlarim o‘nta, siznikichi?” nomli didaktik o‘yinga asoslangan mashg‘ulot ishlanmasini tuzing.

  11. “Ust bosh va oyoq kiyimlari” nomli rasmlar majmuasini hamda mashg‘ulot ishlanmasini tuzing.

  12. “Jamoa xo‘jaligi, korxona” nomli mashg‘ulot ishlanmasini hamda rasmlar jamlanmasini yarating.

  13. “Dono bo‘lish qoidalari” nomli mashg‘ulot ishlanmasini rasmlar to‘plamini yaratish.

  14. “Oshxona jihozlari” nomli mashg‘ulot ishlanmasini tuzing hamda rasmlar jamlanmasini yarating.

  15. “Sumalak” nomli mashg‘ulot ishlanmasi hamda rasmlar to‘plamini yaratish.

  16. “Vatanimiz posbonlari” nomli mashg‘ulot ishlanmasi hamda rasmlar to‘plamini yaratish.

  17. “-da, -miz, -yapti” qo‘shimchalarini o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmasi hamda mashg‘ulotga xos ko‘rgazmali qurollarni yaratish.

  18. “-ning” qo‘shimchasini o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulot ishlanmasi hamda mashg‘ulotga xos ko‘rgazmali qurollarni yaratish.

  19. “Xona” nomli mashg‘ulot ishlanmasini yaratish va rasmlar jamlanmasini tuzish.

  20. “Salomlashish va xayrlashish odobini o‘rganamiz” (tayyorlov guruhi) nomli mashg‘ulot ishlanmasi va rasmlar to‘plamini yarating.

Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish uchun talabalarga tavsiya etilayotgan pedagogik texnologiyalar va ularning qo’llanilishi


Pedagogik texnologiyaning mohiyati
Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3- ming yillikda davlatmiz ta'lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o'qituvchi faoliyati yangilanadi, bilimga chanqoqlik Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg'ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
"Ta'lim to’g’risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta'kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur'atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy -siyosiy mavqei kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta'lim - tarbiyada umumiy taraqqiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta'lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barham berish mumkin.
Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo’llanilayotgan "pedagogik texnologiya" atamasi inglizcha "an educational technologu" so’zidan olingan bo’lib, "ta'lim texnologiyasi" degan ma'noni bildiradi. "Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so'zdan -texnos- san'at, hunar va logos- fan, ta'limot so'zlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma'nosini anglatadi.
Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'quvchi (talaba)larga o'qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o'quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya.
O'qitish texnologiyasi- birinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli- harakat aspektini anglatadi. Bu, ta'lim jarayonini o'zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta'lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta'minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiya)ning tartibli birligini o'zida mujassamlashtirgan ta'lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni; ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli- bayonli aspektini ifodalaydi.
Ta'lim texnologiyasi- pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o'z oldiga ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o'zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo'llash va belgilashning tizimli usuli.
Pedagogik texnologiyaga berilgan ta'riflar
Rus olimi V.P. Bespalko "…pedagogik texnologiya - amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan pedagogik tizimning loyihasidir",- deyish bilan , quyidagi ta'rifni beradi: "Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvoffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir" Bu ta'rif mazmunidan quyidagi muhim tamoyillarni ajratib ko'rsatish mumkin:

  • PT o'quvchi (talaba)larda ma'lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi;

  • loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o'qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi;

  • yakuniy natija albatta kafolatlanadi.

Nufuzli YuNESKO tashkiloti ma'qullagan ta'rif bo'yicha: "Pedagogik texnologiya - ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning ta'sirini inobatga olib, o'qitish va bilim o'zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo'llashning tizimli metodidir"
O'zbekistonlik olim N.Sayidaxmedov fikricha: "Pedagogik texnologiya- bu o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayonidir".
Pedagog olimlarimizdan biri M.Ochilov pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: "Pedagogik texnologiya- tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta'lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va ob'ektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o'zaro ta'sirini inobatga olib, ta'lim maqsadlarini oydinlashtirib, o'qitish va bilim o'zlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan usul va metodlar majmuidir".
Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiya- ta'lim-tarbiya jarayonlari, ta'lim usuli, vositalari, shakllari, o'qituvchi va tahsil oluvchi o'rtasidagi munosabatlar majmui bo'lib, ta'lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuvni talab qiladi va o'zida ta'lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini kafolatlashni va ob'ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi.



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə