Samarqand davlat universiteti


-MAVZU: BOLALARNI SAVOD O‘RGATISHGA TAYYORLASH ISHINING MAQSAD HAMDA VAZIFALARI. MTMDA BOLALARNI O‘QISH VA YOZISHGA O‘RGATISH METODIKASI



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə64/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

10-MAVZU: BOLALARNI SAVOD O‘RGATISHGA TAYYORLASH ISHINING MAQSAD HAMDA VAZIFALARI. MTMDA BOLALARNI O‘QISH VA YOZISHGA O‘RGATISH METODIKASI.
.
Reja:
1. Bolalarni savod o‘rgatishga tayyorlash ishining maqsad hamda vazifalari.
2. Mtmda bolalarni o‘qish va yozishga o‘rgatish metodikasi.
3. Savodga o‘rgatishdagi dastlabki vazifa–bolalarni tovush eshitish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktab ta‘limiga tayyorlashdagi muhim ishlardan biri, bu bolalar MTMda va oilada bolani savodga tayyorlashdan iboratdir. MTMda bolalarga o‘qish va yozishga o‘rgatishning boshlang‘ich bilimlarini berish, ya’ni bolalarga so‘z haqida tushuncha berish, so‘slardan gaplar tuzishga o‘rgatish, gaplarni so‘zlarga ajratish va ular tartibini aytishga, o‘zbek tilidagi unli va undosh tovushlarni aytish hamda ularni so‘zlarda tahlil qila olishga, o‘rgangan harf va tovushlardan bo‘g‘in yasay olishga, harf elementlarini yozishga va boshqalarga o‘rgatish lozim. Bola maktabga borgunga qadar shunday malakalarga ega bo‘lishi, uning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishining garovi hisoblanadi. MTMdam oilada o‘qish va yozishga o‘rgatish umumrivojlantiruvchi yo‘nalishga ega bo‘lib, u bolada fikr yuritish qobiliyatining axloqiy-irodaviy, estetik va boshqa shaxsiy sifatlarning rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, ushbu davr bolani maktab ta’limiga tayyorlashning muhim sharti, shuning uchun tarbiyachilar savod o‘ragtishga tayyorlash davrini, maqsadini, vazifalarini, mazmuni va metodlarini juda yaxshi bilishlari kerak. Katta guruhlarda nutq bolalar uchun dastlabki o‘quv manbai hisoblanadi. Tarbiyachi va ota-ona bolalarni nutqqa haqiqiy til fani sifatida munosabatda bo‘lishga hamda bolalarga so‘zlarni tovush jihatdan tahlil qilishga o‘rgatadi.
6 yoshli bolalarni o‘qish va yozishga o‘rgatishda ularning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Maktabga borish bolalar hayotida yangi bir dunyo hisoblanadi. Odatda, maktab yoshida boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari, vazifalari o‘qish hisoblanadi. 6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ularning yangi sifat, yangi xususiyatga ega bo‘lishlarini taqozo etadi. MTMda bolalar nutqini o‘stirishga alohida e‘tibor qaratiladi. Chunki bolalar nutqining qay darajada rivojlanganligi ular maktabga o‘qishga qanchalim tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi ishonchli dalil bo‘lib hisoblanadi. Katta guruh bolalari uchun maktab hayoti doimo qiziqarli hisoblanadi. Shu bois tarbiyachi va ota-ona bunday qiziqishni qo‘llab-quvvatlashi va yanada orttirib borishi kerak. Buning uchun esa maktab va unda o‘qish haqida qiziqarli suhbat o‘tkazish hamda yaqin atrofga sayohat uyushtirish foydalidir. 6-7 yoshga to‘lish davri godaklikning tugasi va o‘smirlikning boshkanish davriga to‘g‘ri keladi. Ana su davrdan boshlab bolalarni uzluksiz o‘qishga o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Bu davrga kelib bola jismonan va ruhiy jihatdan ancha o‘sadi. O‘zini idora qilishga, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga harakat qiladi. U o‘zini bemalol eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qiladi. Bu davrda bolaning fikrlash darajasi ham ancha oshib, narsalarning nomini va ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tafakkuri rivoj topib, ko‘pgina she’r va hikoyalarni bilib oladi. So‘z boyligi ortadi.
Analiz va sintez tafakkurning asosiy jarayonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Analiz qilish shunday bir tafakkur qilish usulidirki, bunda fikran narsalarni ayrim elementlarga, ayrim qismlarga ajratamiz. Analiz jarayonida narsalarni tarkibiy qismlarga ajratish orqali butunni qismlarga, qismlarni esa butunga bo‘lgan munosabatini aniqlaymiz. Demak, analiz qilish orqali biz narsalarning ichki bog‘lanishlarini, ularning mohiyatini aks ettiramiz. Natijada ongimizda juda ko‘p narsalarni ahaliz qilishimiz mumkin. Masalan qo‘limizdagi ruchkani yoki biror bir buyumni analiz qilish va ularni tarkibiy qismlarga ajratishimiz mumkin. Sintez analizning aksi bo‘lgan tafakkur jarayonidir. Sintez qilishda biz analiz qilish vaqtida ayrim bo‘laklarga ajratilgan narsalarning qismlarini fikran birlashtirib, bir butun holga keltiramiz. Demak, analiz va sintez bir-biri bilan uzviy bog‘liq jarayondir. Bolalarni savodga o‘rgatish jarayonida sintez va analiz jarayonlarining juda katta ahamiyati bor. Masalan tovushlardan bo‘g‘inlar, bo‘g‘inlardan so‘zlar, so‘zlardan gaplar tuzish va gaplarni nutqda ishlatish, aksincha, nutqdan gap ajratib olish, gapni so‘zlarga ajratish va uni tarkibini aniqlash, so‘zlarni qismlarga, bo‘g‘inlarga ajratish, bo‘g‘inlarni tovushlarga ajratish analiz va sintezning asosi hisoblanadi.
Shundan aytish mumkinki, analiz va sintez savodga o‘rgatishning asosiy metodlaridan biridir. Savodga o‘rgatishdagi dastlabki vazifa–bolalarni tovush eshitish qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. Savodga o‘rgatishning bu jarayonida analiz va sintez metodidan faol foydalaniladi. Maktabda o‘qituvchi so‘zni bo‘g‘inga, bo‘g‘inni tovushga ajratishga o‘rgatishdan oldin kesma harflardan qanday qilib so‘z tuzishni va so‘zni o‘qishni hamda yozishni o‘rgatadi. MTMda ham har bir bolada kesma harflar bo‘lishi lozim, bu savodga o‘rgatishda muhim qo‘llanma hisoblanadi. Bola bog‘chada kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘z tuzishga o‘rganib olgach, u maktabda yozishni va bo‘g‘inlab o‘qishni yaxshi egallab oladi. Kesma harflar bilan so‘zlarning aytilishi va yozilishini qiyoslash esa endi ayrim qismlari o‘xshash so‘zlarni, harflarni o‘zgartirish bilan boshqa so‘z tuzish imkonini beradi. Analiz va sintez savodga o‘rgatishning barcha bosqichlarida bir-biri bilan bog‘liq holda olib boriladi, shuning uchun ham analiz va sintez deb aytiladi. Bolalarni MTMda va oilada o‘qishga o‘rgatishning barcha asosi bolalar nutqining rivojlanganligiga tayanadi va so‘z ustida amaliy ishlash bo‘lib hisoblanadi.
Endigi vazifa bolalarni jonli nutqdan tovushlarni ajrata olishga, bu tovushlarni harflar bilan belgilashga, tovush va harflardan bo‘g‘in va so‘zlar tuza olishga o‘rgatishdir. Bularning barchasi bolalardan nutqni eshitishni talab etadi. Shuningdek, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun nutqni so‘zlarga ajratish, so‘zlarni esa bo‘inlarga va tovushlarga ajratish mumkinligini; ajratilgan nutq elementlaridan bo‘g‘iin va tovushlardan yana so‘z hosil qilish mumkinligini tushunish zarur. Bolalarni o‘qishga puxta o‘rgatish jarayonida quyidagi asosiy didaktik prinsiplarni (ta’lim tamoyillarini) bajarish zarur, bular:

  1. O‘rgatishdagi izchillik, ketma-ketlik.

  2. Doimiy ravishda takrorlashning zarurligi.

  3. Sekin-asta murakkablashtirib borish.

  4. Ishning turli usullarini qo‘llash.

  5. O‘rgatish jarayonida bolalarning ta’lim jarayonida faol ishtiroki va materialni tushungan holda o‘zlashtirishlari.

Bularning barchasi bolalarni tarbiuyachini tinglash, uning bergan topshiriqlarini mustaqil bajarish nimani ko‘rgan va eshitganligini, esida qolganligini gapirib berish masalasiga o‘rgatish orqaligina amalga oshiriladi. Bolalarni o‘qishga o‘rgatishda mtmda bor bo‘lgan materiallar va o‘yinchoqlar, maishiy xo‘jalik buyumlari, rasm va jadvallar, kesma harflar va bo‘g‘in jadvallaridan foydalanish kerak. Maktabga tayyorlov guruhida ishni gap bilan tanishtirishdan boshlash kerak. Bu vaqtga kelib bolalar gapni so‘zlarga, so‘zlarni esa bo‘g‘inlarga ajrata olishlari lozim. Har bir bola amaliy jihatdan nutqni yaxshi egallagan bo‘lishi mumkin, ammo ular o‘z nutqlari hali alohida so‘zlardan, so‘zlar esa bo‘g‘in va tovushlardan iborat ekanligini bilishmaydi. Endi ular ilk bor o‘z nutqlarini tahlil qilishga o‘tadilar. Tahlil qilishni doimiy ravishda o‘rgatib borish kerak. Bolalar butun sentabr oyida nutqdan gapni ajratishga, tarbiyachining savollariga javob berishga, suratga qarab va berilgan so‘zlar ishtirokida gap tuzishga o‘rganadilar, sayr va sayohatlarda nimalarni ko‘rganliklari haqida gapirib beradilar. Qolgan barcha oylarda ham tarbiyachi yuqoridagi kabi dasturi asosida mashg‘ulot mavzularini rejalashtirgan holda olib boradi. O‘qishga o‘rgatish mashg‘ulotini quyidagi ketma-ketlikda o‘tkazgan ma’qul:

  1. Surat, jadval yoki tinglangan hikoya, ertak yuzasidan qisqa suhbat.

  2. Yangi bo‘g‘li so‘zni ajratib olish, uni bo‘g‘in tovush jihatidan tahlil qilish.

  3. Kesma harflardan so‘z tuzish, uni o‘qish.

  4. Mustaqil ravishda yangi bo‘g‘in ishtirokida so‘z tuzish (Bolalarning o‘zlari mustaqil tarzda bo‘g‘in yoki harfni almashtirish yo‘li bilan).

  5. Tuzilgan so‘zlarni ovoz chiqarib o‘qish va ularni og‘zaki gapga kiritish.

  6. To‘g‘ri chiziq daftarga yangi bo‘g‘in bilan tuzilgan so‘zni bosma harfda yozish va yozilganini o‘qish.

Har oyda yozishga o‘rgatishga doir to‘rttadan mashg‘ulot o‘tkaziladi. Har haftada mashg‘ulot bir marta o‘tkazilib, u 25-30 daqiqa davom etadi.
SENTABRda – bolalarga ko‘zni qo‘l barmoqlarining mayda muskullarini rivojlantirish uchun mashqlar bajartiriladi. Buning uchun geometrik shakllar chizilib shtrixlanadi.
OKTABRda – avvalgi ishlar davom ettiriladi. Bolalarga yuqoridan pastga qarab va chapdan o‘ngga qarab ikkitadan katak sanash, ikki katak uzunligida chiziqcha chizishi, gorizantal, vertical, to‘lqinsimon va aylana chiziq shaklidagi naqshlar chizishga orgatiladi.
NOYABRda – bolalar birinchi sinf yozuv daftari bilan tanishtiriladi. Harf elementlarini yozishga tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
DEKABRda – bolalar bilan yozuv daftarida ishlar davom ettiriladi.
YANVARda – bolalarga harf elementlarini oddiy qalam bilan yozish o‘rgatiladi, to‘g‘ri, qisqa tayoqcha, uzun, to‘g‘ri tayoqcha tayoqcha, pastga aylantirilgan tayoqcha va boshqalar.
FAEVRALda – bolalar bilan o‘rganilgan harf elementlari takrorlanadi.
MARTda – bolalar o‘rganganlarini takrorlaydilar. Yangi harf elementlarini mashq qiladilar.
APRELda – Oval shaklini, chiziqchalarni birlashtirmasdan yozish.
MAYda – Ona va ota so‘zini yozishni qay daraja o‘rganganligini sinash maqsadida tanish bo‘lgan harf elementlarini o‘z ichiga olgan diktant o‘tkaziladi. Bolalarni yozishga o‘rgatishda gigiyenik sharoitlarga amal qilish, alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘tiradigan stol-stullar ularning bo‘yiga mos bo‘lishi kerak.



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə