Samarqand davlat universiteti


-mavzu. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQINI O`STIRISHDA BOLALAR ADABIYOTINING AHAMIYATI



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə59/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

7-mavzu. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQINI O`STIRISHDA BOLALAR ADABIYOTINING AHAMIYATI
Reja:
1. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqining o’sishida bolalar adabiyotining o’rni
2. Bolalarni badiiy nutqqa o’rgatish bo’yicha ish mazmuni hamda vazifalari
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni badiiy adabiyotni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan usullar
Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko’nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg’ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar bog’chasida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o’tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o’z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim.
Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o’qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko’zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo’lish ko’nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog’cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o’rtoqlashish istagi va ko’nikmasini tarbiyalashi lozim.
Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo’lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o’zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko’rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim.
Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o’qib beradigan asarlarini tavsiya ro’yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-tuyg’u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o’zaro munosabatlarini, o’yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog’lash va o’sha vaqtdagina o’qib berish lozim, deb o’ylash noto’g’ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog’liq mavzuni o’qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o’qishni o’tkazish lozim.
Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so’zlari ko’p bo’lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o’qimagan ma’qul. O’tmishda tarixiy davr bilan bog’liq bo’lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko’p notanish so’zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug’iladi. Bu so’zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo’ladi.
Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg’ulotlar g’oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg’itmasligi lozim. Mashg’ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog’lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o’tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni xushmuomalalik va osiyishtalik bilan o’tirishga taklif etib, bolalarning qanday o’tirganini tekshirib, mashg’ulotni boshlaydi. Mashg’ulot boshlangan vaqtdayoq bolalarning diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po’pisa qilish («Eshitinglar, keyin sizlardan so’rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so’zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo’ladi. Bolalar bilan o’qib berishdan oldin va o’qib berishdan keyin olib boriladigan dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog’liqdir. Ba’zan tarbiyachi muqaddima so’zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men sizlarga o’zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib qizg’anchiq boyni aldagani»ni o’qib beraman. Mashg’ulotni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O’n ikki oy» ertagini o’qib berishdan oldin:
Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi?
Bolalar yoki tarbiyachi: O’n ikki oy.
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi?
Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo’lsa, ularning javoblarini tuzatadi.
Tarbiyachi: Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hali hyech qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o’tmagan. Oylar birin-ketin kelaveradi va hyech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog’lik o’lka – Begimiyada bir qiz bir vaqtning o’zida o’n ikki oyning hammasini ko’rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo’lgan?
Manna bunday ....
Keyin tarbiyachi kitobdan o’qiy boshlaydi.
Ertak o’qib bo’lingach, qizcha bir vaqtning o’zida birdaniga o’n ikki oyni qanday ko’rganligi, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi va boshqalar haqida suhbat o’tkazgan ma’qul. Ayniqsa, axloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo’lgan kitoblarni o’qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitoblar bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorning ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh. Sa’dullaning «Injiq qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V. Oseyevaning «Sehrli so’z» degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi.
Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g’oyaviy mazmunini tushunib olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o’ynaydi, tarbiyachi bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi, Masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa’dullaning «Injiq qiz» she’rini o’qib berishdan oldin tarbiyachi bolalarga bunday savol beradi: «Bolalar, yaxshilab o’ylang va ayting: qanday qiz haqida – yaxshi qiz va qanday qiz to’g’risida – yomon deyishadi?».
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz deyilishini to’g’ri aytinglar. Hozir men sizlarga Gulbodom degan qiz haqida yozilagan she’rni o’qib beraman. Sizlar yaxshilab eshiting va keyin menga Gulbodomni yaxshi qiz deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she’r «Injiq qiz» deb ataladi. She’rni shoir Shukur Sa’dulla yozgan.
Shundan so’ng tarbiyachi she’rni o’qiy boshlaydi.
Axloqiy-estetik mazmundagi kitobni o’qishdan oldin o’tkaziladigan muqaddima suhbati qisqa bo’lishi – 3-5 daqiqadan oshmasligi va albatta bolalar tajribasi bilan bog’lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?» -bu savol bolalar tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan).
Axloqiy-epik mazmundagi kitoblar o’qib bo’lingandan keyin ham suhbat o’tkazishni talab etadi. Bunday suhbatlarda juda ko’p savol va tushuntirishlar bo’lmasligi lozim, chunki bolalar kitobni o’qish paytidayoq qahramonlar xatti-harakatlarining mohiyatini chuqur anglab oladilar. O’qilgan asar haqida o’tkaziladigan suhbatlarda bolalarni qahramonlarning xatti-harakatlarini to’g’ri baholashga o’rgatish va bolalarning qahramon va uning xatti-harakatlariga o’z munosabatlarini aytishlariga erishish lozim».
Sh. Sa’dullaning she’rini o’qigandan so’ng o’tkaziladigan suhbatda bolalarga injiq qizning xulq-atvorini baholashga ko’maklashadigan savollar berish kerak.
Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo’ladimi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Nima uchun?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Siz bunday qiz bilan do’st bo’lishni istarmidingiz? Nega?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomni uchratsangiz unga nima degan bo’lar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomga onangizga qanday g’amxo’rlik qilishingiz va yordam berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Bilim beruvchi xarakterdagi kitoblar, masalan, mehnat haqidagi kitoblar mukaddima suhbati va o’qigandan keyinga suhbatni boshqacha mazmunda bo’lishini talab etadi. Mehnat haqidagi kitob bolalar uchun kishilarning kasblari, mashinalar va mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo’lib xizmat etadi.
Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo’libgina qolmay, balki kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar tarbiyalash vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni shunday yo’lga qo’yish g’oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlar tarbiyalash imkonini bersin (masalan, katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik» she’rini o’qishda).
Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo’lub, bu bitta odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutq(hikoya qilishda)da bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaudilar. Monolog nutq ko'pchilikka qarata aytiladigan nutq bo'lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo'lishi kerak.
Monolog nutq (hikoya qilish) yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni yo'naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monologik nutq tafakkurga tayanadi.
Monologik nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab hisobianadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo’lishi ushun yoyiq gaplardan, aniq lug’atdan foydalanish kerak. Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo’lish jarayonida katta rol o'ynaydi. Bola uchun esa bu qobiliyat bilish vositasi, o'z bilimlarini, tasavvurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Bolalarda monologik nutqning shakllanishi ularda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Vundan tashqari, bola nutqi mohologik nutqqa aulanishi uchun u tilning lug’atini va grammatik tomonini yerkin egallagan bo’lishi kerak.
Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monologik nutq besh yoshdan boshlab paydo bo'ladi. Ruhshunos D. V. Elkanin bu haqda shunday yozadi: "Bola hauot tarzining o'zgarishi, kattalar bilan uangi munosabatlarning va uangi turdagi faoliuatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o'z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli - monolog tarzida xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida hikoya qilish paydo bo'ladi", bolalarni hikoya qilishga o’rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga uordam byeradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan shakllangan bo’lib, o'zini tutish, jamoa oldida so’zga chiqish malakasi hosil bo’ladi”.
Shu munosabat bilan bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Vu guruh bolalarini tanish hikoya va yertaklarni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani (3-4 gapdan iborat) takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish enaklardan olingan parchalarni sahnalashtirishda qatnashishga o'rgatiladi.


8-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni bilish jarayonida nutqni rivojlantirish texnologiyasi. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida maktabgacha katta yoshdagi bolalaming nutqini o'stirish usullari
Reja:
1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va anglashga o‘rgatish.
3. Bolalarning kattalar mehnati hamda sog‘lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlarini boyitish, bilimlarini kengaytirish.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə