Samarqand davlat universiteti


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə65/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. O‘yin faoliyatiga ta’rif bering.
2. O‘yin turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering.
3. Bolalar o‘yinchoqlariga qo‘yiladigan asosiy talablar nimalardan iborat?
4. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yin texnologiyasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
5. Interfaol o‘yinlarning o‘ziga xos tomonlarini ayting?
6. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’limiy o‘yinlar va ularning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?
7. Lug‘atni boyitish uchun yordam beradigan ta’limiy o‘yinlarning turlarini bilasizmi?
8. Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlarni aytib bering.
9. Qoidali-harakatli o‘yinlar asosini qanday harakatlar tizimi egallaydi.


11-Mavzu.Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishda o‘yin faoliyatining ahamiyati. Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar
1.O’yin faoliyati nazariyasi
2. O’yinning ahamiyati
3.Bolaning psixik o’sishida o’yinning ahamiyati


Ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasiga oid maqsadlarni amalga oshirishda foydalanishga tavsiya etiladigan ta’limiy o’yinlar
Ma’lumki, bolalar faoliyatida o’yin, mehnat, san’at (rasm chizish, raqsga tushish, ashula yoki she’r aytish va shu kabilar), bilishga qiziqish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli murabbiylar va tarbiyachilar bolalarning shu turdagi faoliyatini sun’iy deb emas, balki bu tabiiy hol deb ularni qo’llab – quvvatlash kerak. Mulohazamizga tarbiyashinos olimlarimizning quyidagi fikrlari ham asos bo’la oladi. Bu borada Shorasul Zunnunov: “Bolalikning vazifasi o’yin bo’lib, u vazifani to’la-to’kis ado etish uchun bolalarning yoshlik vaqtlarida o’ynab qolishlariga harakat etish lozim. Shuning uchun bolalar berilib o’ynab turgan vaqtlarida: “... Qani ketinglar!” deb ularni o’yindan mahrum qilish bolalar jamiyatining vazifalar o’tash yo’lidagi tashabbus, azm va amallariga qarshi bo’lib, unga chegara qo’yishdir. Buni ularning ruhiga xiyonat deb ta’bir etish mumkindir”, desa, Ya.A. Komenskiy quyidagi fikrni bildiradi: “Bolalar hamisha nima bilandir bajonidil band bo’ladilar. Bu juda foydali, shuning uchun unga xalaqit berish emas, aksincha, ularning doimo biror - bir ish bilan mashg’ul bo’lishlarining chora - tadbirlarini ko’rish kerak”. Demak, murabbiy va tarbiyachilarning bolalar bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish va jamoaviy ijodiy ishini o’tkazish, ma’lum muddatda ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni olib borishi uchun ulardan kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar asosida shakllanggan pedagogik mahorat talab qilinadi.
Shu sababli ham MTT dagi tarbiyachilar va murabbiylar bolalar bilan ishlash uchun aniq kasbiy malaka va shaxsiy xislatlarga ega bo’lishi kerak. Shularni hisobga olib bu borada ularga qator talablar qo’yiladi. Tarbiyachi va murabbiylarning kasbiy faoliyatida pedagogik mahorat muhim ahamiyat kasb etadi va bu MTM da bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda yordam beradi.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo’lsak,
aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk
ko’rtaklari namoyon bo’la boshlaydi”.
Quyida ana shunday rukndagi o`yin mashg’ulotlaridan namunalar keltiramiz.
O`zbekiston - mening vatanim” o`yini
Maqsad: Mashg`ulotni mustahkamlash, bolalar kayfiyatini ko`tarish, mayda va yirik matorikani rivojlantirish va eng asosiysi bola xotirasida vatan haqida va uni qanday o`ziga xos hususiyatlari bo`lishi kerakligini anglatish.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə