Samarqand davlat universiteti


-MAVZU. O’ZBEKISTON RES’UBLIKASI DAVLAT MAKTABAGACHA TA’LIM TO’G’RISIDAGI NIZOM



Yüklə 165,09 Kb.
səhifə51/90
tarix15.04.2022
ölçüsü165,09 Kb.
#85509
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
2 5467592938034828517

5-MAVZU. O’ZBEKISTON RES’UBLIKASI DAVLAT MAKTABAGACHA TA’LIM TO’G’RISIDAGI NIZOM

Darsning maqsadi: Talabalarga Davlat Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom

haqidagi tasavvurlarini hosil qilish.



Tayanch so’z vaiboralar: Nizom, “Umumiy qoidalar

Asosiy savollar.

1.Davlat Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning maqsadi va vazifalari.

2. Nizomning umumiy qoidalari

3. Nizomning yakunlovchi qoidalari

ВазирларМаҳкамасининг 2017 йил 19 июлдаги 528-сонқарорига

1-ИЛОВА Давлат мактабгача таълим муассасаси тўғрисида НИЗОМ

1-боб. Умумий қоидалар

Nizomning “Umumiy qoidalar” bo‘limida maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z faoliyatini ularga tayangan holda amalga oshiradigan me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Nizomning ikkinchi – “Maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish tartibi” bo‘limida belgilab qo‘yilganidek, maktabgacha ta’lim muassasasi muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat korxonalari, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining muassislari bo‘lishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi.

Nizomning “Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish” bo‘limida maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim mazmuni, ish rejimi, ta’lim olish tili, ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish tartibi, tibbiy xizmat ko‘rsatish, qo‘shimcha mablag‘lar topish masalalari aniq ko‘rsatib berilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasasini butlash” bo‘limida esa, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish tartibi, imtiyozga ega guruhlar, bolalarni yoshi va rivojlanish darajasiga ko‘ra guruhlarga bo‘lish tartibi belgilab berilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta’lim muassasalarining ustavlarida belgilanadi. Vasiylik kengashlarining faoliyati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan vasiylik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Nizomning beshinchi bo‘limida ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlarning huquq hamda majburiyatlari belgilab berilgan.

Nizomning oltinchi bo‘limi “Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish” deb nomlangan bo‘lib, unda Pedagoglar kengashining faoliyat yuritish tartibi hamda maktabgacha ta’lim muassasasi mudirining vakolatlari ko‘rsatib o‘tilgan.



Maktabgacha ta’lim muassasasining mol-mulki va pul mablag‘lari muassis yoki u vakolat bergan organ biriktiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga biriktirilgan mol-mulk uning tezkor boshqaruv huquqida bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi bo‘yicha o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.

Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z ustavida nazarda tutilgan funksiyalarning bajarilmaganligi; ta’lim dasturlarining to‘liq hajmda bajarilmaganligi, amalga oshirilayotgan ta’lim dastur-larining sifati; ta’lim jarayonini tashkil etishning qo‘lla-nayotgan shakllari, metodlari va vositalarining bolalarning yosh, ruhiy-fiziologik xususiyatlariga, qobiliyatiga, layoqatiga, qiziqishlariga va ehtiyojlariga nomuvofiqligi; muassasada tarbiyalanayotgan bolalarning ta’lim jarayoni vaqtidagi hayoti va sog‘ligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Nizomning yakuniy qoidalarida ko‘rsatib o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha ta’lim muassasa-sining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan, siyosiy partiyalar va іarakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim dunyoviy xususiyatga ega.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom”:

davlat maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadi va vazifalarini,

uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va davlat maktabgacha ta’limmuassasasini boshqarish tartibini belgilashi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari, ta’lim-tarbiya dasturlari, sanitariya qoidalari,normalari va gigiena me’yoriylari talablariga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiena, ijtimoiy-kommunikativ rivojlanish, nutq, o‘qish va chet tillarni o‘rganish, bilish jarayoni, dunyo haqidagi bilimlar va dunyoni anglashi, ijodiy- estetik rivojlanishini ta’minlashi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatida O‘zbekistonRespublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z ustaviga amal qilishi;

davlat maktabgacha ta’lim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi,

O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga ega bo‘lishi;

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat maktabgacha ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.


Yüklə 165,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə