Samarqand davlat universiteti


-mavzu: Maktabgacha adabiy ta’limda badiiy asarlar ustida ishlash texnologiyalari. Hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə57/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

6-mavzu: Maktabgacha adabiy ta’limda badiiy asarlar ustida ishlash texnologiyalari. Hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi


Reja:
1.Ta’lim texnologiyalari.
2.Maktabgacha ta’lim tizimi badiiy asarlar bilan tanishish mashg‘ulotlarini tashkil etishda qo‘l keladigan texnologiyalar.
3.Pedagogik sinergetika va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
4.Bolalar bog‘chalarida ta’limiy ishlarni hamkorlik asosida tashkil etish yo‘llari.
5.Tarbiyalanuvchilarning intellektual imkoniyatlaridan ularning o‘zlari uchun samarali foydalanish zaruriyati.
6.Badiiy matnning didaktik tahlili namunasi


Tayanch so‘zlar: pedagogik sinergetika, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, sub’ekt-sub’ekt, sub’ekt-ob’ekt, ijodkorlik muhiti, ma’naviyatni sog‘lomlashtirish, mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat.
Badiiy matnning didaktik tahlili namunasi:
Rostgo‘y bola (ertak)
Maktabgacha ta’lim muassasalari «Ilk qadam» dasturida o‘rta guruh tarbiyalanuvyachilari uchun «Rostgo‘y bola» ertagi o‘rganish uchun taqdim etilgan23. Mazkur ertakda rostgo‘y bola ijobiy qahramon qilib olingan va undagi mana shu fazilatni bolalarga “yuqtirish” nazarda tutilgan. SHu maqsaddan kelib chiqib tarbiyachi, ertakni o‘qib beradi va bola rost gapirgani uchun podshoh uni o‘g‘il qilib olganini namuna qilib ko‘rsatadi, tarbiyalanuvchilariga rostgo‘y bo‘lish kerakligini ta’kidlaydi va shu bilan ertak ustida ishlash tugaydi.
Lekin ertakda tarbiyachilarning nazaridan chetda qolayotgan juda katta ikkita haqiqat mavjud. YOsh avlodning ma’naviy kamoloti yo‘lida ish olib borayotgan tarbiyachi ularga tarbiyalanuvchilari diqqatini qaratishi, birgalikda bu masalalarning echimini topishlari maktabgacha ta’lim muassasalarida badiiy asarlar ustida ishlash metodikasining maqsadiga muvofiq bo‘ladi.
Tarbiyachi avval ertakni ifodali qilib o‘qib eshittiradi:

Qadim zamonda bir podshoh bo‘lgan ekan. Podshohning farzandi yo‘q ekan. Shuning uchun u doimo xomush bo‘lib yurar ekan. Podshoh vazirning maslahati bilan bolalarga gul urug‘i tarqattiribdi. Kimning guli chiroyli bo‘lsa, o‘shani podshoh farzand qilib olmoqchiligini aytishibdi.


Oradan birmuncha vaqt o‘tibdi. Podshoh gul o‘stirganlarni ko‘rish niyatida shahar aylanibdi. Ko‘p bolalar va ular o‘stirgan gullarni ko‘rib o‘taveribdi. Bir ko‘chaga yetganda podshohning ko‘zi gulsiz tuvak ushlab, yig‘lab o‘tirgan bolakayga tushibdi. Bolakayning oldiga borib:
Sen o‘stirgan gul qani? — deya so‘rabdi.
Shunda bolakay gul urug‘i o‘sib chiqmaganligini aytibdi.
Podshoh:
Men farzandlikka olish niyatida axtargan bola mana shu bo‘ladi, — debdi.
Chunki podshoh gul urug‘larini qaynattirgan ekan”24.

So‘ngra tarbiyachi tarbiyalanuvchilar diqqatini matn mazmuniga qaratish, uning mazmuni bolalar tomonidan qanchalik anglanganligini aniqlab olish maqsadida quyidagi bir qator savollar bilan murojaat qiladi: 1. Aytingchi, ertakning bosh qahramonlari kimlar ekan? 2. Podshoh odamlarga xos bo‘lgan qaysi fazilatni yaxshi ko‘rarkan, nima deb o‘ylaysiz? Siz buni qanday bildingiz? 3. Nima deb o‘ylaysiz, Sizningcha, podshoh yaxshi odammi yoki rostgo‘y bolakaymi? Nega shunday deb o‘ylashingizni asoslang. 4. Aytingchi, bola nima uchun yig‘lab turgan edi? Guli unib chiqmay qolgani uchunmi yoki podshoga o‘g‘il bo‘lolmay qolgani uchunmi? Nega shunday deb o‘ylaysiz? 5. O‘ylab ko‘ringchi, nega hamma bolalar podshohga o‘g‘il bo‘lishni istashyapti? Ular nima uchun shunday qilishyapti deb o‘ylaysiz? va hk. Tarbiyachi bu savol va topshiriqlarni auditoriyaning darajasiga moslashtirgan holda, ularning umumiy mazmunini saqlab qolgan tarzda qayta shakllantirishi ham mumkin.


Asar tahlili jarayonida tarbiyalanuvchilar o‘z imkoniyatlari doirasida bu savollarga javob beradilar. Javoblar qanday bo‘lishini taxminan tasavvur qilish mumkin, albatta, lekin ular qanday bo‘lishidan qat’i nazar tarbiyachi bolalardan fikrlarini asoslashni talab qilish lozim bo‘ladi. CHunki adabiy ta’limda, u o‘qitish tizimining qaysi bosqichida bo‘lishidan qat’i nazar, fikr mustaqilligi qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, uning asoslanishi, dalillar bilan isbotlanishi mustaqil fikrdan, shaxsiy munosabatdan kam qadrlanmaydi.
SHu tariqa tarbiyalanuvchilar matnning mohiyatiga yaxshilab kirib olganlaridan so‘ng tarbiyachi ularni bir qator savol va topshiriqlar ko‘magida asarda ilgari surilgan ikkita muhim masala haqida o‘ylab ko‘rishga yo‘naltiradi:

  1. Yurt podshohi, katta odam bo‘la turib butun mamlakat bolalarini aldadi. Buni bolalar nimalarda ko‘rishlari mumkin? Barcha bolalarni yolg‘on gapirishga va noto‘g‘ri ish qilishga majbur qilgan podshohning maqsadi nima edi? Podshohning o‘z maqsadiga erishish yo‘lida qilgan ishi to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi? Qaysi jihati bilan to‘g‘ri? Nimasi bilan noto‘g‘ri?

  2. E’tibor qiling: butun mamlakatning bolalari o‘z oilasi, ota-onalaridan voz kechib podshohga farzand bo‘lishni istashdi va buning uchun yolg‘on xatti-harakat qilishdi. Sizningcha, ularning bu qilgan ishlari to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi? Nima uchun? Bolalar nima uchun shunday ish qilishdi deb o‘ylaysiz? Bolalarning qilgan ishiga munosabat bildiring.

Tarbiyalanuvchilar birinchi masala ustida bosh qotirishlari, fikrlashlari, o‘z xulosalarini chiqarishlari kerak bo‘ladi. Ular, avvalo, podsho (mamlakat hukmdori, katta odam bo‘lishiga qaramay) bolalarni nima uchun aldaganini, buning yaxshi yoki yomon ekanligini aniqlab olishlari kerak bo‘ladi. Undan keyin mamlakat podshosi gapirgan yolg‘onning fuqarolari faoliyatiga qanday ta’sir qilgani (ular ham podshohni aldamoqchi bo‘lishgani)ni o‘ylab ko‘rishlari ham tarbiyalanuvchilarni mazkur muammoning echimi sari etaklaydi. Ular podshoning nima uchun yolg‘on tutum qilganini asoslashga, uni oqlashga urinishar, balki ularning bu fikrlarida ham o‘ziga xos mantiq bordir. Vaziyat qanday kechishini mashg‘ulot jarayoni ko‘rsatadi, albatta, hozir bu haqda fol ochish noto‘g‘ri, lekin hamkorlar – tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar to‘g‘ri yo‘ldan adashmasliklari, masalaning echimini birgalikda topishlari maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, tarbiyalanuvchilar o‘z ota-onalaridan voz kechib podshoga o‘g‘il bo‘lishni istagan bolalar haqida ham o‘ylab ko‘rib, ularning bu tutumlariga ham o‘z munosabatlarini bildirishlari kerak bo‘ladi. Bu yaxshimi yoki yomonmi? Bolalarning qilgan ishini yaxshi degan tarbiyalanuvchilar ham, yomon deb bilgan bolalar ham nima uchun shunday deb o‘ylaganlarini asoslab berishlarini talab qilish kerak bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilar chiroyli gullarni o‘stirgan bolalarni ham, guli unib chiqmagani uchun yig‘lab o‘tirgan rostgo‘y bolani ham tushunishga urinib ko‘rishlari, bunga o‘z munosabatlarini bildirishlari maktabgacha adabiy ta’lim maqsadiga muvofiq bo‘ladi. Bunga tarbiyachi yo‘naltiruvchi savol va topshiriqlar ko‘magida erishadi.
Ertak matnidan ko‘rinib turibdiki, juda ko‘p bolalar noto‘g‘ri ish qilishdi, yolg‘on hatti-harakat qilishdi. Ularni bunga nima majbur qildi? Podshoning bolasi bo‘lish ular uchun shunchalar muhimmi? Rostgo‘y bola ham shuning uchun yig‘ladimi? Buning sababi nimada? Tarbiyalanuvchilar shular haqida o‘ylab ko‘rishga yo‘naltirilishi kerak. Tashqaridan qaraganda bu savollar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qiyindek tuyuladi. Bugungi tarbiyalanuvchilar orasida bu savollarga u yoki bu darajada javob beradiganlar bor, faqat mohir tarbiyachi ularning ichlaridagi haqiqatlarini chiqara bilishi taqozo etiladi.
Bugungi axborotlar oqimi davrida katta bo‘layotgan, kompyuter, telefon va boshqa bir qator ATKlardan o‘z manfaati yo‘lida qoyilmaqom foydalanayotgan, ba’zi qiliqlari va gap-so‘zlari bilan kattalarni hayratga solayotgan bolalarning diqqati to‘g‘ri yo‘naltirilsa, ular bu savollarga albatta javob beradilar. Agar jo‘yali javob bo‘lmagan taqdirda ham, ular bu haqda o‘ylaydilar. Diqqat-e’tibori shularga qaratiladi. Ba’zilari ota-onalari, uydagi boshqa kattalarni ham bu haqda o‘ylashga majbur qiladilar. Bu masala bolalarning ko‘nglida qoladi. Qachonlardir unga javob ham topiladi. Lekin hozir eng muhimi – tarbiyalanuvchilarning fikr kishisi bo‘lib shakllanishiga sharoit yaratish, ularni ma’nan boridan yuqoriroqqa ko‘tarilishiga intilishdir.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlarii tarbiyalanuvchilarini kichikligidan oq-qorani, halol-haromni, to‘g‘ri-noto‘g‘rini farqlashga faqat nasihatlar va talablar bilan emas, balki badiiy asarlar, ularning qahramonlari xatti-harakati, o‘y-fikrlarining shu tariqa tahlili asnosida yo‘naltirish nisbatan foydaliroq, yoqimliroq, qiziqarliroq va «yuqumli»roqdir.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə