Samarqand davlat universiteti


MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG’ULOTLAMI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə63/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG’ULOTLAMI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. Oilada bola nutqini o‘stirishdan maqsad og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan iborat. Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o‘zi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygani ma’qul:
 farzandida so‘zlashish odobini tarbiyalash;
 lug‘at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;
 nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish;
 ravon nutqni takomillashtirish;
 badiiy asarlar bilan tanishtirish;
 savod o‘rganishga tayyorlash.
Go‘dak nutqini shakllantirishning asosiy genetik vazifasi –kichkintoylarda katta odam bilan muloqotga kirishish qobiliyati va vositalarini vujudga keltirishdan iboratdir. Emotsional - erkin muloqot ushbu yoshda etakchi faoliyat turi hisoblanadi. Kichkintoy 2-2,5 oyligidan boshlab xatti-harakatlari bilan kattalardan o‘zi bilan muloqotga kirishishni “talab qila» boshlaydi. Muloqotning birinchi shakli – hissiy-erkin bo‘lib, go‘dakning atrofidagilarga nisbatan qiziqishi uning his-tuyg‘ularga boy munosabati orqali tavsiflanadi. Muloqotning bunday shakli bola hayotining birinchi yarim yilligiga xosdir. Muloqotning yanada rivojlangan ikkinchi shakli – ya’ni, hissiy-vositali (vaziyatli-amaliy) shakli bola hayotining ikkinchi yarim yilligida ro‘y beradi. Bu muloqot predmetlar orqali vositali muloqotga aylantiriladi. Ushbu yoshda bolaning qiziqishlari atrof muhitga yo‘naltiriladi. Unda yangi taassurotlarga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda nutqni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
 bolada kattalarga nisbatan emotsional bog‘liqlik va ishonch hissini tarbiyalash;
 uning o‘ziga nisbatan atrofidagilarning ijobiy diqqat-e’tibor talab qilishini qondirish;
 kichkintoyning qiziqishlarini rivojlantirishga ko‘maklashish.
Masalan: «Qo‘ling qani? Qo‘lingni ko‘rsat! Kim keldi? Akang keldimi?“ Ushbu davrda bola kattalar ko‘magida narsa-buyumlardan foydalanish usullarini o‘rganadi (qoshiq bilan ovqatlanish, piyoladan choy ichish, qalamda rasm chizish, stulchaga o‘tirish va boshqalar). Narsa-buyumlardan foydalanish ehtiyoji nutqiy muloqotni talab etadi. Ilk yoshda bola oldida turgan asosiy vazifa narsalardan foydalanish usullarini o‘zlashtirish asosida nutqni egallashdan iborat bo‘ladi.
4. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot. Katta yoshli kishi ta’sirida bolada muloqotning yangi – vaziyatdan tashqari-shaxsli shakli vujudga keladi, unda bola «odamlar olami»ga qarab ish tutadi. Bola odamni jamiyatning vakili deb biladi, ijtimoiy olamdagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘zlashtiradi.
Muloqotning ushbu shakli vujudga kelishi va rivojlanishi ko‘p jihatdan bolalar kattalarning o‘zaro munosabatlari, jamiyatda o‘zining tutish qoidalari bilan qiziqadigan o‘yinlarning rivojlanishi bilan uzviy darajada bog‘liqdir. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar faqat kattalarning xayrixoh diqqat-e’tiborlariga va ular bilan hamkorlik qilishga emas, balki kattalarning ularni hurmat qilishlariga, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lishilariga intiladi.
Besh yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda (o‘yinda, mahsuldor faoliyatda) ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi. Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa turlarida
axborot almashish, funksiyani rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalarning umumlashuviga ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi. YOsh ulg‘aygani sayin muloqot mustaqil ahamiyat kasb etib boradi, bu hol bolaning tengdoshlariga hamdardlik bildirishi, ularni tushunishi, emotsional yaqinligida namoyon bo‘ladi.
Etti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi («qiziqarli o‘yinlar o‘ylab topadi», «YAxshi yuguradi», «Juda yaxshi, kulgili» va h.k.).
Etti yoshli bolalarda, agarda ular maktabgacha ta’lim muassasasida bir guruhda bir necha yil birga tarbiyalangan bo‘lsalar, ancha uyushgan bolalar jamiyati mavjud bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi kichik bolalarga nisbatan muloqot doirasi ancha kengayadi. O‘yin guruhlarining barqarorligi ortadi, ulardagi bolalarning o‘rtacha soni ikki-uch kishiga etadi, ba’zan, ayniqsa, o‘g‘il bolalarda 8-9 kishidan iborat o‘yin guruhlari vujudga keladi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko‘nikmalarning yuqori darajasi va ulardan o‘rinli foydalanish kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun keltiriladigan dalillar, baholar o‘z mazmuniga ko‘ra yanada takomillashib boradi. Bolalar hayotining ettinchi yilida tengdoshlari bilan do‘stona munosabatlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar o‘z tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega bo‘ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTMdagi guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi («Hamma bilan do‘st», «Agar bolalar urushib qolishsa, yarashtiradi», «Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi»).
Axloq normalari va qoidalarini o‘zlashtirib olish natijasida bolada shakllanadigan etik o‘lchovlar uning universal insoniy qadriyatlarga munosabatini aks ettiradi, bola uni faqat o‘z shaxsiga nisbatan qo‘llash bilan cheklanib qolmaydi.
Bola borgan sayin kattalarga qaram bo‘lmasdan mustaqil bo‘lib boradi. Uning ijtimoiy tajribasi boyiydi, atrofdagilar bilan o‘zaro
munosabatlari murakkablashadi. Bu unga o‘zini, o‘zining afzalliklari va kamchiliklarini to‘liqroq anglab etish imkonini beradi. O‘zi haqidagi bilimlari cheklanganligi tufayli kattalarning baholarini ishonib qabul qiladigan va o‘zini katta yoshli odamning fikri orqali qabul qiladigan ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalardan farqli ravishda, maktabgacha kata yoshdagi bolalarda o‘zi haqidagi mustaqil tasavvurlar hamda o‘zini, o‘z harakatlarini va tashqi xususiyatlarini baholash elementlari paydo bo‘ladi.
Bolaga odamlar – kattalar va tengdoshlari olamini yaqinroq bilib olish uchun quyidagilar zarur:
 katta yoshli odamning bola bilan hamda bolalarning bir-birlari bilan badiiy, musiqiy, teatr faoliyatining har xil turlarida (ertaklarni sahnalashtirish, tomosha ko‘rsatish, barmoqli va boshqa teatr turlari) emotsional jihatdan boy mazmunli muloqoti;
 o‘z yaqinlari bo‘lgan kattalar va tengdoshlariga nisbatan yoqtirish, emotsional bog‘liqlik hissiyotlarini, o‘zaro bir-birini tushunish va hamdard bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash uchun bolalarning kattalar va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga undovchi sharoitlar yaratish; ularning emotsional holatlarini: quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, g‘azab, jahl, tashvishlilikni; amaliy va shaxsiy sifatlarini; turli faoliyat shakllarida, jamiyatdagi axloq qoidalariga rioya qilishdagi imkoniyatlarini anglash uchun; agarda boshqa odam charchagan, unchalik sog‘lom emas, o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa, nimagadir xafa bo‘lsa, tashvishga tushgan bo‘lsa unga hamdardlik bildirish va kattalar hamda bolalarning ifodali nutqiga, hazillarga emotsional munosabat bildirishni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilish;
 kishilarning teatrda, muzeylarda, ko‘rgazmalarda, transportda, pochtada, bankda, stadionda, do‘konda o‘zini tutishini ko‘rsatuvchi hamda bolalarning axloq va nutqiy muloqot qoidalari, normalariga oid diafilmlar, shuningdek, maxsus suratga olingan maktabgacha ta’lim muassasasidagi kattalar va bolalar, ular ishtirokidagi o‘yinlar, mashg‘ulotlar, bayramlar haqidagi videofilmlarni namoyish qilish. Bolalarda insonlar olamiga nisbatan qiziqishni rivojlantirish vositasi sifatida muzeylar, teatrlar, ko‘rgazmalar, sayrlar, ekskursiyalarga borish;
 katta yoshli odam, boshqa bolalarning iltimoslarini bajarishga intilishlarini, takliflarga javob berishini qo‘llab-quvvatlash. Kattalar mehnatiga bo‘lgan qiziqishni va uning ijtimoy ahamiyatini qadrlash, mehnat natijalarini asrab-avaylash, kattalar bilan birgalikdagi mehnat faoliyatiga qo‘shilish qobilyatini shakllantirish. Bolaning kattalar hamda tengdoshlari bilan muloqoti va munosabatlarini rivojlantirish, shuningdek o‘zining obrazi va o‘ziga bo‘lgan munosabat shakllanishida erishilgan yutuqlar shaxsning ijtimoiy layoqatlilik yoki etuklik kabi kompleks bazaviy xususiyatlarida jamlanadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqqa doir, malaka va ko‘nikmalari mavjud bo‘lganligini hisobga olib, ularda bog‘lanishli nutqni shakllantirishda, avvalo, tevarak-atrofni kuzatishda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular avvalo, ona Vatan haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi. Bunda «Ilq qadam» dasturida bolalarda mustaqil O‘zbekiston davlati haqidagi tushunchalarni kengaytirish, uning o‘tmishiga oid yodgorliklar bilan tanishtirish. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qo‘qon kabi tarixiy shaharlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, «Mustaqillik kuni» (1991 yil 1 sentyabr), O‘zbekiston ramzlari — gerbi, bayrog‘i, madhiyasi bilan tanishtirish, O‘zbekiston Prezidenti, Prezidentlik boshqaruvi haqida ma’lumotlar berish, bolalarning o‘z mahallasi, ko‘chasi, uyi, uning nomlanishi, nomlanish sababi; O‘zbekistonning tabiati, er osti va er usti boyliklari, tog‘lari, cho‘l va adirlari, tog‘u soylari, o‘rmonu bog‘lari, iqlimi, buyuk siymolari, sarkardalari, ulug‘ mutafakkirlari, an’anaviy bayramlari, sayllari, milliy marosimlari, o‘zbek xalqining amaliy san’ati, kattalar mehnati, bolalarning ota-onalari, aka-opalarining O‘zbekiston xalq ho‘jaligining turli sohalaridagi ishtiroki, ishlab chiqarishning muhim sohalari, aloqa vositasi haqida bilim berish nazarda tutilgan. Ana shularning barchasi bolalarning tevarak-atrofdagi xodisalar haqidagi bilimlarini aniqlash, mustahkamlash va kengaytirish asosida bog‘lanishli nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bizga ma’lumki, juda ko‘p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi.
Bolada o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirish, qadr-qimmat tuyg‘usini shakllantirish uchun katta yoshli kishi o‘zining butun vujudi bilan bolani yaxshi tushunishini va uning yutuqlaridan xursand bo‘lishini va muvaffaqiyatsizliklarida hamdard bo‘lishini ko‘rsatishi zarur. Kattalarning mehri va tengdoshlarining xayrixoh munosabati bolada o‘ziga nisbatan hurmatni his etishda yordam beradi, o‘zini ko‘rsatish va shaxs sifatida o‘sish omili hisoblanadi, unda o‘zining haqiqiy insoniy qiyofasini ifodalashga nisbatan intilish rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar bilan muloqot qay tarzda amalga
oshiriladi?
2. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar bilan muloqot qaytarzda amalga
oshiriladi?
3. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik tizimi qanday
shakllantiriladi?
4. Muloqotning qanday vositalarini bilasiz?
5. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot qay tarzda amalga oshiriladi?
6. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun qanday mashg‘ulotlar
ishlanmasi tavsiya etilgan?
7. Muloqot, til, nutqning tahlili va rivojlanish asoslari haqida nimalarni bilasiz?
8. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot.
9. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar bilan muloqot qay tarzda amalga
oshiriladi?
10. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bola nutqning grammatik tizimi qanday shakllantiriladi?
11. Muloqotning qanday vositalarini bilasiz?
12. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar uchun qanday mashg‘ulotlar ishlanmasi tavsiya etilgan?
13. Muloqot, til, nutqning tahlili va rivojlanish asoslari haqida nimalarni bilasiz?


Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə