Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə55/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Savol va topshiriqlar:
1. Nutq inson faoliyatida qanday vazifalarni bajaradi? Ularni har birini tavsiflang.
2. Kommunikativ tusdagi omillar deganda nimani tushunish lozim?
3. Bolalarga dialogik nutqni o‘qtishning asosiy metodini tavsiflab bering.
4. Suhbatdan qaysi tarkibiy komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin?
5. So‘zlashning hikoya qilishdan farqi nima?
6. Qaysi mashg‘ulotlarda tarbiyachi bolalarni so‘zlashuv tiliga o‘rgatadi?
7. Suhbatga tayyorlanish va uni o‘tkazish uchun nimalar qilish kerak?
8. Monologning bola uchun qiyinligining sababi nimada?
9. Monologik matnni qayta hikoya qilishda yordam beradigan savollar toifalarini tavsiflang.
4-mavzu: Turli yosh guruhda suhbat uchun mavzu tanlash va unga qo`yilgan talablar
Reja:

  • Maktabgacha ta’lim amaliyotida suhbat tuzish usullari.

  • Tarbiyalanuvchilarni mustaqil faoliyatga yo‘naltiruvchi usullar.

  • Savollar tuzish, savol bilan bolalarga murojaat qilish usuli.

  • Maktabgacha ta’lim amaliyotida mashg‘ulot shakllari.

  • Badiiy matnning didaktik tahlili namunasi.



Tayanch so‘zlar: mantiqiy metodlar, o‘zlashtiriladigan axborotni mantiqiy bo‘laklarga bo‘lish, taqqoslash, materialni saralash, tayanch so‘z va tushunchalarni topish, asosiy fikrni aniqlash, o‘quv materialini guruhlarga ajratish, asosiy fikr haqida xulosa berish.


Badiiy matnning didaktik tahlili namunasi:

Nazm darsi


Tarbiyachi bugun “Nazm darsi” bo‘lishini e’lon qiladi va uning mohiyatini ochib beradi. Ma’lumki, bolalar bugungacha bir qator she’rlar bilan tanishishgan, ko‘pchiligini yod olishgan. SHularni ma’lum qilgandan keyin: “Adabiyotda hikoyalar, ertaklar va she’rlar bor. SHe’rlar hikoya va ertaklardan nimasi bilan farq qiladi?” degan ritorik savolni o‘rtaga tashlaydi va unga o‘zi javob beradi. Tarbiyachiga talabalikda o‘zlashtirgani adabiyotshunoslik kursidan ma’lumki, “SHe’r ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solingan, his-tuyg‘u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. SHe’riy nutqni ohang jihatidan ma’lum bir tartibga solish vositalari ritm (bir-biriga monand kichik bo‘laklarning izchil va bir me’yorda takrorlanib kelishi) va qofiya (misralarning oxirida keladigan ohangdosh so‘zlar) hisoblanadi”21.
Tarbiyachi mana shu nazariy ma’lumotni tarbiyalanuvchilarga jo‘n, tushunarli yo‘sinda ma’lum qiladi. Hamma badiiy asarlar so‘zlar ko‘magida yaratilishini, she’rda shu so‘zlar ma’lum tartibga, qoidaga solinishini va belgilangan ohangda o‘qilishini tushuntiradi. SHu tartibga solingan so‘zlar yig‘indisida ham xuddi ertak va hikoyalarga, rivoyatlarga o‘xshab shoirning fikri, hayotda muhim deb bilgan qarashlari aks etishini anglatadi. SHe’rning mazmunidan u nima haqida ekanini bilish mumkinligini ham aytadi. So‘zni shunday tartib-tizimga solib yozadigan odam SHoir deyilishini, hikoya, ertak va rivoyatlar bituvchi esa YOzuvchi deyilishini ham eslatib o‘tadi.
SHundan so‘ng Erkin Vohidov qalamiga mansub “Kamtarlik haqida” she’rining tartibi ustida birgalikda ishlashlarini xabar qilib, bolalarning diqqatini asar matniga qaratadi. SHe’rni ifodali qilib o‘qib beradi:

Garchi shuncha mag‘rur bo‘lsa ham


Piyolaga egilar choynak.
SHunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak.

Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam


O‘tma g‘urur ostonasidan
Piyolani inson shuning chun
O‘par doim peshonasidan 22.
So‘ngra bog‘cha opa mazkur she’rdagi so‘zlar tartibini buzib, uning mazmunini oddiy hikoya shaklida aytib beradi: “CHoynak shuncha mag‘rur bo‘lsa ham piyolaga egiladi. SHunday ekan, mag‘rurlik, kibru havo nimaga kerak. Kamtarin bo‘l, g‘urur ostonasidan hech qachon o‘tma. Inson shuning uchun har doim piyolaning peshonasidan o‘padi”.
Va tarbiyalanuvchilaridan quloqlariga, ruhiyatlariga qaysi matn yoqimli eshitilganini, xush tuyilganini ularga tushunarli yo‘sinda so‘raydi. Bolalar albatta she’r yoqimli eshitilganini, she’r eshitish ruhiyatlariga xush yoqqanini o‘z so‘zlari bilan, o‘zlari darajasida, haq ekanliklariga ishongan holda aytib berishadi. SHundan so‘ng ma’lum qoidalarga bo‘ysundirilib, tartibga solingan so‘z tinglovchiga yoqishini, uning kayfiyatini ko‘tarishini, tuyg‘ulantirishini ma’lum qiladi. Odam mana shu yoqimli hislarni tuyish uchun hamisha she’r o‘qiydi. SHe’r eshitadi. YOqimli bo‘lgan har qanday yaratiq inson ma’naviyati tozarishi va sog‘lomlashishi garovidir. Bolalarga mana shu haqiqatlarni ochib berganidan so‘ng tarbiyachi she’rni yana bir marta qayta o‘qib beradi. So‘ngra bolalarni she’rdagi so‘zlarning tartibi, uning o‘qilish ohangi ustida kichkinagina, kamtargina kashfiyotga yo‘naltiradi.
Tarbiyachi she’rning dastlabki bandini qayta o‘qiydi:
Garchi shuncha mag‘rur bo‘lsa ham
Piyolaga egilar choynak.
SHunday ekan, manmanlik nechun,
Kibru havo nimaga kerak.
U bolalar diqqatini bir xil ohangda ifodalanayotgan so‘zlarni topishga yo‘naltiradi. Ziyrak bolalar “choynak” va “kerak” so‘zlarini topishlari mumkin. Mabodo, hech kim topolmasa, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni diqqat bilan tinglashga chaqirib to‘rtlikni qofiyadosh so‘zlarga alohida urg‘u bergan holda qayta o‘qib beradi. Aslo o‘zi ko‘rsatib bermaydi. Qofiyadosh so‘zlarni topgan bolani rag‘batlantiradi va mana shu ohangdosh so‘zlar she’r yozish qoidalaridan biri ekanligi ta’kidlab o‘tadi. So‘ngra ikkinchi band qayta o‘qib eshittiriladi:
Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam
O‘tma g‘urur ostonasidan
Piyolani inson shuning chun
O‘par doim peshonasidan.
Tarbiyalanuvchilar bu safar qofiyadosh so‘zlarni osongina topadilar: “ostonasidan”, “peshonasidan”. Ularning o‘zlari uchun qilgan bu kichik kashfiyotlari ko‘ngillarini ko‘taradi. SHu ko‘tarinki kayfiyat bilan asarning mohiyatiga kirish boshlanadi.
Tarbiyachi avvaldan matn mazmuni yuzasidan bolalarning yosh xususiyatlari va intellektual imkoniyatlari doirasida alohida savol va topshiriqlar tuzadi. Tarbiyachining tarbiyalanuvchilariga taqdim etadigan dastlabki savollari taxminan: “O‘ylab ko‘ring! Mag‘rurlik nima, sizningcha? U qanday bo‘ladi?” tarzida aks etadi. Ular bolalarni anchagina aqliy zo‘riqtiradi, albatta. Bolalar javob aytolmasliklari ham mumkin. SHunda bog‘cha opa darhol tushuntirib berishga, savollariga o‘zi javob berishga shoshilmay, choynakni stol ustiga qo‘yadi va: “Qarang! CHoynakni egish yoki bukish mumkinmi? Nima uchun choynakni egib yoki buklab bo‘lmaydi?” singari qo‘shimcha savollari bilan bolalarni mantiqiy mulohaza yuritishga majbur qiladi. Bolalardan biri bo‘lmasa biri choynak qattiq jismdan yaratilganini, shuning uchun uni egib yoki bukib bo‘lmasligini, u hamisha tik turishini, o‘z saviyasi va so‘z boyligi ko‘magida aytadi. Bu haqiqatni kashf etgan va javob aytgan bola juda katta rag‘batga munosib ekanini tarbiyachi unutmasligi kerak. SHundan so‘nggina bunday sifatga ega bo‘lgan yaratiqlar qanday atalishini qayta so‘rash mumkin bo‘ladi. Bolalar mana shu sifat mag‘rurlik ekanini albatta anglaydilar va aytadilar. Bog‘cha opasidan rag‘bat oladilar.
Shu o‘rinda kichkinagina chekinish qilinib, asar matni yuzasidan tug‘ilgan: “Mag‘rurlik qanday sifat? U odamga xos bo‘lgan illatmi yoki fazilatmi?” tarzidagi muammoli savollar bilan ertangi tarbichilar – talabalarga murojaat qilish o‘rinli bo‘ladi. To‘rtlikda “manmanlik” va “kibru havo” “mag‘rurlik”ning sinonimlari tarzida keltirilgan. O‘ylab ko‘ringchi, Bu to‘g‘rimi? Odamga xos bo‘lgan har uchala sifat bir-biriga sinonim bo‘la oladimi? Talabalar shular haqida o‘zlari o‘ylab ko‘rishgani maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, mazkur she’rda mag‘rurlik illat sifatida taqdim etilgan. SHoir Muhammad YUsufning “O‘g‘il bo‘lsang…she’rida esa: “SHamoldek el, suvdek tosh, Hech kimsaga bukma bosh…” tarzida fazilat shaklida ulug‘langan. Demak, bu sifat o‘rniga qarab fazilat, o‘rni kelganda illat ko‘rinishida talqin etilishi mumkin ekan. Insoniy fazilatlar sirasida ham mag‘rurlik ijobiy xarakter kasb etadi. Talabalar, avvalo, o‘zlari odamga xos bo‘lgan bu sifatning mohiyatiga kirib olishlari, uning fazilat yoki illat ekanini o‘z ruhiyatlariga “mo‘ralab” aniqlab olishlari shart. Aks holda amaliy faoliyatda qiyinchiliklarga duch kelib qolishlari mumkin.
“Nazm darsi”ni davom ettirib tarbiyachi tarbiyalanuvchilar diqqatini she’rning ikkinchi bandiga qaratadi. Tarbiyalanuvchilar to‘rtlikning birinchi misrasidagi “kamtarlik” tushunchasining mohiyatiga kirishlari uchun ularga: “To‘rtliknining mazmunidan kelib chiqib “kamtarlik”ning fazilat yoki illatligini aniqlang” topshirig‘i beriladi. Albatta, bolalar yoshlariga xos ziyraklik bilan kamtarlik yaxshi ekanini payqaydilar va fikrlarini aytadilar. So‘ngra tarbiyachi choynakning yoniga piyolani qo‘yadi va navbati bilan: “Piyolaga xos bo‘lgan fazilat nima? Nima uchun odamlar uning “peshonasidan o‘p”ishadi? Piyolaning “peshonasidan o‘p”ishni qanday tasavvur qilasiz? “SHuning chun” deganda nima nazarda tutilgan deb o‘ylaysiz? Piyolaning kamtarligini siz nimada ko‘ryapsiz?” tarzidagi savollarla bolalarga murojaat qiladi. Tarbiyalanuvchilar bu savollarga ham o‘z imkoniyatlari doirasida, o‘zlarini ortiqcha zo‘riqtirmay javob berishadi. Barcha bolalarning javoblari eshitilgach, batafsil va asosli javob berganlar o‘z rag‘batlarini oladilar.
So‘ngra ulardan “mag‘rurlik” va “g‘urur” tushunchalari anglatgan ma’nolarni ochib berish so‘raladi. Bolalar bilganlaricha javob berishsin. Agar mantiqli javob chiqmasa, bu masalani uyda ota-onalari, aka-opalari bilan maslahatlashib mohiyatiga kirish topshiriladi. Bolalarning ma’lum qismi kun bo‘yi bu ikki so‘z anglatgan tushuncha haqida o‘ylab yuradilar. Uyga borib kattalarni bezovta qiladilar. Bu izlanish va xatti-harakatlar bolalar tabiatida shaxs shakllanishi jarayoniga albatta o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
“Nazm mashg‘uloti” shu tariq yakunlanadi. Bolalarga uy vazifasi sifatida “choynak» va «kerak” so‘zlariga alohida, “ostonasidan» va «peshonasidan” so‘zlariga alohida ohangdosh (qofiya) bo‘la oladigan so‘zlar topishni yoki o‘z bilganicha choynak va piyola suratini chizib kelishni topshirish mumkin. Keyingi mashg‘ulotda bolalarning topqirligi va ijodkorligi namunalarini o‘rganishga alohida vaqt ajratilishi ular uchun foydadan holi bo‘lmaydi.

Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə