Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə49/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

GLOSSARIY


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi-1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan huquqiy hujjat.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni-1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida qabul qilingan huquqiy hujjat.
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi.
DTS (davlat ta’lim standarti)-ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi.
Ma’lumot- ta’limtarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma hamda shakllangan dunyoqarashlar majmui.
Ta’lim tamoyillari-umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o’qish hamda o’qitish jarayonlarining yo’nalishi, talabalar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, bilim, malaka va ko’nikma hosil qilishning asosiy qonun qoidalari yig’indisidir.
Metod – tadqiqot usuli, tadqiqot yo‘li. Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli.
Metodika – biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi. O‘qitish usullari haqidagi ta’limot.
Usul – biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo‘li, tartibi. Biror ish mashg‘ulot kabilarga xos bo‘lgan unda qo‘llanuvchi asosiy xatti-harakat.
Uslub – til unsurlarining ma’lum vazifa bajarishiga bog‘liq holda birlashadigan, til birliklarining o‘ziga xos tanlanishi, birikishi va sh.k. bilan xarakterlanadigan tizimlar.
Nutqni rivojlantirish metodikasi – majktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy pedagogik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun mtm tarbiyachilarini ular bilan qurollantirishdan iborat.
Nutqni rivojlantirish – bolaning yakka tartibdagi psixologik rivojlanishida markaziy o‘rin tutadigan ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishdagi o‘ta murakkab, ko‘p omilli jarayondir.
Til – kishilar o‘rtasida, jamiyatda o‘zaro fikr almashishning muhim vositasi, tilshunoslikning asosiy o‘rganish ob’ekti.
Nutq – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi; so‘zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning hosilasi.
Nutq a’zolari – kishi organizmining nutq tovushlari hosil bo‘lishida qatnashadigan turli qismlari (til, lab, tovush paychalari, tish, hiqildoq…).
Nutq tovushlari – insonlar tomonidan talaffuz qilinadigan, ma’lum ma’no anglatish xususiyatiga ega bo‘lgan, nutqni vujudga keltiruvchi tovushlar.
Monolog- bir shaxsning o‘z-o‘ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqi.
Monologik nutq – monologning nutqdagi ko‘rinishi.
Ravon nutq – tovush, so‘z va jumlalarni adabiy talaffuz qoidalariga muvofiq aniq talaffuz etilgan, mantiqan bog‘langan barcha uchun tushunarli bo‘lgan nutq ko‘rinishidir..
Hikoya – ma’lum bir hayotiy yoki xayoliy voqea hodisalarga asoslangan, badiiy to‘qimalarga tayangan janrdir.
Hikoya qilish – hayotiy yoki xayoliy voqea hodisalarga asoslangan, badiiy to‘qimalar bilan boyitilgan obrazli fikrlashdir.
Monologning maqsadi – biror bir fakt haqida xabar, ma’lumot berishdir.
Qayta hikoya qilish eshitilgan badiiy asarni ravon, ifodali aytib berishdir.
Tasviriy hiukoya – bu biror predmet, masalan o‘yinchoq, kiyim yoki harakat-holatning va boshqalarning xarakterli belgilarini gapirib berishdir.
Syujetli hikoya bu qandaydir voqeani ijodiy gapirib berishdir.
Tarbiyachining hikoya qilish namunasi bu didaktik usul bo‘lib, uning yordamida tarbiyachi bolalarni boshqalardan o‘rnak olib hikoya qilishga o‘rgatadi.
Lug‘at – biror tildagi so‘zlarning ma’lum tartibda jamlab, izohlab yoki tarjima qilib beruvchi tildagi so‘zlar yig‘indisi.
Lug‘aviy ma’no – so‘zning borliqdagi narsa, voqea, hodisa, belgi, miqdor, harakat-holat haqida ifodalovchi tushunchasi.
Lug‘atni egallash nafaqat so‘zni o‘zlashtirish, uni tushunish, balki uni amalda albatta qo‘llash, nutqiy faoliyatda foydalanish demakdir.
Lug‘at ishlarining metodi bu atrof-olamni bevosita kuzatish, mazmuni bolalarga notanish bo‘lgan yoki kam tanish bo‘lgan suratlarni ko‘rsatish, badiiy asarlarni o‘qish, diafilmlar va kino(hujjatli)lar ko‘rsatish.
Grammatika so‘zlarning gapda o‘zgarishi va birikishi haqidagi qoidalar to‘plamidir.
Morfologiya – so‘zlarning tuzilishi va o‘zgarishini, so‘zlarning xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajralishini tekshiradi.
Sintaksis gap va uning grammatik xususiyatlari, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish yo‘llari, so‘z birikmalari hamda ularning turlari o‘rganiladi.
Morfologik kamchiliklar va xatolar bu bola nutqida so‘zlani qo‘llashda, qo‘shimchalarni talaffuz qilishida xatoga yo‘l qo‘yish, qo‘shimchalarning o‘rnini almashtirib qo‘llash.
Sintaktik xatolar bu bola nutqida so‘zlarni bir-biriga mantiqan bog‘lash, gaplar tuzish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklaridir
Grammatik forma – grammatik kategoriyalar ko‘rinishi.
Mashg‘ulot muayyan maqsaddagi, masalan o‘qitish-o‘rgatishga qaratilgan ish; dars.
Nutqning tovush madaniyati – talaffuz jarayonida har bir tovushni ajrata olish va to‘g‘ra talaffuz qilish tushuniladi.
Nutqning tovush madaniyati – kishilarning ziynati bo‘lish bilan birga, ularning nutq a’zolari to‘g‘ri tarbiyalanganligini ham bildiradi.
Tovush – bu so‘zning qobig‘I hisoblanadi.
Tasviriy, ohangdor nutq – bunda bolaning kundalik hayotidagi
tabiiy burrolik, tasviriylik hamda matnni ifoda etishda bilib foydalanidigan burrolik, tasviriylik tushuniladi.
Nutq sur’ati va ovoz sifati – yoqimli nutq nozik sifati, ortacha sur’ati, bir maromdaliligi, uyg‘unlgi, o‘rtacha kuchi va o‘rtacha baland ovozliligi bilan xarakterlanadi.
Bilish qobiliyati – kattalarning hikoya yoki kitob o‘qishlarini diqqat bilan tinglash, tanish asarlarini esda saqlab qolish va uni takror tinglaganda ertak, hikoya, illyustratsiya, o‘yinchoqlar qahramonlarini tanib olish, she’rlar qatorlari, kichik shakldagi asarlar matnini esda saqlab qolish.
Nutqiy malaka – asar, sanoq she’r, o‘yinlar, qo‘shiqlar, she’rlar mazmunini so‘z, imo-ishora, harakat orqali tasvirlash; so‘zni va tanish she’rlar qatorlarini bilib olish, ularning ayrimlarini yoddan aytib berish.
Munosabat – badiiy asar bilan bilan uchrashuvdan xursandchilikni, emotsional hankorlikdan quvonchni va birgalikdagi qayg‘urishlarni ifodalash.
Tevarak atrofdagilar nutqi – bolalar nutqining o‘sishida taqlid qilish namunasi hisoblanaqi
Bolalarning mazmunli hayoti – turli-tuman ijodiy va didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar sayr va kuzatuvlar, navbatchilik jamoa mehnati, yorqin bolalar bayramlari – bularning hammasi bolalar hayotini mazmunli qiladi va ular nutqining mazmuniga aylanadi.
Bolalarning nutq amaliyoti – turli-tuman nutq amaliyoti bolalar nutqini o‘stirishning zarur shartidir, chunki tilni undan foydalanish jarayonidagina egallash mumkin. Tarbiyacha va boshqa kattalarning nutqini, badiiy asarlarni tinglashning o‘zi bolaga tevarak-atrofdagilar bilan muomalada tildan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilmaydi.
So‘zlashuv uslubi – so‘zlardagi tovush va bo‘g‘inlarni tushirib qoldirib, tez va e’tiborsizlik bilan talaffuz etish. Talaffuz etishning so‘zlashuv uslubi kundalik turmushda qo‘llaniladigan nutq uchun xarakterlidir.
To‘liq uslub – so‘zlarning aniq va ravshan jaranglashi bilan ajralib turadigan uslubdir. Talaffuz etishning to‘liq uslubini egallash nutq estetikasi nuqtai nazaridan ham muhimdir.



Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə