Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə69/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Savol va topshiriqlar:

  1. O‘qiganlaringiz asosida didaktik o‘yinlar bilan ijodiy o‘yinlar orasidagi tafovutni aniqlang. Har ikkisiga tegishli xulosalaringizni biror badiiy asar misolida isbotlang. Bolalarga xos bo‘lgan ijodiy va didaktik o‘yinlardan o‘zingiz bilganlaringizni sanang. Bilganlaringizni kursdoshlaringiz bilan bo‘lishing.

  2. Badiiy asarlar ustida ishlash mashg‘ulotlarini didaktik o‘yinlardan foydalangan holda tashkil etish uchun amalga oshiriladigan ishlar sirasida “rollar va vazifalarni bolalar o‘rtasida oqilona taqsimlash” degan tushuncha mavjud. Sizningcha, bu muhim ishni qanday mezonlarga tayangan holda amalga oshirish maktabgacha adabiy ta’limning maqsadiga muvofiq bo‘ladi? Fikringizni asoslang.

  3. Yuqoridagi badiiy asar bilan tanishish mashg‘ulotlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan didaktik o‘yinlarning har biridan tarbiyachining ustozlik mahorati bilan bog‘liq fikrlarni ko‘chirib yozing. Bu o‘yinlarni qanday tashkil etish mumkinligini tasavvur qiling. Ulardan amalda foydalanish yo‘llarini tavsiya eting.

  4. Bolalarning o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring: biror ertakning mazmunini o‘zgartirib yangi ertak yarating; ertak qahramonlari xarakterini o‘zgartirib o‘zgacha bir asar biting; biror ertakdagi tanish so‘zlar va bitta begona so‘z ko‘magida ijod qiling. Ijodingiz mahsulini asrab qo‘ying. Amaliy faoliyatingizda asqotishi mumkin.

  5. “Ilk qadam” dasturidan o‘rin olgan ertaklarning asliyatidan tashqari ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi hatto beshinchi tugashini o‘ylab toping. YAratiqlaringiz amaliy faoliyatingizda foyda keltirishi aniq.

  6. Kursdoshlar birgalashib “Ilk qadam” dasturidagi birorta asar mazmuni yuzasidan birgalikda rasm chizing. CHizilgan rasmni birgalikda o‘qing.

  7. “Sehrli” so‘zlar ko‘magida badiiy matn yarating. Unga maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nazari bilan yondashing.

  8. Narsa va hodisalarning xususiyatlari asosida kichik she’r va hikoyachalar yarating. Ularni bir-biringizga taqrizga bering, birgalikda muhokamaga torting. SHu tariqa yaratish mashaqqatini tuyasiz, ertangi tarbiyalanuvchilaringizni ham his qilasiz. Bularning barchasi sizni pedagogik amaliyotga tayyorlaydi.

  9. “Adabiyot mening taqdirimda” mavzusida insho yozing. Tekshirish uchun ishingizni bir-biringizga bering. Xato va kamchiliklarini darsda o‘qituvchingiz bilan birgalikda muhokamaga torting, birgalashib ishlang.




Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə