Samarqand davlat universiteti


Nutqiy muloqotni rivojlantirish



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə62/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Nutqiy muloqotni rivojlantirish. Bolalardagi ko‘plab nutqiy
muloqot va ko‘nikmalar mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. Maktabgacha talimda bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Mehnat jarayonida - xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi. O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi.
Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi.
Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar jarayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladilar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar.
Mashg‘ulotning tahlili: Tarbiyachi dastur bo‘yicha kapalakning yangi turi «Baxmal kapalak» haqida bolalarga bilim berdi. Mashg‘ulotda solishtirish metodidan foydalanildi (YA’ni, oddiy kapalak baxmal kapalak bilan solishtirildi). Mashg‘ulot savol-javob tarzida boshlandi. YAngi bilim berish bilan tugatildi.


O`RTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHGA OID MASHG’ULOTLAMI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishda tevarak atrof bilan tanishtirish va nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar katta o‘rin egallaydi. Bu ishlar faqat mashg‘ulotlardagina amalga oshirilmasdan, balki bolalarning kundalik hayotida ham, mehnat faoliyatida va o‘yin faoliyatida amalga oshiriladi.
 bolaning o‘z qarindoshlari, qo‘shni tengdoshlari shaxsiga va faoliyatigaqiziqishini qo‘llab-quvvatlash, birgalikdagi o‘yinlarda ularning dialogik nutqini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;
 turli muloqot vositalari, ya’ni - so‘z, yuz ifodasi (imo-ishora)dan muayyan vaziyatni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan holda foydalanishni o‘rgatish;
 bolalarning ertak va kichik hikoyalarni so‘zlab berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash;
 bolani “tovush”, “so‘z”, “gap” atamalari bilan tanishtirish kabilardan iborat.
O‘rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to‘g‘risidagi bilimlarini chuqurlashtirish bo‘yicha mukammal ish olib borish ko‘zda tutilgan. Bu guruh bolalarining faol lug‘ati narsalarning nomlarini, qismlarini, ularning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko‘rinishi va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib boradi. Bolalarning o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, mevalar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni ishlatishga o‘rgatiladi; tanish buyumlarni guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi.
4-5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan tanishtiriladi, kishilar mehnati, ularning kasblari, mehnat qurollari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va buning natijasida ularning lug‘atlariga mehnat faoliyatining xususiyatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini bildiruvchi so‘zlar kiritib boriladi.
O‘rta guruhda ona shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat binolarining nomlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib boriladi: pochta, maktab, do‘kon, kino-teatr va hokazolar, faollashtirib boriladi hamda shahar va qishloqlarni, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so‘zlar hisobiga (yangi ko‘prik qurishyapti, shahar bog‘i tashkil qilindi) lug‘atlari boyitib boriladi. Bola tilining lug‘at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik qurilishini ham egallay boshlaydi.
O‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: Bola besh yoshga etganda uning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasi kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkumlaridan otni tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foydalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To‘rt yoshli bolalar o‘z nutqlarida bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlarni hamma vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdan foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgura olmaydi. Fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon) tezda to‘g‘ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llarning zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida gaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g‘ri bog‘lanmaydi, ayrim so‘z turkumlarini tushirib qoldiradilar.
To‘rt yoshli bolalarni so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog‘ining javobini qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. O‘rta guruhda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilishga o‘rgatish kiritiladi. 4-5 yoshli bolalarni buyumlarni tasvirlashga (o‘yinchoqlarni, o‘simliklarni, kiyimlarni), ularning o‘ziga xos belgilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklarni (masalan: «Echki bolalari bilan»), mashg‘ulotlarda birinchi martda o‘qib
berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalarni qayta hikoya qilishga o‘rgatiladi.
4-5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi: birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa kishilar nutqidagi tovushlarni tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati esa tovush talaffuzidagi kamchiliklarni sezish qobiliyati etarli rivojlanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulyasiya apparati etarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarda nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash, asosan, fonematik eshitishni va ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni shakllantirishga qaratilgandir. Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, tempi, so‘zlarda urg‘ularni to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlarni (l, r) to‘g‘ri talaffuz etilishiga alohida ahamiyat berish kerak. O‘rta guruhda bolalarning badiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi rivojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoya qilinadi, kitobdagi rasmlarni ko‘rib chiqish, uni to‘g‘ri idrok qilish o‘rgatiladi.
Tarbiyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z jozibasini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa she’rlarni badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4-5 yoshdan maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar va bo‘lgan voqealarni bir-biriga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan foydalangan holda o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola etti yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va To‘g‘ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar asosida kichik og‘zaki insho to‘qiy olsa bular uning nutqi etarli darajada rivojlanayotganini bildiradi.
Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yangi so‘zlarni o‘zlashtirishiga yordam bering. Bolada to‘g‘ri gapirishga intilishni qo‘llab-quvvatlang. Bolaning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga ahamiyat bering.
 tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlarni to‘g‘ri ifodalashiga erishing. Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya qilishga o‘rgating. YUqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha katta yoshga etib bola eng oddiy notiqlik sirlarini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi, u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.
Ota-onalarning vazifasi esa farzandi nutqining to‘g‘ri rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Tarbiyachi navbatdagi topshiriqni bajarishga bolalarni jalb etishdan avval har bil bola haqida qandaydir yaxshi so‘z aytishga, ularni dadillashtirishga harakat qilishi kerak. Masalan: «Quyonlarni boqishni Alisherga ishonib topshiraman. Uning qo‘llari judayam sahiy!» «Odina-g‘amxo‘r», «Madina juda xushchaqchaq», «Iroda – mehnatsevar» va shunga o‘xshash bolalarga berilgan baholar ularda o‘ziga ishonchni, xatti-harakatlariga baho bera olishni vujudga keltiradi. Bolalar o‘zlarining yaxshi javoblari va a’lo xulqlari bilan javob berishga, o‘z tengdoshlariga nisbatan samimiy bo‘lishga harakat qiladilar.



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə