Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə71/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Savol va topshiriqlar:

  1. Suhbat metodiga xos bo‘lgan zamonaviy talab va talqinni ajratib yozing. Ularni avvalgi xususiyatlari bilan taqqoslang. O‘xshash va farli tomonlarini ko‘rsating.

  2. Suhbat metodining asosiy ashyosi bo‘lgan savollar haqida aytilgan: “YAxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, o‘ylashga, his qilishga, izlanishga majbur etadigan, kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan” singari sifatlarning har birini alohida tahlilga torting. Badiiy asarlar misolida ularni ifodalab beradigan savol-topshiriqlar tuzing. YAratiqlaringizni kursdoshlar bilan baham ko‘ring.

  3. Jaloliddin Rumiy hazratlarining: “YAxshi savol yarim bilimdir”,- degan hikmatini sharhlang. YAxshi savolning bilimga qanday ahamiyati bor deb o‘ylaysiz?

  4. Suhbat metodiga xos bo‘lgan quyidagi: “Asar ustida ishlash jarayonida bo‘ladigan suhbatlar nafaqat ovoz chiqarib fikrlash, balki ovoz chiqarib his etish hamdir”, degan fikrga diqqat qiling. O‘ylab ko‘ringchi, “ovoz chiqarib his etish”ni qanday tushinish mumkin, Sizningcha?

  5. Suhbat metodidan foydalanganda tarbiyachi yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lmagan jihatlarni ajratib yozing. Ularning nima uchun taqiqlanganligi sabablarini aniqlang, izohlashga urinib ko‘ring.

  6. Matndagi: “Albatta, tarbiyalanuvchining xulosasi tarbiyachichining fikridek to‘kis bo‘lmaydi. U to‘mtoq, jo‘n, jaydari, tarqoq bo‘lsa ham adabiy ta’lim amaliyoti uchun olimnikidan qadrliroq, bog‘cha opanikidan qimmatliroqdir” degan fikrga munosabat bildiring.

  7. Evristik metodning suhbat metodidan farq qiladigan asosiy jihatlarini topib ajratib yozing. Bu farqlarni qanday anglaganingizni biror badiiy asar misolida savol-topshiriqlar tuzib tushintirib bering.

  8. Tadqiqot va evristik metodlarning o‘xshash hamda farqli tomonlarini aniqlang. Metodlarga xos bo‘lgan umumiylik va xususiylikni bittama-bitta izohlang. Xulosalaringizni biror asar misolida asoslay bilsangiz, go‘zal ish bo‘lardi.

  9. Istalgan bir badiiy asar misolida induktiv va deduktiv metodlarning xususiyatlarini butun kurs birgalikda aniqlashga urinib ko‘ring. Bu sizning pedagogik amaliyotingizga zamin tayyorlaydi.

  10. “Fikriy hujum” metodidagi etakchi g‘oyalarni, ya’ni “hujum” qilinishi kerak bo‘lgan muhimlarni ajrating. Har bir savol va topshiriqqa o‘z munosabatingizni bildiring.

  11. Sizga taqdim etilayotgan “6x6x6” metodi har ikkala variantining afzalliklari va kamchiliklari haqida o‘ylab ko‘ring.

  12. Taniqli bolalar shoiri Anvar Obidjon qalamiga mansub “Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak” asari tahlili va uning ustida ishlash namunasini tahlilga torting. Qarashlaringizni asoslang.

  13. Adabiy ertak muallifi ilgari surgan haqiqatlarni bugungi meditsina va ayrim shifokorlarning faoliyati bilan bog‘lagan holda o‘zingiz tahlilga torting. SHoirning mahoratiga o‘z munosabatingizni bildiring.



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə