Samarqand davlat universiteti



Yüklə 480,47 Kb.
səhifə56/80
tarix17.03.2023
ölçüsü480,47 Kb.
#102775
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
8b661b467baad283577aa48d96001b02 BOLALAR NUTQINI O`STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Savol va topshiriqlar:

    1. Ta’lim metodlari va usullari orasidagi tafovutni ajratib yozing. Ta’lim usullarining o‘qitish metodlaridagi o‘rni va ahamiyatini aniq bir metod timsolida sanab bering. Qarashlaringizni bir asar ustida ishlash misolida asoslang.

    2. Texnologiya, metod va usullarning o‘zaro aloqadorlik jihatlari haqida mulohaza yuriting. Fikringizni dalillar bilan asoslang.

    3. Nima deb o‘ylaysiz, mashg‘ulotlarning an’anaviy kechimi nimasi bilan bugungi talablarga javob bera olmay qoldi, Sizningcha?

    4. Taqdim etilgan har bir mashg‘ulot turining o‘zigagina xos bo‘lgan etakchi jihatlarini ajratib yozing. Ularni izohlang.

5.Har bir mashg‘ulot turini avval o‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida kengroq tavsiflashga urinib ko‘ring.

  1. Tavsiya etilgan mashg‘ulot turlarini biror asar misolida amalda ko‘rsatib bering. YUtuq va kamchiliklarni birgalikda muhokama qiling.

  2. Bir tarbiyachi sifatida “Sinov mashg‘uloti” va “Muammoli mashg‘ulot”ni birgalikda tashkil eting. Ulardan amalda foydalanish ko‘nikmalarini egallang.

  3. “Sayohat” va “Multimedia” mashg‘ulotlarini bir-biri bilan taqqoslang. Alohida farqli jihatlari nimalardan iborat ekanligini aniqlang.

  4. Mazkur mashg‘ulot turlarining qaysi biri sizga ma’qul keldi? Buning sabablari nimalardan ibort ekanini asoslang.

  5. Mavzuga taqdim etilgan maqoladagi “kichkina chekinish”ga diqqat qiling. Undagi qarashlarni tahlilga torting. “Mag‘rurlik” sifatining qaysi talqini sizning ruhiyatingizga ma’qul keldi? Buni asoslashga urinib ko‘ring.

  6. “Men tanlagan kasb: unga muhabbatim, uning mashaqqatlari va mas’uliyati” mavzusida esse yozing. Ijod mahsulini auditoriyada birgalikda muhokama qiling.



5-MAVZU: BOLALARNI BADIIY ADABIYOT BILAN TANISHTIRISH. TURLI YOSH GURUHLARIDA MATN BILAN ISHLASH METODIKASI

Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko’nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o’zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg’ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar bog’chasida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o’tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o’z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim.


Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o’qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko’zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo’lish ko’nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog’cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o’rtoqlashish istagi va ko’nikmasini tarbiyalashi lozim.
Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo’lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o’zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko’rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim.
Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o’qib beradigan asarlarini tavsiya ro’yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-tuyg’u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o’zaro munosabatlarini, o’yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog’lash va o’sha vaqtdagina o’qib berish lozim, deb o’ylash noto’g’ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog’liq mavzuni o’qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o’qishni o’tkazish lozim.
Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so’zlari ko’p bo’lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o’qimagan ma’qul. O’tmishda tarixiy davr bilan bog’liq bo’lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko’p notanish so’zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug’iladi. Bu so’zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo’ladi.
Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg’ulotlar g’oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg’itmasligi lozim. Mashg’ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog’lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o’tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni xushmuomalalik va osiyishtalik bilan o’tirishga taklif etib, bolalarning qanday o’tirganini tekshirib, mashg’ulotni boshlaydi. Mashg’ulot boshlangan vaqtdayoq bolalarning diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po’pisa qilish («Eshitinglar, keyin sizlardan so’rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so’zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo’ladi. Bolalar bilan o’qib berishdan oldin va o’qib berishdan keyin olib boriladigan dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog’liqdir. Ba’zan tarbiyachi muqaddima so’zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men sizlarga o’zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib qizg’anchiq boyni aldagani»ni o’qib beraman. Mashg’ulotni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O’n ikki oy» ertagini o’qib berishdan oldin:
Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi?
Bolalar yoki tarbiyachi: O’n ikki oy.
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi?
Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo’lsa, ularning javoblarini tuzatadi.
Tarbiyachi: Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hali hyech qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o’tmagan. Oylar birin-ketin kelaveradi va hyech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog’lik o’lka – Begimiyada bir qiz bir vaqtning o’zida o’n ikki oyning hammasini ko’rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo’lgan?
Manna bunday ....
Keyin tarbiyachi kitobdan o’qiy boshlaydi.
Ertak o’qib bo’lingach, qizcha bir vaqtning o’zida birdaniga o’n ikki oyni qanday ko’rganligi, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi va boshqalar haqida suhbat o’tkazgan ma’qul. Ayniqsa, axloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo’lgan kitoblarni o’qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitoblar bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorning ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh. Sa’dullaning «Injiq qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V. Oseyevaning «Sehrli so’z» degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi.
Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g’oyaviy mazmunini tushunib olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o’ynaydi, tarbiyachi bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi, Masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa’dullaning «Injiq qiz» she’rini o’qib berishdan oldin tarbiyachi bolalarga bunday savol beradi: «Bolalar, yaxshilab o’ylang va ayting: qanday qiz haqida – yaxshi qiz va qanday qiz to’g’risida – yomon deyishadi?».
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz deyilishini to’g’ri aytinglar. Hozir men sizlarga Gulbodom degan qiz haqida yozilagan she’rni o’qib beraman. Sizlar yaxshilab eshiting va keyin menga Gulbodomni yaxshi qiz deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she’r «Injiq qiz» deb ataladi. She’rni shoir Shukur Sa’dulla yozgan.
Shundan so’ng tarbiyachi she’rni o’qiy boshlaydi.
Axloqiy-estetik mazmundagi kitobni o’qishdan oldin o’tkaziladigan muqaddima suhbati qisqa bo’lishi – 3-5 daqiqadan oshmasligi va albatta bolalar tajribasi bilan bog’lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?» -bu savol bolalar tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan).
Axloqiy-epik mazmundagi kitoblar o’qib bo’lingandan keyin ham suhbat o’tkazishni talab etadi. Bunday suhbatlarda juda ko’p savol va tushuntirishlar bo’lmasligi lozim, chunki bolalar kitobni o’qish paytidayoq qahramonlar xatti-harakatlarining mohiyatini chuqur anglab oladilar. O’qilgan asar haqida o’tkaziladigan suhbatlarda bolalarni qahramonlarning xatti-harakatlarini to’g’ri baholashga o’rgatish va bolalarning qahramon va uning xatti-harakatlariga o’z munosabatlarini aytishlariga erishish lozim».
Sh. Sa’dullaning she’rini o’qigandan so’ng o’tkaziladigan suhbatda bolalarga injiq qizning xulq-atvorini baholashga ko’maklashadigan savollar berish kerak.
Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo’ladimi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Nima uchun?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Siz bunday qiz bilan do’st bo’lishni istarmidingiz? Nega?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomni uchratsangiz unga nima degan bo’lar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomga onangizga qanday g’amxo’rlik qilishingiz va yordam berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Bilim beruvchi xarakterdagi kitoblar, masalan, mehnat haqidagi kitoblar mukaddima suhbati va o’qigandan keyinga suhbatni boshqacha mazmunda bo’lishini talab etadi. Mehnat haqidagi kitob bolalar uchun kishilarning kasblari, mashinalar va mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo’lib xizmat etadi.
Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo’libgina qolmay, balki kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar tarbiyalash vositasi bo’lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni shunday yo’lga qo’yish g’oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlar tarbiyalash imkonini bersin (masalan, katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik» she’rini o’qishda).


Yüklə 480,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə